O‘zgarmas tok generatorlarining ishlash prinsipi O‘zgarmas tok generatorlarining tuzilishi va ishlashi


Download 36.27 Kb.
bet1/4
Sana22.04.2023
Hajmi36.27 Kb.
#1382063
  1   2   3   4
Bog'liq
Ўзгармас ток генераторлари uz-assistant.uz



O‘zgarmas tok generatorlari
Reja:



  1. O‘zgarmas tok generatorlarining ishlash prinsipi

  2. O‘zgarmas tok generatorlarining tuzilishi va ishlashi

  3. O‘zgarmas tok genratorlariga texnikaviy xizmat ko‘rsatish va ularning nuqsonlari

  4. O‘zgarmas tok generatorlarining rele-rostlagichlari

  5. Rele-rostlagichga texnikaviy xizmat ko‘rsatish va ularning nuqsonlari




  1. O‘zgarmas tok generatorlarining ishlash prinsipi

O‘zgarmas tok ishlab chiqaruvchi oddiy magnit, ramka, kollektor va cho‘tkalardan iborat bo‘ladi. Ramka 1 valga o‘rnatilgan bo‘lib, u bilan birga aylanadi. Ramkaning uchlari valdan va bir-biridan izolyasiyalangan yarim silindrlarga ulangan. Bu qurilma kollektor deb ataladi. Yarim silindrlarga, odatda, grafitdan yasalgan cho‘tkalar siqilgan bo‘lib, ulardan biri musbat, ikkinchisi manfiydir. Ramka magnit yoki elektromagnit yordamida hosil qilingan magnit maydonida aylanadi. Elektromagnit induksiyasi qonuniga ko‘ra ramka magnit maydonini kesib o‘tganda unda induksiyalangan e.yu.k. hosil bo‘ladi. Uning qanday sodir bo‘lishini ko‘rib chiqamiz.
Ramkaning yon o‘tkazgich-lari magnit kuch chiziqlari bo‘ylab sirpanadi va shu paytda ramkada e.yu.k. hosil bo‘lmaydi. Ramka rasmdagidek holatni eggalaganda e.yu.k. asta orta boradi, chunki o‘tkazgichlar borgan sari magnit kuch chiziqlarining ko‘p qismini kesib o‘ta boshlaydi. Induksiyalangan e.yu.k. ning yo‘nalishi o‘ng qo‘l qoidasi bilan aniqlanadi (rasmda strelkalar bilan ko‘rsatilgan). Rasmda ko‘rsatilgan holatda e.yu.k. hosil bo‘lmaydi, chunki o‘tkazgichlar yana magnit kuch chiziqlari bo‘ylab sirpanadi.
Ramka vertikal holatga yaqinlashganda, unda e.yu.k. qaytadan hosil bo‘la boshlaydi. Ramka aylanganda, shuningdek yarim halqa ham aylanadi, cho‘tkalar esa qo‘zg‘almaydi, binobarin, tashqi zanjirda bir tomonga yo‘nalgan, biroq kattaligi o‘zgaruvchan tok hosil bo‘ladi. Bunday tok pulsovchi tok deb ataladi. Uning diagrammasi ham rasmda ko‘rsatilgan.
O‘zgarmas tok hosil qilish uchun vaqt birligi ichida pulslanish sonini kamaytirish yoki tokni tekislash kerak. Buning uchun bir necha ramka va ularga mos ravishda shuncha yarim silindrlar o‘rnatiladi. Avtotraktor generatorlarida 14 dan 20 tagacha, ramka, 28 dan 44 tagacha yarim silindr bo‘ladi. Generatordagi ramkalar seksiyalar, yarim silindrlar kollektor plastinalari, barcha aylanuvchi qism yakor deb ataladi.
O‘zgarmas tok generatorlaridagi elektromagnitlarning o‘zaklari generator ishlay boshlash vaqtida uni uyg‘otish uchun zarur bo‘lgan qoldiq magnetizmni saqlashi lozim. So‘ngra magnit maydonini generatorlarda uyg‘otish chulg‘ami deb ataluvchi elektromagnit chulg‘ami hosil qiladi. Avtotraktor generator-laridagi uyg‘otish chulg‘ami cho‘tkalarga parallel ulangan, yaʼni uning bir uchi musbat cho‘tkaga, ikkinchisi esa manfiy cho‘tkaga ulanadi. Bunday chulg‘amli generatorlar shuntli yoki shunt yordamida uyg‘otiladigan generatorlar deb ataladi. Ular quyidagi xususiyatlarga ega: nagruzka ulanganmi yoki uzilganmi, bunga qaramay uyg‘onadi; tashqi zanjirdagi qisqa tutashish ularning ishiga taʼsir etmaydi; yakorning aylanish yo‘nalishi o‘zgarganda uyg‘onmaydi, chunki elektromagnit o‘zagi yo‘nalishi bo‘yicha teskari tok bilan magnitsizlanadi.
Keyingi vaqtda o‘zgarmas tok generatorlaridan borgan sari kam foydalanilmoqda, chunki ular uch fazali o‘zgaruvchan tok generatorlariga nisbatan tuzilishi jihatidan murakkabroq va quvvati bir xil bo‘lgan holda gabarit o‘lchamlari katta, ularning chulg‘amlarini yasashga taxminan 2,5 marta ko‘p mis sarflanadi. O‘zgarmas tok generatorlarining solishtirma quvvati, odatda 45 Vtkg massadan oshmaydi. Bundan tashqari, cho‘tkalar bilan kollektor orasida ko‘p uchqun chiqishi yakor sonini cheklab, dvigatel salt ishlaganda batareyalarni zaryadlashga imkon bermaydi; o‘zgarmas tok generatorlari rele-rostlagichlarining tuzilishi o‘zgaruvchan tok generatorlarinikidan murakkabroq. Biroq ishonchli va chidamli yarim o‘tkazgichli asboblar bo‘lmaganligi sababli uzoq vaqt o‘zgarmas tok generatorlaridan keng foydalanib kelindi. So‘nggi o‘n yilda mamlakatimizda ishlab chiqarilgan yarim o‘tkazgichli asboblar ancha takomillashtirildi. Bu ularni ancha oddiy o‘zgaruvchan tok generatorlariga o‘rnatishga imkon beradi. O‘zgarmas tok generatorlari qishloq xo‘jaligida ishlatiladigan ko‘p mashinalarga (T-75 va DT-75 traktorlari, SK-4 va GAZ-52 avtomobillar) o‘rnatilgan, shuning uchun ularning tuzilishi bilan tanishib chiqamiz.



Download 36.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling