O‘zgarmas tok generatorlarining ishlash prinsipi O‘zgarmas tok generatorlarining tuzilishi va ishlashi


O‘zgarmas tok generatorlarining rele-rostlagichlari


Download 36.27 Kb.
bet3/4
Sana22.04.2023
Hajmi36.27 Kb.
#1382063
1   2   3   4
Bog'liq
Ўзгармас ток генераторлари uz-assistant.uz

4. O‘zgarmas tok generatorlarining rele-rostlagichlari
O‘zgarmas tok generatorlarining rele-rostlagichlari elektromagnitaviy vibratsiya asboblari gruppasiga kiradi. Ular kontakt-tranzistorli rele-rostlagichlardan tok cheklagich va teskari tok relesi borligi bilan farq qiladi. G214-A1 generatori bilan o‘rnatiladigan RR315-, rele-rostlagichining tuzilishi va ishlashi bilan tanishib chiqamiz.
RR315-B rele-rostlagichi (rasm) quyidagi uchta alohida elektromagnitaviy asboblardan tashkil topgan: teskari tok relesi 6 (TTR), kuchlanish regulyatori 4 (KR) va tok cheklagich 5 (TCH). Korpus 1 ichiga 60,30 va 13 Om qarshilikka ega bo‘lgan uchta rezistor o‘rnatilgan. Korpus chiqiq 2 li bo‘lib, uning teshiklarida metall vtulkali rezina amortizatorlar 3 joylashgan.

расм. Ызгармас ток генераторлари кучланиши ростлагичининг соддалаштирилган схемаси:


Г-генератор; УЧ-генератор нинг уй\отиш чул\ами; КР-кучла иш ростлагич; Р-резистор.

Amortizatorlar dvigatel ishlaganda asbob titrashini so‘ndiradi. Rele-rostlagichni mashina korpusiga mahkamlovchi boltlar amortizator teshigidan o‘tkaziladi. Asbob qopqoq bilan berkitilib, qopqoq ostiga rezina qistirma 7 qo‘yiladi.
Korpusda B (batareya), YA (yakor), SH (shunt) belgilari qo‘yilgan uchta qisma va vint M (massa) bor. Barcha qismlar va vint generatorning mos ravishdagi qismlariga ulangan.
TTR generatorni akkumulyator batareyasiga avtomatik ulash yoki uzish va generatorni isteʼmolchilarga ulashga xizmat qiladi. Agar generator qismlaridagi kuchlanish 12 V ga chiqsa (dvigatel o‘rta yoki katta tezliklarda ishlaydi), TTR generatorni akkumulyator batareyasini zaryadlash uchun unga elektrik jihatidan ulaydi, agar bu kuchlanish 12 V dan kam bo‘lsa (dvigatel kichik tezlikdaishlaydi yoki butunlay ishlamaydi) uzadi. Bu ish batareyani zaryadsizlashdan saqlash va generator chulg‘amlarining batareya tokidan qizimasligi uchun qilinadi.

30-расм. Реле-ростлагич асбобларини стендда текшириш схемаси:


TTR yarmo, o‘zak, yakor, yakor ko‘tarilishini cheklagich va kontaktlar tuzilgan. O‘zakka magnitlovchi (parallel) va magnitsizlovchi (ketma-ket) chulg‘am joylashgan. Magnitlovchi chulg‘am uchlarining bir massaga, ikkinchisi esa o‘zakka ulangan, yaʼni u generator yakoriga parallel ulangan. Magnitsozlovchi chulg‘am uchlarining biri TTR yarmosiga kavsharlangan, yaʼni massaga ulangan, ikkinchisi tok cheklagich chulg‘amiga ulangan. Ulangan barcha isteʼmolchilar toki magnitsozlovchi chulg‘amdan o‘tadi. Rele-rostlagichning ishlashini kuzatamiz (rasm). Agar generator qismalaridagi kuchlanish 12V dan oshsa, yakor magnitlangan o‘zakka tortiladi va TTR kontaktlari tutashadi. Magnitlovchi chulg‘am zanjiri quyidagi ko‘rinishiga ega: generatorning musbat cho‘tkasi -qisma Ya-TCh-asosiy chulg‘ami TTR-magnitsozlovchi chulg‘ami-generatorning manfiy cho‘tkasi.TTR kontaktlarining tutashishi natijasida quyidagi zaryad toki zanjiri hosil bo‘ladi: generatorning musbat cho‘tkasi-qisma Ya-asosiy chulg‘am TCh-magnitsozlovchi chulg‘am TTR-yarma-yakor va TTR kontaktlari-qisma B-ampermetr-akkumulyator batareyasi-generatorning manfiy cho‘tkasi. Ampermetr strelkasi bunda20 tomonga og‘ib, zaryad toki miqdorini ko‘rsatadi. Agar bir oz vaqtdan so‘ng u nol holatni egallassa, bu batareyaning to‘la zaryadlanganligini bildiradi. Shu bilan bir vaqtda (TTR kontaktlari tutashganda) generatorga boshqa isteʼmolchilar ham ulanadi.
Agar generator kuchlanish akkumulyator batareyasi kuchlanishidan qamaysa, unda batareyadan generatorga keluvchi tok hosil bo‘ladi. Bu tok teskari tok deb ataladi. Teskari tok zanjiri quyidagicha bo‘ladi: batareyaning musbat chiqishi-ampermetr rele-rostlagich qismasi B, tutashgan kontaktlar, yakor yarmo-TTRmagnitsozlovchi chulg‘ami-TCh chulg‘ami-qisma YA –generatorning musbat cho‘tkasi-generator yakorining chulg‘ami-generatorning manfiy chulg‘ami-massa-batareyaning manfiy chiqishi. Teskari tokning bir qismi parallel zanjir hosil qilgan holda generatorning uyg‘otish chulg‘amidan o‘tadi. Teskari tok hosil qilgan magnit oqimi TTR magnitlovchi chulg‘amiga qarama-qarshi taʼsir etadi. Bu magnit oqismlarining qarama-qarshi taʼsiri natijasida TTR o‘zagining umumiy magnitlov-chanligi kamayadi, yakorning o‘zakka tortilishi susayadi va yakor prujinasi taʼsirida TTR kontaktlari ajraladi. Bu hol batareyani generatordan uzuvchi teskari tok zanjiri hosil bo‘lgandan so‘ng 3-5 sek o‘tgach sodir bo‘lishi lozim.
TTR kontaktlari ajralgach, teskari tok tez yo‘qoladi, ulangan isteʼmolchilar esa elektr energiyani faqat akkumu-lyatordan oladi. Batareyadan isteʼmolchilarga o‘tuvchi tok razryad toki deb ataladi.
Ampermetr strelkasi razryad toki utayotganda uning borligini ko‘rsatgan holda –20 tomonga og‘adi. Strelkaga qarab generator qismalarida kuchlanish kamayganda TTR kontaktlari ajralganligini kuzatish mumkin. kontaktlar ajralgan vaqtda ampermetr strelkasi tezda-20 tomonga og‘adi yoki nolda to‘xtaydi (isteʼmolchilar uzilganda). Boshqacha qilib aytganda teskari tok relesini ampermetr yordamida tekshirish mumkin. Shunday qilib, TTR ishlaganda zaryad, teskari va razryad toki taʼsir etadi.
Agar isteʼmolchi lampa bo‘lsa, razryad toki zanjiri qanday hosil bo‘lishini kuzatamiz. Bu zanjir qo‘yidagicha bo‘ladi, batareyaning musbat chiqishi-ampermetr-lampa-massa-akkumulyator batareyasining manfiy chiqishi. Isteʼmolchilarni batareyaga ulashda ampermetr ularning zanjiriga kiritiladi, generatorga ulanganda esa ularning zanjirlari faqat TTR ning berk kontaktlaridan o‘tadi. Binobarin, TTR ning berk kontaktlari akkumulyator batareyasi uchun faqat zaryad zanjirini hosil qili b qolmay, balki generatordan tok oluvchi isteʼmolchilar uchun ham zanjir hosil qiladi.
Atrof-muhit temperaturasi ko‘tarilishi bilan TTR ning magnitlovchi chulg‘ami yanada qiziydi, uning qarshiligi ortadi va TTR kontaktlari generator kuchlanishi ortganda tutasha boshlaydi. Buning oldini olish uchun magnitlovchi chulg‘am o‘ramlarining bir qismi qarshiligi temperatura o‘zgarganda deyarli o‘zgarmaydigan konstant simdan, TTR yakorining osmasi esa termobimetall plastinadan qilinadi.
Plastina ikkita qatlamdan iborat: yuqorgi qatlam-xrom nikel yoki xrom-molibden po‘latdan yasalgan, pastki qatlam-EI-36 invari qotishmasidan yasalgan (temir va nikel qotishmasi, 36% nikel). Yuqorigi qatlam qiziganda uning chizig‘iy kengayish temperaturaviy koeffitsiyenti yuqori, pastki qatlamniki esa past bo‘ladi. Natijada plastina qiziganda pastki qatlam tomonga egilib, TTR yakor osmasining egish kuchi kamayadi. Bu hol TTR kontaktlariga generator qismalarida kuchlanish kam bo‘lganda tutashish imkonini beradi. qishda TTR kontaktlari aksincha kuchlanish oshganda tutashadi, chunki plastinayuqorigi qatlam tomonga egilib, yakor osmasining egiluvchanligini oshiradi.
Kuchlanish regulyatori (KR) generator yakorining ayla-nish chastotasi o‘zgarganda yoki isteʼmolchilar zanjirida nagruzka o‘zgarganda generator qismalaridagi kuchlanishni stabillash uchun xizmat qiladi. Rostlagich generator qismalaridagi kuchlanishni 13,8-14,8 V atrofida saqlaydi. U yarmo, o‘zak, magnitlovchi chulg‘am, to‘g‘rilovchi chulg‘am, yakor, volfram kontaktlar va rostlash plastinasidan iborat. Uning asosiy qismlari elektromagnitli rele va kontaktlari bor yakordan (vibrator) iborat. Bu tipdagi rele elektromexanikaviy rele deb ataladi.
26-rasmda soddalashtirilgan sxemasi keltirilgan kuchlanish regulyatorining ishlashi bilan tanishib chiqamiz. Magnitlovchi chulg‘am KR generator cho‘tkasiga parallel ulangan bo‘lgani uchun uning qismalaridagi kuchlanishning istalganda oshishi magnitlovchi chulg‘amda kuchlanishning oshishiga sabab bo‘ladi. Bu generatorning yakori tez sonida aylanganda sodir bo‘ladi. Kuchlanish oshganda magnitlovchi chulg‘amda tok ortadi, bu KR kontaktning ajralishiga sabab bo‘ladi. Bu holda generatorni uyg‘otuvchi tok quyidagi zanjir bo‘yicha o‘tadi: musbat cho‘tka-rezistor-uyg‘otish chulg‘ami-manfiy cho‘tka. Generatorning uyg‘otish chulg‘ami zanjiriga rezistor ulanadi, bu generator ishlab chiqaradigan e.yu.k. ning kamayishiga sabab bo‘ladi. Generator qismalaridagi kuchlanish kamayganda KR kontaktlari yakor prujinasi taʼsirida tutashadi va qarshilik uyg‘otish chulg‘ami zanjiridan chiqadi. Bunday jarayon generator yakorining aylanish soni o‘zgarganda uzluksiz sodir bo‘ladi. Kuchlanishning tebranishi KR kontaktining 1 sek da 120 dan 150 martgacha uzilishiga va tatishishiga sabab bo‘ladi.
Rele-rostlagichning umumiy sxemasida (26-rasmga qarang) kuchlanish rostlagich ishlaganda zanjir qanday hosil bo‘lishini ko‘rish mumkin. KR magnitlovchi chulg‘ami zandiri: generatorning musbat cho‘tkasi-qisma Ya-magnitlovchi chulg‘am; 13-mavsumiy rostlash qayta ulagichi 14 (yoki rezistor)-massa-generatorning manfiy cho‘tkasi.
KR kontaktlari tutushganda generator uyg‘otish chulg‘a-mining zanjiri: generatorning musbat cho‘tkasi qisma YA-KR ning tekislovchi chulg‘ami-TCh yarmosi-TCh kontaktlari va yakori-biriktirish plastinasi-KR o‘zagi-KR yarmosi-qisma Sh-generatorning uyg‘otish chulg‘ami 19-generatorning manfiy cho‘tkasi.
Generatorning KR kontaktlari ajralgandagi uyg‘otish chulg‘amining zanjiri: generatorning musbat cho‘tkasi-qisma YA-TCH yarmosi-to‘g‘rilovchi chulg‘am 15-tezlashtiruvchi rezistor 17-qisma Sh-uyg‘otish chulg‘ami 19-generatorning manfiy cho‘tkasi. Bundan shunday xulosa chiqarish mumkin, generator qismalaridagi kuchlanishning oshishi rezistorlarni generatorning uyg‘otish chulg‘ami zanjiriga avtomatik ulab cheklanadi. O‘zgaruvchan tok generatorlaridagi kontakt-rezistorli kuchlanish rostlagichi ham xuddi shunday ishlaydi.
Kuchlanish rostlagich ishida bir necha rezistor ishtiroq etadi. Ular nixrom simdan iborat bo‘lib, shisha-tola shnurga o‘ralgan va ularga kremniy-organik lak shimdirilgan. qisma SH ga ulanadigan rezistor 16 asosiy rezistor deb ataladi. Uning vazifasi generatorning uyg‘otish chulg‘amida tokni kamayti-rishdan iborat. Rezistor 17 tezlatuvchi rezistor deb atalib, KR kontaktlarining ajralish va tutashish jarayonini tezlashtiradi (kontakt-tranzistorli kuchlanish rostlagichni o‘rganishda tezlatuvchi rezistorning ishlashi bilan tanishib chiqilgan edi). Bundan tashqari, KR da u yana bir vazifani bajaradi, yaʼni KR chulg‘ami uchun temperaturaviy kompensatsiyalash rezistori hisoblanadi.
Atrof-muhit temperaturasining o‘zgarishi KR ning ishlashiga taʼsir etmasligi uchun uning yakori osmasi ham termobimetall plastinadan tayyorlangan.
Kraning tekislovchi chulg‘ami yakor aylanish sonining oshishiga qaramay rostlagich kuchlanishini o‘rnatilgan kattalikda saqlaydi. Bunda KR kontaktlari uzoq vaqt ajralib turadi va zanjirga ulangan rezistorlar KR chulg‘amidagi tokni keskin kamaytiradi. Natijada KR o‘zagi tekislovchi chulg‘am yordamida magnitsizlanishi va asosiy chulg‘am yordamida magnitlanishi kamayadi. O‘zakning magnit oqimi yakorning aylanish soni oshganda ham deyarli o‘zgarmaydi. KR kontaktlari o‘rnatilgan kuchlanishda ajraladi.
Tok cheklagich (TCH) generatorni ularga ko‘p isteʼmolchilar yoki zaryadsizlangan akkumulyator batareyasini ulaganda hosil bo‘ladigan ortiqcha nagruzkadan himoya qiladi. Avtotarktor elektr jihozlarida ishlatiladigan isteʼmolchilar parallel ulanganda isteʼmolchilar soni oshgan sari zanjirdagi to‘la qarshilik kamayadi. Zanjirda qarshilikning har qancha kamayishi Om qonuniga ko‘ra, unda tok ko‘payishiga sabab bo‘ladi. Generatorga kuchli zaryadsizlangan akkumulyator batareyasi ulanganda tok juda ko‘payadi. Generator yakorining chulg‘ami uchun ortiqcha nagruzka havfli: u juda qiziydi va uning izolyasiyasi teshiladi, bu chulg‘am o‘ramlarining massaga qisqa tutashishiga sabab bo‘ladi.
Tok cheklagich tuzilishi jihatdan kuchlanish rostlagichga o‘xshash bo‘lib, biroq undan o‘yg‘on mis simli (diametri 2,44 mm) bitta chulg‘ami borligi bilan farq qiladi. Kontaktlardagi eroziyani kamaytirish uchun pastki kontakt volframdan, yuqorigisi 25% kadmiy qo‘shilgan kumushdan yasalgan.
Tok cheklagich quyidagicha ishlaydi (26-rasmga qarang). Generatordan isteʼmolchilariga va akkumulyator batareyasiga keluvchi barcha tok, yaʼni nagruzkaning barcha toki tok cheklagich orqali o‘tadi. Tok belgilangan miqdordan oshsa (G214-A generatori uchun 15 A dan ortiqroq) TCH o‘zagi kuchli magnitlanadi, natijada asbob kontaktlari ajraladi. So‘ngra uyg‘otish chulg‘amining zanjiri ikkita parallel tarmoqqa bo‘linadi: birida qarshilik 73 Om va ikkinchisida 30 Om. Birinchi zanjir: generatorning musbat cho‘tkasi-qisma YA - KR ning tekislovchi chulg‘ami-TCh yarmosi-qarshiligi 13 Om bo‘lgan rezistor-qarshiligi 60 Om bo‘lgan rezistor-qisma Sh-generatorning uyg‘otish chulg‘ami-generatorning manfiy cho‘tkasi. Ikkinchi zanjir: generatorning musbat cho‘tkasiqisma Ya-qarshiligi 30 Om bo‘lgan rezistor-biriktirish plastinasi-KR kontaktlari-KR yarmosi-qisma Sh-generatorning uyg‘otish chulg‘ami-generatorning manfiy cho‘tkasi.
Parallel rezistorlari generatorning uyg‘otish chulg‘ami zanjiriga ulash natijasida undan o‘tuvchi tok kamayadi, bu tok bilan birga esa umumiy kuchlanish va generator ishlab chiqaradigan umumiy tok ham kamayadi.

5. Rele-rostlagichga texnikaviy xizmat ko‘rsatish va ularning nuqsonlari


Har oyda rele-rostlagichning mahkamlanishi tekshiriladi va u iflosdan tozalanadi. Rele vaqt-vaqti bilan, biroq yiliga kamida bir marta ustaxonada yoki istisno sifatida mashinada tekshiriladi. Rele-rostlagich atrof-muhit va asbob temperaturasi 20S bo‘lganda tekshiriladi va rostlanadi, chunki rostlash maʼlumotlarining barchasi shu temperatura uchun keltirilgan. Bu ishlarni elektromexanik bajaradi.
Dastlab yakor bilan o‘zak orasidagi tirqish o‘lchanadi: kuchlanish rostlagichda va tok cheklagichda bu tirqish 1,4-1,5 mm, kontaktlar ajralganda teskari tok relesida 0,6-0,8 mm bo‘lishi kerak. Tirqish yuqorigi kontaktlar bilan rostlash plastinasi yordamida o‘rnatiladi, vintlar bo‘shatilgach bu plastinani ko‘tarish va tushirish mumkin.
Teskari tok relesidagi yakor bilan o‘zak orasidagi tirqish yakorni ko‘tarish cheklagichini egib o‘rnatiladi. Bir vaqtda 0,4-0,6 mm atrofida bo‘lishi lozim bo‘lgan kontaktlar zazori aniqlanadi. Uni rele stoykasini ehtiyotlik bilan egib rostlanadi.
Kontaktlar nadfil bilan tozalanib, so‘ng benzin yoki spirt shimdirilgan zamsh bilan artiladi. Kontaktlar bir-biriga zich tegib turishi kerak.
Rele-rostlagichni stenda tekshirish uchun 30 V shkalali voltmetr (aniqlik klassi kamida 1,0), 30-0-30A shkalali ampermetr (aniqlik klassi kamida 1,5), 5000 aylmin gachagraduslarga bo‘lingan taxometr va reostat kerak.
Kuchlanish rostlagichini tekshirishda (31-rasm) rele-rostlagich qismasi B ga ampermetr orqali reostat 3 ulanadi, voltmetr esa qisma B bilan massa orasiga ulanadi. Generator yakorining aylanish soni 3000 aylmin va reostat hosil qiladigan 6 A nagruzkada voltmetr qayta ulagichi mavsumiy rostlashning Z holatidagida 14,1-15,5 V ni, L holatidaligida esa 13,4 ni ko‘rsatishi lozim. Agar kuchlanish belgilangan miqdorga to‘g‘ri kelmasa, uni vint 9 yordamida yakor prujinasini taranglab o‘rnatiladi (28-rasmga qarang). Yakor prujinasining tarangligi vintni soat strelkasi harakati tomon burab oshiriladi va KR kontaktlari ajralgan holatda kuchlanish oshadi. Vintni birgina tishchaga burilish kuchlanishni 0,2 V ga o‘zgartiradi. Boshqa rele-rostlagichlarda prujina tarangligi yakor prujinasining pastki uchi mahkamlanadigan kronshteynni egib o‘zgartiriladi.
Tok cheklagich xuddi shu kabi tekshiriladi va rostlanadi. Nagruzka reostat bilan asta oshiriladi. Kuchlanish 13-15 V bo‘lganda nagruzka generator yakori 3000 aylmin aylanganda 15 A dan oshmasligi lozim. Tok kronshteynni eggan holda TCH yakorining prujina tarangligini o‘zgartirib o‘rnatiladi.
Teskari tok relesi akkumulyator batareyasi ulanganda (reostat o‘rniga zanjirga ulangan) tekshiriladi va rostlanadi. Ampermetr batareyasining musbat qismasi bilan qisma B orasiga, voltmetr esa rele-rostlagich qismasi YA bilan massa orasiga ulanadi. TTR kontaktlari tutashganda kuchlanishni aniqlash uchun generator yakorining aylanish tezligini asta oshira borish kerak, bunda ampermetr strelkasi joyidan qo‘zg‘algan zahoti voltmetr shkalasidagi ko‘rsatishni o‘lchash kerak. Kuchlanish 11,8-12 V bo‘lishi lozim. U prujina kronshteynini egib o‘rnatiladi.
Teskari tokni aniqlash uchun yakorning aylanish tezligi asta sekinlatiladi va teskari tok ampermetrga qarab hisoblanadi. Bu tok 0,5-6A atrofida bo‘lishi kerak. Tok 6A dan oshganda yakor bilan TTR ning o‘zagi orasidagi zazorni (kontaktlar tutashganda) kattalashtirish kerak.
TTR kontaktlari tutashadigan darajadagi kuchlanishni bevosita mashinaning o‘zida tekshirish va o‘rnatish mumkin. Buning uchun voltmetrning “” qismasi rele-rostlagich qismasi YA ga, “-” esa massaga ulanishi kerak. Dvigatel tirsakli valining aylanish soni asta oshiriladi. TTR kontaktlari tutashgan vaqtda voltmetr strelkasi ketinga (kuchlanish kamayishi tomon) 0,1-0,2 V ga og‘ishi kerak. Agar u oldinga og‘sa (kuchlanish ortishi tomon) unda TTR ni rostlash, yaʼni kronshteynni egib prujinani taranglash kerak.
Kuchlanish rostlagichda paydo bo‘ladigan nuqsonlar natijasida isteʼmolchilarning taʼminlash zanjirida kuchlanish ko‘payishi va kamayishi mumkin. quyidagilar nuqsonlarga sabab bo‘lishi mumkin: kontaktlarning quyishi yoki ifloslanishi, rostlagich yakori prujinasining bo‘shashi, yakor bilan o‘zak orasida kir yig‘ilib qolishi, chulg‘amning uzilishi. Kuchlanish rostlagich tekislovchi chulg‘amining uzilishi generatorning chala uyg‘onishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Tok cheklagichidagi nuqsonlar natijasida isteʼmol-chilarning rostlash toki o‘zgaradi. Nagruzka tokining oshishi katta xavf tug‘diradi, bu yakor chulg‘amining yaroqsizlanishiga olib kelishi mumkin. Bunga birinchi navbatda TCH dagi o‘zak bilan yakor orasida kir yig‘ilib qolishi yoki ular orasidagi zazaorning kattalashishi sabab bo‘lishi mumkin.
TTR kontaktlari ko‘pincha bir-biriga yaxshi tegib turmasligi natijasida o‘zaro payvandlanadi. Bu nuqsonning alomatlari: dvigatel sekin aylanib ishlayotganda yoki dvigatel to‘xtaganda ampermetr strelkasi-20 tomonga og‘adi, yaʼni TTR ning uzilmagan zanjiridan teskari tok o‘tadi. Bunday hollarda batareyaning zaradsizlanishdan va generator uyg‘otish chulg‘amini qizishdan saqlash uchun rele-rostlagich qismasi B ni simdan yoki batareyani massadan massa uchirgichi yordamida darhol uzish kerak. Agar bu nuqson yo‘lda yoki dalada ishlaganda sodir bo‘lsa, unda releni uzish kerak. Buning uchun rele-rostlagich qismalari B va YA dan kabinaga izolyasiyalangan simlarning uchi chiqarilgan. Dvigatel o‘rta va tez aylanishlarda ishlayotganda zaryad zanjiri hosil qilish uchun ular ulanadi, sekin aylanishda ishlayotganda batareya zaryadsizlanmasligi uchun uzib qo‘yiladi. Chunki bu holda tok cheklagich ishlamaydi, bunda generatorni nagruzka oshib ketishidan ehtiyot qilish, yaʼni darhol ko‘p isteʼmolchilar ulash kerak emas.
Buzuq kuchlanish rostlagichni yorug‘lik kuchi 21 kd bo‘lgan lampa bilan almashtirish mumkin. U rele-rostlagich qismalari YA va SH orasiga ulanadi. Lampa generator qismalarida kuchlanishning oshishini bir oz cheklash uchun yetarli qarshilikka ega.
Generator yoki rele-rostlagichning sozligiga ishonch hosil qilish uchun uchta qismaning hammasi ulanadi. Zaryad tokining hosil bo‘lishi va generator yakori aylanish sonining oshishi bilan uning asta ortib borishi (ampermetrga qarab tekshiriladi) generator soz bo‘lsa-da, biroq rele-rostlagich shikastlanganini bildiradi. Agar zaryad toki hosil bo‘lmasa, unda nuqsonni generator yoki simdan qidirish kerak.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati






  1. Download 36.27 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling