Texnologiya fanning o’quv metodik ta’limotini raqamli texnologiyalar asosida takomillashtirish Termiz Davlat Universiteti
Download 33.26 Kb.
|
raqamli-texnologiyalarining-ta-lim-sohasida-qo-llanilishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- KIRISH
Texnologiya fanning o’quv metodik ta’limotini raqamli texnologiyalar asosida takomillashtirish Termiz Davlat Universiteti “Texnologik ta’lim” yo’nalishi 3-kurs talabasi Shodiyev Tohir To’ra o’gli АNNOTATSIYAMaqolada Texnologiya fanning o’quv metodik ta’limotini raqamli texnologiyalar foydalanish, bilan ta’lim tizimi innovatsion vostilarini raqamli texnologiyalari asosida boyitsh haqida tushuncha berilgan. Kalit so’zlar: Innovatsiya, raqamli texnalogiya, metod 3D-texnalogiya onlayn IT sohasi, Wi-Fi KIRISHHozir kunda ko’plab sohalarda raqamli texnalogiyalar degan so’z ommaliylashib bormoqda. Shu boizdan texnalogiya fanida ham raqamli texnalogiyalarga asoslangan holda ko’plab o’zgarishlar sodi bo’lmoqda. Raqamli texnologiyani o’zi nima degan savol tug’ilmoqda. Bunga quyidagicha javob beramiz: Bu – xo’jalik yuritishning bir zamonaviy shakli bo’lib. unda ishlab chiqarish va boshqarishning asosiy faktori sifatida raqamli ko’rinishdagi katta ma’lumotlar majmui va ularni qayta ishlash jarayoni xizmat qiladi. Olingan natijalarni amaliyotda ishlatish esa an’anaviy xo’jalik yuritish shakllariga nisbatan ancha katta samaradorlikka erishishga imkon beradi. Misol sifatida turli xildagi avtomatik ishlab chiqarish jarayonlarini, 3D-texnologiyasini, bulutli texnologiyalarni. masofaviy meditsina xizmatlari ko’rsatishni, aqlli texnologiyalar yordamida mahsulot yetishtirish va uni yetkazib berishni, turli xildagi tovarlarm saqlash va ularni sotish jarayonlarini keltirish mumkin. Biz bu maqolada texnalogik ta’lim tizimida raqamlashtirishni haqida to’xtalib o’tamiz. Hozirgi kunda zamon bilan ham nafas holda texnalogik ta’lim ham shiddat bilan rivojlanib boryapti va har bir sohada zamon bilan ham qadam odimlashni taqozo etmoqda. Axborot olish va foydalanish tezligi juda yiriklashgan hozirgi davrda ta’lim tizimida raqamli texnologiyalardan foydalanish ta’lim sifatini oshirish va ijtimoiy faol yoshlarni tarbiyalashda katta axamyatga ega. Bu esa o`z navbatida ta’lim sifatining yuqori darajada bo`lishini ta’minlamoqda. Xozirda ta’lim sifatini ko’tarishda ta’limni raqamlashtirish jarayoni boshlangan. Ta’lim oluvchi tomonidan ramali texnalogiyalardan foydalanish yordami bilan bilimlarni o’zlashtirish an’anaviy texnologiyalarga qaraganda ancha tezdir. Ushbu texnologiyalar bilimlarni rivojlantirish, egallash va tarqatish xarakterini o’zgartiradi, o’rganilayotgan fanlarning mazmunini chuqurlashtirish va kengaytirish, uni tezda yangilash, samaraliroq o’qitish usullarini qo’llash, shuningdek, har bir kishi uchun ta’lim olish imkoniyatini sezilarli darajada kengaytirish imkonini beradi. Download 33.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling