Texnologiyalarga qaramlik, bu nima?


Download 14.3 Kb.
Sana07.12.2020
Hajmi14.3 Kb.
#162417
Bog'liq
технологияга карамлик


TEXNOLOGIYALARGA QARAMLIK, BU NIMA?
Texnologiyalarga qaramlilik: bu kompyuter, internet, video oʻyinlar va mobil qurilmalardan meʼyoridan ortiq foydalanish natijasida, inson texnologiyaning zararli taʼsiriga duchor boʻlishidir. Smartfon, planshet yoki kompyuter shubhasiz hayotimizning juda katta samarali vositalari hisoblansa-da, baʼzan ulardan foydalanish ish, maktab, sogʻliq va maʼnaviyatimizga jiddiy taʼsir qilishiga guvoh boʻlmoqdamiz. Gohida ruhiy tushkunlik odamlarni internetga va texnologiyaga qaramlikka olib keladi. Internetda oʻtkaziladigan qiziqarli vaqt odamlarning qaygʻusini biroz unutishiga olib keladi. Muammolarning oldini olish uchun internet va texnologiyalarga koʻproq vaqt sarflaydigan odamlar doimo texnologiyaga qaram boʻlib qoladi.
Albatta, texnologiya aslida muammoning asosiy manbai emas. Yuqorida taʼkidlaganimizdek, bunday muammolarning sababi texnologiyadan haddan tashqari (ongsiz) ravishda foydalanish hisoblanadi. Texnogen sivilizatsiyaning inson manfaati uchun foyda keltirishini hech kim rad etmaydi. Bundan tashqari, texnologiyadan toʻgʻri maʼnoda foydalanish, hech kimga zarar keltirmaydi va aksincha foydali hisoblanadi. Hozirgi globallashuv davriga kelib fan va texnika yutuqlarining izchil qoʻllanilishi va ravnaq topishi, ayniqsa yoshlar ijtimoiy hayotida yangi sifat oʻzgarishlarini vujudga keltirdi. Bunday sifat oʻzgarishlari mamlakat iqtisodiyotini yana-da takomillashtirish – davr talabi darajasidagi vazifa qilib qoʻymoqda. Oqibatda texnodeterministik konsepsiya texnikani har doim insonga ijobiy taʼsir koʻrsatishini ishonchli asoslaydi. Ilmiy taraqqiyot va texnika yutuqlari insonga koʻplab sirlarni ochib, uni ulkan miqdorda moddiy boylik bilan taʼminlaydi.
Texnogen sivilizatsiya ayni kunda hayotimizning mazmuniga aylanib boʻlgan. Texnik vositalar orqali biz yaqinlarimiz, doʻstlarimiz, qarindoshlarimiz, bilan uzoqda turib bemalol suhbatlasha olamiz, internet orqali turli xil maʼlumotlarni topa olamiz. Eng baxtli onlarimizni suratga, tasvirga olishimiz mumkin, juda koʻp maʼlumotlarni telefon xotirasiga yuklab olib, bu maʼlumotlarni bemalol boshqa kishilarga yetkazib beramiz, hattoki yer sharining bir burchagida turib ikkinchi burchagidagi odam bilan qanday voqealar yuz berayotganini bilish imkoniyatiga egamiz. Umuman olganda, texnogen jamiyat hayotimizni anchagina yengillashtirdi. Xususan taʼlim jarayonida ayni kunlarimizda isbotini koʻrishimiz mumkin. Internet texnologiyalar: masofadan oʻqitish, elektron kutubxonalar, telemeditsina, telemetrologiya, elektron tadbirkorlik, elektron magazinlar va boshqalar. Xususan taʼlim tizimida pandemiya sharoitida sezilarli oʻzgarishlar roʻy berdi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib muammolarni bartaraf etish uchun quyidagi tavsiyalarga amal qilishimiz lozim:
Birinchidan, barcha zamonaviy texnik vositalardan foydalanishda yosh xususiyatlaridan kelib chiqqan holda qatʼiy vaqt meʼyoriga amal qilish va ota-onalarning texnologiyalardan foydalanish madaniyatining, xatti-harakatlarining farzandlarga salbiy taʼsir etmasligini nazorat qilish.
Ikkinchidan, texnik vositalardan foydalanish oraligʻida musiqa eshitish, gazeta va jurnal mutolaa qilish, kitob oʻqish, yoki sheʼr yodlash, jismoniy harakatli oʻyinlar oʻynash maqsadga muvofiq. Chunki, sheʼr yodlash inson xotirasini mustahkamlasa, kitob oʻqish uning badiiy saviyasini, nutqini ravon qilsa, jismoniy harakatlar esa ularning ortiqcha vazn orttirmasliklariga sabab boʻladi va hokazo.
Uchinchidan, hozirgi kunda yoshlarning ongini “ommaviy madaniyat”ning salbiy taʼsiridan himoyalash maqsadida kompyuter savodxonligi va internetdan foydalanish madaniyatini oʻrgatishdan va ularni yolgʻiz va erkin internetda ishlash mumkin boʻlgan xonalarda qoldirmaslik, ularning internetdan smartfonlardan foydalanish odatlarini kuzatib borish, va shu tarzda, biz xavfli vaziyatlar haqida xabardor boʻlishimiz mumkin.
Xulosa qilib aytganda, taʼlim-tarbiya samaradorligini oshirishda texnogen sivilizatsiya yutuqlarini qoʻllash zaruriyati ijtimoiy faol, har tomonlama rivojlangan shaxsni tarbiyalashni bosh maqsad qilish, barchamizning muqaddas vazifamiz ekanligini unutmasligimiz lozim.
Download 14.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling