Texnologiyalari o‘qituvchi kitobi 5-sinf toshkent – 2020
Download 4.38 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 24-dars. QATLAMLAR BILAN ISHLASH
O‘QUV-METODIK QO‘LLANMA
Kasbiy maqsad (motivatsiya). Kompyuter grafikasi yo‘nalishida ishlash uchun eng yaxshi boshlang‘ich ko‘nikmalarni hosil qilish. Kognitiv maqsad (rivojlantiruvchi). Kompyuter grafikasi imkoniyatlarining rivojlanishi, ularning kundalik hayotimizdagi o‘rni haqidagi bilimlarini rivojlantirish. № O‘tiladigan modullar Hosil qilinadigan bilim va ko‘nikmalar 1 Qatlam tushunchasi, Paint.Net dasturida qatlamlarni hosil qilish usullari Paint.Net dasturida qatlamlar vazifasini, uni hosil qilish usullarini biladi, ular yordamida turli rasmlarni yarata olish. 2 Qatlamlar bilan bajarish mumkin bo‘lgan amallar bilan tanishish Qatlamlarga rasm, matn joylashtirish usullarini biladi va unga oid mashqlarni bajara olish. 3 Qatlamlar yordamida turli rasmlar hosil qilishga oid misollar va amaliy mashg‘ulotlar Qatlamlar bilan ishlashga oid berilgan misollar va amaliy topshiriqlarni bajara oladi, unga ijodiy yondashish ko‘nikmlarini hosil qilish. 24-dars. QATLAMLAR BILAN ISHLASH Ta’limiy maqsad Darsning texnologik xaritasi va ssenariysi I. Tashkiliy qism Salomlashish, davomatni aniqlash, uy vazifasini tekshirish Darsning turi amaliy O‘qitishning usul va texnologiyalari suhbat, savol-javob, “MyArt”, “Estafeta” usullari O‘qitishning shakllari yakka tartibda, qatorlar bilan, guruhda ishlash AKT va interfaol vositalar o kompyuter o elektron doska o smart doska o proyektor o televizor o kolonkalar Ko‘rgazmali qurollar va o‘qitish vositalari o darslik o taqdimot o video o rasmlar o plakatlar o tarqatma kartochka-vazifalar o amaliy vazifalar o laboratoriya vazifalari o test varaqalari o so‘rovnoma II. Motivatsiya “Mahoratli dizayner” nominatsiyasi egasi bo‘lish. III. Yangi tushunchalar Qatlam, korreksiya, effektlar. 88 Qo‘llaniladigan resurslar Tarqatma vazifalar Taqdimot Videodars Audiodars Internet-resurs 24-mavzu.pptx 24-mavzu.avi 24-mavzu.mp3 http:\www.dr.rtm.uz. Yangi mavzu O‘qituvchi: Daftarga yozib oling! Sinf doskasida sana va yangi mavzu yoziladi. O‘quvchilar uy vazifalarini topshiradi. “Mening sevimli ertak qahramonim” va “Milliy naqshlar” mavzusida chizilgan rasmlar konkursi e’lon qilinadi. O‘qituvchi rasmlarni sinf doskasiga joylashtiradi. O‘quvchilar bilan birgalikda ularga baho beriladi va “Mahoratli dizayner” stikerlari topshiriladi. Bolalar, bugungi darsimizda Paint.Net dasturining yana bir qiziqarli imkoniyati bilan tanishamiz. Taqdimotni diqqat bilan kuzatamiz va amaliy mashg‘ulotlarga o‘tamiz. Paint.Net dasturida Photoshop grafik muharriri kabi qatlamlar bilan ishlash imkoniyati mavjud. Qatlam o‘zi nima? Qatlam – ishchi maydonining ustki qismiga joylashtirish mumkin bo‘lgan ko‘rinmas (shaffof) mato. Har bir yangi qo‘yilgan qatlamda, uskunalar panelidan foydalanib, rasmlar chizish yoki tayyor rasmlarni ochib, ular ustida turli amallar bajarish mumkin. O‘qituvchi ekranda 1-mashqni bajarib ko‘rsatadi, o‘quvchilar kompyuter oldiga o‘tirib, uni mustaqil ravishda bajarib ko‘radi. Fon rasmiga boshqa obyektni joylash va matn kiritish amallari bajariladi. Dars 24 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling