Texnologiyalari o‘qituvchi kitobi 5-sinf toshkent – 2020
Download 4.38 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 18-dars. WORDART OBYEKTI VA SARVARAQ (TITUL) YARATISH
O‘QUV-METODIK QO‘LLANMA
Kasbiy maqsad (motivatsiya). Kundalik hayotda, ish jarayonida hujjatlar bilan ishlash va ularni to‘g‘ri tashkillashtirishni o‘rganish. Kognitiv maqsad (rivojlantiruvchi). Kompyuter va uning yangilanib borayotgan dasturlarida ishlash savodxonligini oshirish. № O‘tiladigan modullar Hosil qilinadigan bilim va ko‘nikmalar 1 WordArt obyekti paneli va uning stillari bilan tanishish Вставка bo‘limida joylashgan WordArt obyektini tanlash, uni sahifaga joylash va ixtiyoriy matn kiritishni bajara olish. 2 WordArt obyektini o‘rnatish va sarvaraq (titul) yaratish ko‘nikmalarini hosil qilish Sarvaraq (titul) hosil qilishda ramka, WordArt obyekti, rasmlarni joylash va matn kiritish amallarini bajara olish. 3 Amaliy mashg‘ulot Hujjatlarni bezash, uning dizaynini yaratish va formatlashga oid mashqlarni bajarish ko‘nikmasini hosil qilish. I. Tashkiliy qism Salomlashish, davomatni aniqlash, uy vazifasini tekshirish Darsning turi amaliy O‘qitishning usul va texnologiyalari suhbat, klaster, “MyArt” usuli, “Loyiha” usuli O‘qitishning shakllari yakka tartibda, qatorlar bilan, guruhda ishlash AKT va interfaol vositalar o kompyuter o elektron doska o smart doska o proyektor o televizor o kolonkalar Ko‘rgazmali qurollar va o‘qitish vositalari o darslik o taqdimot o video o rasmlar o plakatlar o tarqatma kartochka-vazifalar o amaliy vazifalar o laboratoriya vazifalari o test varaqalari o so‘rovnoma II. Motivatsiya “Eng chiroyli muqova” nominatsiyasi. III. Yangi tushunchalar Sarvaraq, chegara chiziqlari, sarvaraq shablonlari, WordArt obyekti. 18-dars. WORDART OBYEKTI VA SARVARAQ (TITUL) YARATISH Ta’limiy maqsad Darsning texnologik xaritasi va ssenariysi 74 Qo‘llaniladigan resurslar Tarqatma vazifalar Taqdimot Videodars Audiodars Internet-resurs 18-mavzu.pptx 18-mavzu.avi 18-mavzu.mp3 http:\www.dr.rtm.uz. Yangi mavzu O‘qituvchi: Daftarga yozib oling! Mustaqil ish O‘zingizni sinab ko‘ring Sinf doskasida sana, mavzu yoziladi. O‘qituvchi o‘quvchilar bilan o‘tilgan mavzularni takrorlash maqsadida doskada MS Word so‘zini yozadi, klaster usulida ular o‘rgangan atama va so‘zlarni yozib chiqadi. Eng faol o‘quvchilarga stikerlar beriladi. Yangi mavzu taqdimot yordamida tushuntiriladi va asosiy tushunchalar daftarga yozib olinadi. Hujjatlarni hosil qilishda, eng avvalo, uning 1-sahifasiga katta e’tibor beriladi. Chunki unga hujjatning maqsadi, bajargan va qabul qilgan shaxslarning ismi sharifi, bajarilgan yili kabi ma’lumotlar kiritiladi. Bunday sahifaga sarvaraq deyiladi va u muqova (titul varag‘i) ma’nosini anglatadi. Muqova chiroyli, bejirim chiqishi uchun unga go‘zal chegara chiziqlari (рамка) va WordArt obyektalari joylashtiriladi. Bugungi mavzuda sizlar bilan sarvaraq yaratish ko‘nikmalarini hosil qilamiz. Word – matn, Art – san’at ma’nolarini anglatuvchi bu obyektni Menyu tasmasidagi Вставка bo‘limining Текст panelidan topamiz va WordArt obyektini tanlaymiz. O‘quvchilarga amaliy mashg‘ulotni bajarish texnologiyasi tushuntiriladi yoki ekranda namoyish etiladi. Shundan so‘ng kompyuterda ishlashga ruxsat beriladi. O‘quvchilar kompyuter oldiga o‘tiradi va darslikning 65-betidagi 1–2-mashqlarni bajaradi. Vazifa berishdan avval o‘qituvchi “Eng chiroyli sarvaraq” nominatsiyasini e’lon qiladi. O‘quvchilar mustaqil ravishda mashqlarni bajaradi. O‘quvchilar qo‘shimcha vazifa tariqasida kichik bolalar jurnaliga muqova tayyorlaydi. Jurnal nomi, dizayni va muqovaga kiritish kerak bo‘lgan matnlarni o‘quvchining o‘zi tanlaydi va ishni bajaradi. 66-betdagi mashqlar va uy vazifasini yozma ravishda bajarib kelish. Uy vazifasi Dars 18 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling