Texnologiya ta’limini elektron ta’lim resurslarini


Mavzu: Tabiiy tolali gazlamalar o`simlik tolasidan tayyorlangan


Download 1.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/37
Sana11.03.2023
Hajmi1.69 Mb.
#1261117
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   37
Bog'liq
Абдусаломова Ноилабону

 
Mavzu: Tabiiy tolali gazlamalar o`simlik tolasidan tayyorlangan 
gazlamalar , ularning xususiyatlari.Arqoq va tanda iplarning xossalari. 
Darsning maqsadi
1. Ta’limiy maqsad: o’quvchilarga o’simliklardan olinadigan tolalar, 
ulardan tayyorlangan gazlamalarning ishlatilishi va xususiyatlari haqida tushuncha 
berish. 
2. Tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarga atrofimizni o’rab turgan ona tabiatni 
bizlar uchun naqadar foydali ekanligini va uni asrab avaylash zarurligini 
tushuntirish. 
3. Rivojlantiruvchi maqsad: o’quvchilarga tolalar va gazlamalarning tarkibi 
haqidagi bilimlarini kengaytirish. 
Darsning jihozi: tabiiy tolalar, ulardan tayyorlangan gazlamalar va 
kiyimlardan namunalar, albomlar va boshqa turli ko`rgazmalar. 
Darsning turi: nazariy. 
Darsda 
qo`llaniladigan 
usullar
hikoya, 
tushuntirish, 
suhbat, 
ko`rgazmalilik. 
Darsning borishi: 
Tashkiliy qism: 
Salomlashish, o`quvchilarning darsga tayyorgarligini nazorat qilish, 
davomatni aniqlash. 
O`tilgan mavzuni takrorlash”Fikrlar hujumi” orqali takrorlash 
Sinf o`quvchilari kichik 5-6 kishidan iborat guruhlarga bo`linadi va har bir 
kichik guruh hal qilinadigan ijodiy vazifa bo`yicha 10 daqiqa davomida mustaqil 
ravishda o`zaro “Fikrlar hujumi” o`tkazadi. Shundan so`ng har bir guruh vakili o`z 
guruhlarining javobini taqdim etishadi. 
1. Kiyimlar qanday gazlamalardan, ya`ni materiallardan tayyorlanadi 
2. Gazlamalar qanday hosil qilinadi 


57 
3. Tolalar haqida nimalarni bilasiz 
Yangi mavzuni bayon qilish: O`quvchilar ! biz bugungi darsimizdan boshlab 
gazlamalarga ishlov berish texnologiyasiga oid mashg`ulotlarni o`tamiz. Unda biz 
gazlamalarning olinishi va ulardan turli kiyimlar tayyorlanishi, kiyimlarni tuzatish 
va saqlash, shuningdek pazandachilikka oid ayrim ishlarni o`rganamiz. Ma`lumki, 
har bir inson o`ziga xos kiyim kiyadi. Kiyimlar bizni tabiatning turli ta`sirlardan 
himoya qiladi. Shu bilan birga kiyim insonning madaniyatini, ma`naviyatini 
ko`rsatuvchi muhim omillardan biri hisoblanadi. Kiyimlar odatda gazlamalardan 
tikiladi. Barcha gazlamalar tollaradan to`qiladi. Yuqorida aytilgandek inson 
hayotida gazlamalar va utikilgan kiyimlar muhim ahamiyati kasb etadi. Chunki 
kiyimlar insonni issiq va sovuqdan, kuchki yorug`likdan himoya qilib, organism 
haroratining mo`tadil bo`lishiga yordam beradi.Gazlamalar tabiiy va sun`iy 
tolalardan to`qilgan bo`ladi. Tabiiy tolalardan to`qilgan gazlamalar ikki guruhga 
bo`linadi. A) o`simliklardan olingan tolalardan to`qilgan gazlamalar. B) 
hayvonlardan olingan tolalardan to`qilgan gazlamalar.O`simliklardan olingan 
tolalarga paxta hamda zig`ir kiradi.Paxta o`simligi issiq o`lkalarda asosan Amerika 
Qo`shma Shtatalari, Hitoy, Hindiston, Braziliya va O`zbekistonda yetishtiriladi. 
Paxta tolasi ingichka va o`rta tolali bo`ladi. 

Download 1.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling