Texnologiyalari ba kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi


Biz kimning avlodimiz? “Insoniyatning qisqacha tarixi”


Download 180.19 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana05.05.2023
Hajmi180.19 Kb.
#1429819
1   2
Bog'liq
1-Mustaqil ishi mavzu Ilmiy maqolaga taqriz yozish

Biz kimning avlodimiz? “Insoniyatning qisqacha tarixi” asariga 
taqrizim quyidagicha: 
Avvalo bu kitob ayrim birodarlarimiz ogohlantirganidek, bachchabozlik va 
dahriylikni targ‘ib qilish uchun yozilmagan. Asosiy mazmunini yuqorida yozdim. 
O‘quvchi kitobdan qidirganini topadi, bir kitob bilan aqidamiz buzilib ketsa, demak bu 
mustahkam aqida emas ekan, biz aqidamizni yanayam mustahkamlashimiz, yo‘ldan 
adashtirmasligini O‘zidan so‘rashimiz lozim. Shunda ham kimdir taqvo uchun 
o‘qimaslikni istasa, bu uning xohishidir. Bilimsizlik kulfat keltirmaydi, ammo yutqazib 
qo‘yish yomon, deydilar. Modomiki, shunday ekan, men bunday asarlarni atoqli 
yozuvchimiz O‘tkir Hoshimov aytganidek mag‘zini yeb po‘chog‘ini tashlab yuborish 
kerak bo‘lgan kitoblar qatorida ko‘raman. Ilm-fan sezgilarga asoslanadi, turli nazariya, 
farazlarni ilgari surishi mumkin va mutlaq haqiqatga da’vo qilmaydi, shu bilan birga 
tinimsiz o‘zgarishda, yangilanishda bo‘ladi.
Ammo biz musulmon olami ilm-fanda, ayniqsa tabiiy fanlarni o‘zlashtirishda 
benihoya achinarli ahvolga tushib qolganligimizni e’tirof etmasak bo‘lmaydi. Tabiat 
va jamiyat qonunlarini anglashga urinmaymiz, kelajakni prognozlay olmaymiz. Shu 
sababli ham dunyo bo‘yicha kashfiyotlarning 1 foizi ham musulmonlar hissasiga 
to‘g‘ri kelmaydi, boshimiz o‘zaro nizodan chiqmaydi, rivojlangan nomusulmon 
davlatlar bizni osongina boshqarishadi va kerak bo‘lsa qurbon qilishadi. Abbosiylar 
davridagi musulmon olimlari “aqidamizga putur yetmasin”, deya Hararining kitobidan 
parhez qilishimizni ko‘rganda balki kulardi. Chunki ular ilm-fanga oid har qanday 
kitobni o‘rgangan va “Zevs haqqi” deb boshlanuvchi yunon olimlari asarlarini ham 
arabchaga tarjima qilishdan bosh tortmagandi. Dunyo olimlari bugun Amerika, 
Yevropa, Yaponiyaga intilganidek o‘sha davrda Qohira, Bag‘dod, Xorazm, Damashq 
kabi shaharlarga intilardi. Shubha yo‘qki, biz tabiiy fanlarni o‘rganmasdan katta xato 
qildik va jabrini tortmoqdamiz. Musulmonlar haqida hozir g‘ayridinlar ularning 
o‘zlaridan ko‘proq biladi va shu tufayli ham ustundir. Musulmonlar g‘oyaviy 
muxoliflarini o‘rganishlari, ularning yondashuvi, ilmi, g‘oyalari, davlat boshqaruvi 
bilan tanishishlari kerak. Aqidamizga putur yetmasin, deb o‘zini chetga tortmasligi 
zarurdir. Islomiy aqida kerak, ammo bugun birgina aqidaning o‘zi taraqqiy etish uchun 
yetarli emas. Aqidamiz qachonki qalbimizga joylashib, e’tiqodga aylangandagina 
foydalidir. Men tabiiy va ijtimoiy fanlarni musulmonlar xuddi diniy ilmlarni 
o‘rgangandek harislik bilan o‘rganishini orzu qilaman. 
Yuval Hararining “Insoniyatning qisqacha tarixi” kitobini o‘tgan yili vazirlikdagi 
bir yosh tashabbuskor yigit tarjima qilib nashr ettirmoqchi bo‘lgandi, ammo imkoni va 
resursi bo‘laturib, nega to‘xtaganini bilmayman. Shunga qaramasdan bu bestseller 
asarning tarjimasiga Nurbek Alimov kirishibdi. Boshini o‘qib ko‘rdim, tarjima 
nazarimda yomon emas. Qiziquvchilar uchun foydali kitob bo‘ladi, deb o‘ylayman. 



Download 180.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling