Texnologiya ta’limini elektron ta’lim resurslarini


Download 1.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/37
Sana11.03.2023
Hajmi1.69 Mb.
#1261117
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   37
Bog'liq
Абдусаломова Ноилабону

Internet bo`ylab sayohat:
4-Rasm 


58 
Tikuvchilik sanoati aholini sifatli kiyim- kechak bilan ta`minlashi lozim. 
Tikuvchilik buyumlarining sifati to`qimachilik sanoatining rivojlanishiga 
bog`liq.Chunki asosiy tikuvchilik materiallari ip-gazlama, jun, ipak va zig`ir tolai 
gazlamalarni mana shu to`qimachilik sanoati yetkazib beradi. Gazlamalar iplardan, 
iplar esa tolalardan iborat. Uzunligi ko`ndalan kesimidan ancha katta 
bo`lgan,egiluvchan, ingichka jismlar- tolalar deyiladi.
Tolalar: 
1.To`qima tolalar-kalava ip, ip gazlama, to`qilmagan gazlama va hokazolar
2.Elementar tolalar- mayday qismlarga ajralmaydigan yakka tolalar; 
3.Texnikaviy tolalar-o`zaro pectin moddalar bilan biriktirilgan tolalar; 
4.Iplar- uzunligi o`nlarcha, yuzlarcha metrlarni tashkil etuvchi tolalar. 
Paydo bo`lishi, olinishi va kimyoviy tarkibiga qarab tolalar quyidagicha sinflanadi: 
tabiiy tolalar va kimyoviy tolalar. 
Tabiiy tolalar 
 
 
 
 
 
 
 
 
5-Rasm 
Paxta. G`o`za deb ataladigan o`simlik urug`ini qoplab turadigan ingichka 
tolalar bo`lib, to`qimachilik sanoatining asosiy hom ashyosi hisoblanadi. Chigitdan 
ajratilmagan paxta tolasi- chigitli paxta deyiladi. Tolalarning tuzilishi ularning 
pishganlik darajasiga og`liq.
Mutlaqo pishmagan-o`lik tola mikroskop ostiga qo`yib qaralganda, yalpoq, 
lentasimon, yopqa devorli ekanligi, o`rtasida keng kanali borligi ko`rinadi. Tolalar 
pishgan sari devorlariga sellyuloza yig`iladi va devorlar qalinlashadi. Kanop 


59 
torayadi, tolalar buramdor bo`lib qoladi. Pishgan paxta- tolalarning bo`ylama 
ko`rinishi spiralsimon buralgan, yalpoq naychalardan iborat.
Pishib o`tib ketgan tola- tolalar o`rtasida ingichka kanali bor tsilindr shaklini oladi. 
Paxta kanalinig bir tomoni ochiq qoladi. Paxta tolasining ko`ndalang kesimi oval 
bo`ladi.Tolalarning sellyuloza moy qatlami- kutikula deb ataladi. 
Zig`ir. Poyaning lib qismidan olinadigan tola. Zig`ir elementar va texnikaviy 
turlarga bo`linadi. Elementar zig`ir tolasi bir hujayra moddasidan iborat.Texnikaviy 
tolalar pigment tolalar bilan o`zaro birikkanelementar tolalar dastasidan tashkil 
topgan. 
I-guruh uchun: Paxta tolasi deb chigitning ustida joylashgan ingichka tolani 
aytamiz. Chigitdan ajratilgan tola xom-ashyo deyiladi. Paxta tolasidan gazlamalar 
to`qiladi. Uning chigitidan turli sanoat mollari tayyorlanadi. Dalalardan terib olingan 
paxta paxta tozalash zavodlariga olib boriladi. U yerda paxtani chigitidan , tuli 
ifloslardan tozalanadi va quritiladi, presslanadi.Unga ishlov berish yigirish 
fabrikasida turli mashinalar yordamida bajariladi ya`ni uni tozalanadi, 
aralashtiriladi, tarab tola qilinadi, Ingichka tekis lenta qilib, silindr idishlarga 
tushiriladi.Lentalar yigirish mashinasida ip qilib chiqariladi.Yigirib tayyorlangan 
ipni katta naychalarga o`raladi.Bu ishlar bajariladigan sex yigirish sexi deb ataladi. 
Tayyor yigirilgan ip to`qimachilik sexlariga yuboriladi, yigirilgan iplarni to`qish 
dastgohiga qo`yib gazlama to`qiladi.Paxta tolasining asosiy moddasi stellyuloza 
bo`lib u qancha ko`p bo`lsa tola shuncha pishiq bo`ladi. Paxta tolasidan chit, batist, 
satin kabi gazlamalar to`qiladi. 
II-guruh uchun: Zig`ir tolasi paxta tolasi kabi bir yillik o`simlik bo`lib asosiy 
moddasi sellyuloza .Balandligi -60-70 sm bo`lib asosan Rossiyada o`sadi. Zig`ir 
tolalarning rangi och kulrangdan to`q kul ranggacha. Zig`ir o`ziga xos tovlanib 
turadi, chunki tolalarning sirti silliq bo`ladi.Zig`ir tolalariga kislota va ishqorlarga 
bardoshsizdir. Zig`ir tolasi sarg`ish alanga berib yonadi, va to`liq yonib kul hosil 
qiladi. Tolalar kuydirilganda ulardan kuygan qog`ozning hidi keladi.Zig`ir namni 
tez shimadi v atez o`zidan ketkazadi. Issiqni ham tez o`tkazadi. Zig`irning bunday 


60 
qimmatli gigiyenik xossalari undan olingan gazlamalardan yozgi kiyimlar tikishga 
keng imkoniyat beradi. 
Gazlamalar bir qator xossalarga ega. Masalan, gazlamalarning fizik 
xossalariga gidroskopiklik, havo o`tkazuvchanlik, bug` otkazuvchanlik, suv 
o`tkazuvchanlik, ho`lanuvchanlik, chang tortish, issiqlikni saqlash, kirishish, 
cho`ziluvchanlik kabi xossalar kiradi. Gidroskopiklik –bu gazlamaning o`ziga 
manlikni tortishi. Gidroskopik namlik formulasi bilan aniqlanadi. Bir xil gazlamalar 
yuvilgandan keyin gidroskopikligi oshadi. Bir xil mahsulotlar ipni ikki tomonlama 
tarash usuli bilan qalinligi oshiriladi, unga gidroskopiklik kamayadi. Ichki va yozgi 
kiyimlar uchun gidroskopiklik eng muhim xossa hisoblanadi. Tabiiy tolalai 
gazlamalarning gidroskopikligi yuqori hisoblanadi. Havo o`tkazuvchanlik 
xususiyati uning tola tarkibi, zichligi va pardoziga bog`liq bo`ladi. Siyrak to`qilgan 
gazlamalar havoni yaxshi o`tkazadi. Zich to`qilgan gazlamalar havoni o`tkazmaydi. 
Polotno to`qilishi havoni yomon o`tkazadi. Bug` o`tkazish xossasiga odam 
organizmidan ajraladigan bug`ni o`zida saqlash kiradi. Masalan, jun tolasidan 
to`qilgan gazlamalar o`zidan bug`ni kam o`tkazadi va boshqa gazlamalarga 
qaraganda kiyim ostidagi havoning nisbiy namligini ushlab turadi.Suv o`tkazish 
qobiliyati gazlamalarning suv o`tkazishga qarshilik ko`rsatishini bildiradi. Suv 
o`tkazmaslik xususiyati maxsus gazlamalar uchun muhim sanaladi. Chang tortish 
xossasi, bu –gazlamalarning kirlanishi.U tolaning tarkibiga , zichligiga , 
pardozlanishiga bog`liq. 

Download 1.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling