O‘zgarmas tok generatorlarining ishlash prinsipi O‘zgarmas tok generatorlarining tuzilishi va ishlashi


O‘zgarmas tok generatorlarining tuzilishi va ishlashi


Download 36.27 Kb.
bet2/4
Sana22.04.2023
Hajmi36.27 Kb.
#1382063
1   2   3   4
Bog'liq
Ўзгармас ток генераторлари uz-assistant.uz

2. O‘zgarmas tok generatorlarining tuzilishi va ishlashi
Avtotraktor o‘zgarmas tok generatorlarining tuzilishi ko‘p jihatdan umumiydir. Shuning uchun ulardan biri, yaʼni ko‘pgina tarktor va don o‘rib-yig‘ish kombaynlariga o‘rnatiladigan G214-A1 generatorining (rasm) tuzilishini ko‘rib chiqamiz.

расм. РР315-Б реле ростлагичи:1-корпус; 2-ич=и=; 3-резина амор тизатор; 4-кучланиш ростла гич; 5-ток чеклагич; 6-тескари ток релеси; 7-резина =истирма; 8-КР пружинасининг таранглигини ростлаш винти; 9-генератор кучланишини даврий ростлаш винти.


G214-A1 generatorining (nominal kuchlanish 12 V da) quvvati 180 Vt. Elektromagnit, yakor 3 va qopqoqlar 1 va 18 uning asosiy qismlari hisoblanadi. Elektromagnit yoki induktor korpus 13, ikki qutbli boshmoq 12 va ikkita g‘altak 11 dan iborat. g‘altaklar uyg‘otish chulg‘amini hosil qiladi. Korpus qoldiq magnetizmni saqlash qobiliyatiga ega bo‘lgan kam uglerodli po‘latdan yasalgan. Korpusda zichlash qistirmali himoya lentasi 19 bilan berkitiladigan darcha bor. Lenta ularni vint bilan tortib mahkamlangan. qutbli boshmoqlar korpusga vint 14 yordamida mahkamlanadi. qutbli boshmoqlarga o‘rnatilgan g‘altaklar ketma-ket ulangan bo‘lib (yaʼni g‘altakning oxirgi uchi ikkinchisining boshiga ulangan), uyg‘otish chulg‘amini tashkil etadi.
Korpusga qisma YA (yakor), SH (shunt) va M (massa) joylashgan. qismalar YA va SH korpusdan izolyasiyalangan, qisma YA generator ichidan musbat cho‘tkaga sim bilan, sirtidan esa rele-rostlagich qismasi YA ga ulangan. qisma SH ichidan uyg‘otish chulg‘amining uchiga, sirtidan esa rele-rostlagichning bir xilishorali qismasiga ulangan. qisma M faqat sirtidan shu rele-rostlagich qismasiga ulangan.
Generator yakori val, o‘zak, chulg‘am va kollektordan tuzilgan. O‘zak magnit o‘tkazgich vazifasini bajaradi, shuning uchun u alohida (bir-biridan izolyasiyalangan) po‘lat plastinalardan yig‘ilgan. Bu generatorda sirtsimon chulg‘amdan foydalaniladi. Sirtsimon chulg‘am har bir seksiyasining uchi kollektorning ikkita yonma-yon plastinalariga kavsharlangan. Chulg‘amda hammasi bo‘lib 36 ta seksiya bor. Bular o‘zakning 18 ta paziga joylashgan.
Generator kollektori mos ravishda 36 ta mis plasti-nadan tuzilgan bo‘lib, ulardan har bir plastmassa asos bilan ulash uchun qaldirg‘och dumisimon bo‘rtiqqa ega.
Plastinalar orasiga mikanit (presslangan slyuda) izolyasiya qo‘yilgan, u plastinadan 0,5-0,8 mm pastroq o‘rnatilgan. Izolyasiya da ikkita yonma-yon plastina lar orasidagi bunday chuqur kollektor ishlayotganda vaqtda uning yuzasini yeyilishdan va cho‘tkalarni ancha qattiq mikanitga tegib yeyilishidan saqlaydi.
Generator qopqoqlari 1 va 18 taranglash boltlari 2 bilan biriktirilgan. Har bir qopqoqning pastki qismida generatorni dvigatel kron shteyniga o‘rnatish uchun chiqiq bor. Old qopqoqning yuqorigi qismida qo‘shimcha chiqiq bo‘lib, uning rezbali teshigiga bolt burab kirgizilgan. Bu bolt kesikli rostlash plankasi orqali o‘tadi. Boltni burab generatorni bo‘shatish va uni yuritish tasmasining tarangligini rostlash uchun burish mumkin. Rostlagich bolt burab mahkamlanadi.
Old qopqoqda old sharikli podshipnikka moy beruvchi kanalni berkitib turuvchi vint-moydon 15 bor. Sharikli podshipniklarda kigiz halqa va ikkita po‘lat shayba bor. Ketingi qopqoqqa qalpoqcha 7 vint bilan mahkamlanadi. qalpoqcha podshipnikni moylashda va yakor valining bo‘ylama siljishini bartaraf qilish uchun gayka 8 ni burashda olinadi. Yakor valiga yuritish shkivi 16 shponka va gayka yordamida o‘rnatilgan bo‘lib, shkivda ponasimon tasma uchun ariqcha qilingan.
Ketingi qopqoqqa cho‘tkalar ostidan chiqadigan uchqunni kamaytirish xususiyatiga ega bo‘lgan reaktiv tipdagi ikkita cho‘tka tutkich o‘rnatilgan (25-rasm). (Cho‘tkalar elektrografitdan yasalgan).
rasm. RR315-B rostlagichning ishlash sxemasi:
1-TTR yarmosi; 2-TTR o‘zagi; 3-TTR magnitlovchi chulg‘am; TTR magnitsozlovchi chulg‘am; 5-yakor; 6-yakorni ko‘tarish cheklagichi; 7-TTR kontaktlari; 8-TCH chulg‘ami; 9-TCH
kontaktlari; 10-KR kontaktlari; 11-yakor; 12-KR rostlash vinti; 13-KR magnitlovchi chulg‘am; 14-davriy rostlash qayta ulagichi; 15-tekslovchi chulg‘am; 16-18-rezistorlar; 19-generatorning uyg‘otish chulg‘ami; 20-massa uchirgichi; 21-akkumulyatorlar batareyasi.

3. O‘zgarmas tok generatorlariga texnikaviy xizmat ko‘rsatish va ularning nuqsonlari


Generator har smenada chang va iflosdan tozalanadi, uning mahkamlanish joylari va simlarning ulanganligi tekshiriladi, zarur bo‘lsa, qismalar tozalanadi, yuritish tasmasining tarangligi tekshiriladi. Uning tarangligi ventilyator va generator shkivlari orasidagi tasma tarmog‘iga 4-6 kgk bilan bosilganda egilishi 12-15 mm bo‘lishi lozim. Taranglik planka bolti bo‘shatilgan, generatorni burib rostlanadi.
2-texnikaviy xizmat ko‘rsatishda (dvigatel 240 soat ishlagach) birinchi navbatda generator podshipniklari moylanadi. Old podshipnikni moylash uchun vint burab chiqariladi va ariqcha SIATIM-221, SIATIM-202 yoki 158-nomerli moy bilan to‘ldiriladi. Vint burab mahkamlanayotganda moy baravar tarqalishi uchun yakor shkiv orqasiga buriladi. Ketingi podshipnikni moylashda undan qalpog‘i olinadi va podshipnik hajmining 23 qismicha moy quyiladi. So‘ngra himoya lentasi olinadi va generatorning ichki yuzasidagi chang nasos bilan tozalanadi. Keyin kollektor sirti va cho‘tkalarning holati tekshiriladi, kollektor sirti silliq va yaltiroq och jigar rang yoki to‘q jigar rang tusda bo‘lishi kerak. Kollektordagi iflos benzin shimdirilgan toza latta bilan artib tozalanadi, bunda ukollektor sirtiga siqiladi, yakor esa qo‘lda aylantiriladi.
Tozalangach, kollektorda tirnalish yoki kuyundi borligi maʼlum bo‘lsa, u holda ular mayda donli shisha jilvir qog‘oz bilan tozalanadi. Jilvir qog‘ozdan bir bo‘lak olib korpusdagi darchaga tiqiladi, uni qo‘l bilan kollektor sirtiga taqab ushlab, yakor aylantiriladi. Kollektor yuzidagi chuqurroq chiziqlar tokarlik stanogida yo‘nab, yo‘qotiladi va silliqlanadi.
Cho‘tkalar kollektor sirtiga zich taqalishi kerak, bunda ularning bo‘yi 14 mm bo‘lishi lozim. Cho‘tkalarning bo‘yi kichik bo‘lganda ularga tushadigan prujinalar bosimi kamayadi. Yangi cho‘tkani kollektor sirtiga shisha jilvir qog‘oz vositasida albatta ishqalash kerak. Buning uchun jilvir qog‘oz listidan kollektor enga moslab qirqiladi va qumli qismini cho‘tka ostidan tiqiladi. Jilvir qog‘oz polosasining uchlari korpusdagi darchaga tiqilib, tortib chiqariladi. Prujina simi taʼsirida cho‘tka kollektor sirti shakliga moslashadi. Prujinaning cho‘tkaga bosimi ilmog‘i cho‘tka tutqich bilan qamralgan dinamometr yordamida tekshiriladi.
3-texnikaviy xizmat ko‘rsatishda generator qismlarga ajratiladi, yeyilgan detal va podshipniklardagi moy almashtiriladi. Generator yig‘ilgach tekshiriladi, buning uchun o‘zaro tutashgan qismlar YA va SH batareyaning musbat chiqishiga ulanadi, qisma M esa batareyaning manfiy chiqishiga ampermetr orqali ulanadi. Shu taxlitda ulangan generator 6 A dan oshmaydigan tok isteʼmol qilishi, generator yakori esa shovqinsiz ravon aylanishi kerak.
O‘zgarmas tok generatorlarining xarakterli nuqsonlari: yuritish tasmasining shataksirashi, qismalarning oksidlani-shi, cho‘tkalarning kattalashib qolishi yoki yeyilishi, cho‘tka tutqichlari prujinalarining bo‘shashishi yoki sinishi, kollektorning ifloslanishi yoki yeyilishi, uyg‘otish chulg‘amida o‘ramlarning massa bilan tutashishi, qutdli boshmoqlarning magnitsizlanishi. Kollektorning ifloslanishi yoki yeyilishi cho‘tkalar ostidan ko‘p uchqun chiqishiga sabab bo‘ladi.
Kollektorning yeyilishini yakorni tokarlik stanogida yo‘nib va kollektor sirtini silliqlab bartaraf etiladi. Uyg‘otish chulg‘ami o‘ramlarining massaga tutashishi generatorda e.yu.k. ning kamayishiga olib keladi. Tutashish joyini akkumulyator batareyasi va lampa yordamida aniqlash mumkin. Batareyaning qutblaridan biri generator korpusiga, ikkinchisi lampa orqali uning qismasi SH ga ulanadi. Agar lampa chaqnab yonsa, bu o‘ramlarning ochilib qolgan sim orqali massaga tutashganini bildiradi. qutbli boshmoqlarning magnitsizlanishi generatorining uyg‘onmasligiga olib keladi (bu magnetometr bilan aniqlanadi). qutbli boshmoqlarni magnitlash uchun qisma SH batareyaning musbat chiqishiga, qisma M esa 2-3 sek manfiy chiqishiga ulanadi. Akkumulyatorlar batareyasidagi tok bunda qutbli boshmoqlarni magnitlaydi.



Download 36.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling