Texnologiyalar darajasining iqtisodiyotdagi ahamiyati


Download 37.15 Kb.
bet1/5
Sana15.06.2023
Hajmi37.15 Kb.
#1484400
  1   2   3   4   5
Bog'liq
texnologiyalarning iqtisodiyotdagi o\'rni


Texnologiyalar darajasining iqtisodiyotdagi ahamiyati.
Reja:
1. Kirish. Raqamli iqtisodiyot texnologiyalari fani, maqsad va vazifalari.
2. O’zbekiston Respublikasi raqamli iqtisodiyotni joriy qilishning huquqiy asoslari
3. Raqamli iqtisodiyoning asosiy mezonlari

Kirish

Raqamli iqtisodiyot texnologiyalari fani, maqsad va vazifalari. Hozirgi davrda raqamli iqtisodiyot va u bilan bog’liq bo’lgan bir qancha samarador texnologiyalar hayotimizga shiddat bilan kirib kelmoqda. Huddi shuning uchun ham davlat va jamiyat taraqqiyotini yanada jadallashtirish maqsadida respublikamiz rahbariyati bir qancha muhim qarorlarni qabul qildi. Masalan, O’zbekiston Respublikasi prezidenti 2018 yil 28 dekabrdagi 2019 yil uchun eng muhim ustivor vazifalar haqidagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida ham mamlakatimizda raqamli iqtisodning rivojlanishi bo’yicha quyidagilarni aytib o’tdi: “Iqtisodiyotning barcha sohalarini raqamli texnologiyalar asosida yangilanishini ko’zda tutadigan “Raqamli iqtisodiyot milliy kontseptsitasi”ni ishlab chiqishimiz kerak. Shu asosda “Raqamli 0’zbekiston-2030” dasturini hayotga tadbiq etishimiz zarur. Raqamli iqtisodiyot yalpi ichki mahsulotni kamida 30 foizga o ’stirish, korruptsiyani keskin kamaytirish imkonini beradi. Nufuzli halqaro tashkilotlar o’tkazgan tahlillar ham buni tasdiqlamoqda. Shuning uchun Hukumatga ikki oy muddatda raqamli iqtisodiyotga o’tish bo’yicha “yo’l haritasi”ni ishlab chiqish topshiriladi. Bu borada axborot havfsizligini ta ’minlashga alohida e’tibor qaratish zarur”. Undan tashqari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19 fevraldagi PF-5349 sonli “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmonini ijro etish borasida1 , shuningdek, respublikamizda raqamli iqtisodiyotni davlat boshqaruv tizimida zamonaviy axborot texnologiyalarni jadal rivojlantirish bo’yicha sharoitlar yaratish, shunigdek, axborot havfsizligini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi 2018 yil 31 avgustda raqamli iqtisodiyotning maqsad va vazifalarini belgilab beradigan “O’zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni joriy qilish va yanada rivojlantirish bo ’yicha qo ’shimcha chora-tadbirlar to ’g ’risida” Qaror qabul qildi, hamda O’zR Prezidentining PQ-3832 03.07.2018 dagi “O’zbekiston Resbublikasida raqamli iqtisodni rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarorlarini ham shu tadbirlar jumlasiga kiritish mumkin. Ushbu qaror bo’yicha quyidagilar raqamli iqtisodiyotni yanada rivojlantirish bo’yicha eng muhim vazifalar deb ko’rsatilgan:


> Investitsiya va tadbirkorlikni diversifikatsiya qilish uchun kriptoaktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyatni, jumladan, mayining, smart kontrakt, konsalting, emissiya, ayriboshlash, saqlash, taqsimlash, boshqarish, sug’urtalash, kraudfunding (jamoaviy moliyalashtirish), shuningdek, blokcheyn texnologiyalarni joriy etish va rivojlantirish. > Blokcheyn texnologiyalarni ishlab chiqarish va ulardan foydalanish sohasida amaliy ish ko’nikmalariga ega bo’lgan malakali kadrlarni tayyorlash. > Raqamli iqtisodiyotni yanada rivojlantirish uchun innovatsion g’oyalar, texnologiyalar va ishlanmalarni joriy etish sohasida davlat organlari va tadbirkorlik sub’ektlarining yaqin hamkorligini ta’minlash. > Kriptoaktivlar bo’yicha faoliyat va blokcheyn texnologiyalari sohasida halqaro va horijiy tashkilotlar bilan hamkorlikni har tomonlama rivojlantirish va ishlab chiqarish sohasida faoliyat ko’rsatadigan yuqori malakali horijlik mutahassislarni jalb qilish. > Horij tajribasini hisobga olgan holda blokcheyn texnologiyalarini joriy etish uchun huquqiy baza yaratish . Yuqoridagi farmon va qarorlarning muvaffaqiyatli bajarilishi uchun raqamli iqtisodiyotning mohiyati nima va uning asosiy tishunchali nimalardan iboratligi pishiqpuhta bilib olish talab qilinadi. Ushbu qiziqarli va jozibali raqamli iqtisodiyot sohasiga sayohatimizni boshlashdan avval axborotlashgan jamiyat va u bilan uzviy bog’liq bo’lgan bir qancha asosiy tushunchalar bilan yaqindan tanishib chiqishga harakat qilamiz. Chunki shundagina ushbu risolada aks ettirilgan masala, muammo va kontseptsiyalarni to’g’ri tushunish mumkin bo’ladi.
Hozirgi vaqtda innovatsiyalar iqtisodiyotni rivojlantirishning eng xarakterli xususiyatlaridan biriga aylanib bormoqda. Yaqinda bu nom ekzotik, noma'lum va hatto professionallar orasida ham unchalik aniq bo'lmagan narsani eslatardi, ammo endi innovatsiyaning o'zi ham, uning tushunchalari ham dunyoni tezda zabt etmoqda. Innovatsion jarayonda jiddiy rol o'ynaydigan va innovatsiyalarni korxonalar uchun strategik resursga aylantiradigan xalqaro kapital bozori kengayib bormoqda, bu borada unga yangi moliyaviy tuzilmalar unga yordam bermoqda. Rivojlangan mamlakatlar tajribasi shuni ko'rsatadiki, innovatsiyalarga ko'pincha odamlarning bevosita salbiy munosabati va pozitsiyasi to'sqinlik qiladi.
Xususan, O‘zbekistonda qabul qilingan ko‘plab normativ-huquqiy hujjatlar ва ижтимоий тармоқларда кенг муҳокамага қўйилган қонун лойиҳалариda o‘z aksini topgan. Innovatsion faoliyat to‘g‘risida 2020 yil 27 iyuldagi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, Ilm-fan va ilmiy faoliyat to‘g‘risida”gi Qonun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 22 yanvardagi “2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat Dasturi to‘g‘risida”gi prezident farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Iqtisodiyotni rivojlantirish va kambag‘allikni qisqartirishga oid davlat siyosatini tubdan yangilash chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2020 yil 26 martdagi PF-5975- son Farmoni , «O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda uning tizim tashkilotlari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida» 2020 yil 26 martdagi PQ-4653-son, «Aholini tadbirkorlikka jalb qilish tizimini takomillashtirish va tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» 2020 yil 13 oktabrdagi PQ-4862-son qarorlari, “O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi faoliyatini samarali tashkil etish to‘g‘risida ” 2021 yil 17 fevraldagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori kabi myoriy hujjatlar shular jumlasidandir. Ushbu hujjatlarni qabul qilishdan maqsad tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, yangi tadbirkorlarni vujudga keltirish va rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, innovatsion tizimning salohiyati va samaradorligini oshirishga ko‘maklashish, innovatsiyalar uchun qulay bo‘lgan normativhuquqiy, moliyaviy va axborot muhitini yaratishdan iborat. Shuningdek, sanoatda raqobatbardoshlik va mahsuldorlikni oshirish, yuqori texnologiyali mahsulotlar ulushini oshirishni rag'batlantirish, ishlab chiqarishni ko'paytirish va ishlab chiqarish va eksport tarkibida ulushni oshirish, innovatsion texnologiyalar va ilg'or boshqaruvni qo'llashni kengaytirishдир. Iqtisodiyotni innovatsion rivojlantirish, yangi tadbirkorlarni vujudga keltirish orqali tizimning salohiyati va samaradorligini oshirishga ko‘maklashish tadqiqot ishining maqsadi hisoblanadi. Tadqiqotning vazifalari esa sanoatda raqobatbardoshlik va mahsuldorlikni oshirish bosqichlarini tadqiq qilish va uning о‘ziga xos xususiyatlarini asoslash; yuqori texnologiyali mahsulotlar ulushini oshirishni rag'batlantirish, ishlab chiqarishni ko'paytirish va ishlab chiqarish va eksport tarkibida ulushni oshirish, innovatsion texnologiyalar va ilg'or boshqaruvni qo'llashni kengaytirishга ta’sir qiluvchi omillarni aniqlashdan iboratdir.
Mavzuga doir adabiyotlar tahlili Ayrim mualliflarning fikricha, an’anaviy iqtisodiyot ham, boshqa asosda rivojlanayotgan yangi iqtisodiyot ham mavjud. Bizning fikrimizcha, bu ikki modelni qaramaqarshi qo'ymasdan ikkalasining ijobiy tomonlaridan foydalanish maqsadga muvofiq bo'ladi, chunki an’anaviy iqtisodiyot zamirida yangisi asta-sekin rivojlanib borishini namoyish etadi. Darhaqiqat, zamonaviy dunyoda innovatsiyalar ishlab chiqarish omiliga aylangani haqiqatdir. Ma'lumki, an'anaviy ravishda ishlab chiqarishning uchta omili mavjud: yer, mehnat va kapital. Ularni birinchi bo'lib J. B. Sey tahlil qilgan edi.[1] Hozirgi vaqtda bu omillar odatda tadbirkorlarning qobiliyatini va ba'zi mualliflarning fikriga ko'ra, axborot omilini ham o'z ichiga oladi va shu bilan iqtisodiyotni rivojlantirishda axborotning rolini ta'kidlaydi

So'nggi yillarda iqtisodiyotni rivojlantirishda ilg'or texnologiyalar va innovatsiyalaming ahamiyati oshib bormoqda. Eng yangi texnologiyalar ishlab chiqarish va biznes jarayonlarining samaradorligini oshirishi mumkin. Eng yangi texnologiyalar inson faoliyatining barcha yangi sohalari va sohalariga kirib borishi bilan an'anaviy yondashuvlar va ish uslublari o'zgaradi.


Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining (AKT) paydo bo'lishi va tarqalishi global iqtisodiyotga shu qadar ta'sir ko'rsatdiki, yangi bir hodisa - raqamli iqtisodiyot paydo bo'ldi.
Аqilli texnologiyalari ta'siri ostida odamlaming turmush tarzi o'zgara boshladi, foydalanuvchilar o'rtasidagi aloqalar o'zgardi - turli jug'rofiy mintaqalar, faoliyat sohalari va boshqalardagi odamlar o'rtasida aloqa o'rnatish imkoniyati paydo bo'ldi. Bu raqamli iqtisodiyotning asosi bo'lgan axborot aloqalarining jadal o'sishi.
Raqamli texnologiyalarning ta'siri global miqyosda ham, mahalliy darajada ham seziladi. Raqamli iqtisodiyot yangi ishlab chiqarishlaming kombinatsiyasi sifatida global iqtisodiyotning tez o'sib borayotgan qismidir.
Yangi texnologiyalar yaxshi tashkil etilgan xo'jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining ba'zi jihatlariga o'zgartiruvchi ta'sir ko'rsatadi, bu asosan ishlaydigan mexanizmlarni - aloqa vositalarini yoki sanoat mashinalarini raqamli yoki raqamli mexanizmlarga almashtirish, shuningdek ulami yanada modemizatsiya qilishdan iborat.


Download 37.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling