Texnologiya ta’limi darslari jarayonida tarbiya


Download 45.82 Kb.
bet7/11
Sana30.01.2023
Hajmi45.82 Kb.
#1141690
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Durdonaxon

A. Jomiy
Mehnatga axloqiy tayyorlash – o‘quvchilarga jamoada ishlashni, do‘stona o‘zaro yordamni, ijodiy tashabbusni, tashkilotchilik qobiliyatlarini namoyish qilish va mehnatda xatti-harakat normalarini o‘rgatishdan iborat.
O‘quvchilarda ijobiy sifatlarni tarbiyalash ularning salbiy xislatlardan holi bo‘lishlariga yordam beradi. Bu esa dastlab o‘quvchilarga xulq-odob me’yorlari va qoidalarini anglash va shaxs ongini shakllantirishga doir metodlar asosida amalga oshiriladi.
Bunga badiiy va ilmiy-ommaviy adabiyotlarni o‘qish, kinofilm va spektakllarni tomasha qilish, maxsus tashkil etilgan ma‘naviyma’rifat kunlarida turli mavzularda suhbatlar tashkil etish natijasida axloqiy tushunchalar va xulq-odatlar paydo bo‘la boshlaydi. O‘quvchilar o‘zlari va boshqalarning hatti-harakatlarini baholay boshlaydilar. Buning uchun turli ma’naviy-axloqiy mavzularda o‘tkaziladigan suhbat va munozaralarda o‘quvchini fikr yuritish, o‘ylashga yo‘naltirish muhim ahamiyatga ega. Masalan, “Do‘stimiz Kamol qangday qilib narkomanlar davrasiga tushib qoldi? ”, “Siz erkinlik deganda nimani tushunasiz?”, “Zamonaviylik - bu nima?” kabi mavzulardagi suhbat, bahs va munozaralar o‘quvchilarni o‘ylash, fikr yuritishga yo‘llaydi, ularda salbiy xislatlardan saqlanish, yaxshi odatlarni o‘rganishga bo‘lgan intilish va qiziqishlari tarkib topa boshlaydi. Ularning, ayniqsa, o‘z hatti-harakatlarini baholashga bo‘lgan e’tiqodlari shakllanadi.
Debat, munozara va suhbatlar ma‘naviy-axloqiy tarbiyaning eng dolzarb muammolariga bag‘ishlanishi zarur. Bunda o‘quvchilarni qiziqtirish va ularni jonli muloqotga undash muhimdir. O‘quvchi faoliyatini tashkil etish va xulq-odobni shakllantirish metodlaridan mashqlantirish, o‘rgatish, pedagogik talab qo‘yish jamoa fikrini hisobga olish, topshiriqlar berish, tarbiyaviy vaziyatlar hosil qilish va boshqa metodlardan foydalanish samarali natijalar berishi mumkin.
O‘quvchilarni ma’naviy-axloqiy jihatdan shakllantirishda samarali shakl, metod va vositalardan foydalanish boy milliy madaniy, tarixiy va pedagogik an’analar, urf-odatlar va umumbashariy qadriyatlarga asoslanadi.

4. Iqtisodiy tarbiya



Download 45.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling