Mustaqil ish Mavzu: Iste’mol, jamg`arma va investitsiyalar
Bajardi – Mamanov Muslimbek
Reja: 1.Iste‘mol va jamg’armaning iqtisodiy mazmuni hamda ularning o’zaro bog’liqligi. 2.Jamg’arishning mohiyati, omillari va samaradorligi. 3.Investitsiyalar va uning darajasini belgilovchi omillar. 4.Jamg’arma va investitsiya o’rtasidagi muvozanatni ta‘minlash muammolari. 1. Iste‘mol va jamg’armaning iqtisodiy mazmuni hamda ularning o’zaro bog’liqligi Milliy iqtisodiyotning yaratishdan hosil bo’lgan milliy daromad iste‘mol va jamg’arish maqsadlarida ishlatiladi. Iste‘mol jamiyat iqtisodiy ehtiyojlarini qondirish jarayonida ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlaran foydalanishni bildiradi. Bunda unumli va shaxsiy iste‘mol farqlanadi. Unumli iste‘mol bevosita ishlab chiqarish jarayoniga tegishli bo’lib, ishlab chiqarish vositalari va inson ishchi kuchining iste‘mol qilinishini, ya‘ni ulardan ishlab chiqarish maqsadida foydalanish jarayonining anglatadi. SHaxsiy iste‘mol ishlab chiqarish sohasidan tashqarida ro’y berib, bunda iste‘mol buyumlaridan bevosita foydalaniladi. Iste‘mol jarayonida turli xil moddiy va ma‘naviy ne‘matlardan foydalaniladi. Iste‘mol yakka tartibda va jamoa bo’lib iste‘mol qilinadi va ularni farqi bo’ladi. Alohida shaxsning o’z ixtiyorida bo’lgan ne‘matlarni iste‘mol qilishi yakka tartibdagi iste‘molga, jamiyat a‘zolari turli guruhlarining ne‘matlardan birgalikda foydalanish jamoa bo’lib iste‘mol qilishni bildiradi. Milliy daromadning jamiyat a‘zolarining moddiy va ma‘naviy ehtiyojlarini qondirishga sarflanuvchi qismi iste‘mol fondi deb ataladi. Iste‘mol fondi barcha aholining shaxsiy iste‘molini aholiga ijtimoiy xizmat qiladigan muassasalardagi, shuningdek ilmiy muassasalardagi barcha sarflarni o’z ichiga oladi. Aholi va davlatni jamg’armasi milliy daromaning (QM) qismidan shakllantiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |