Texnologiyalari resurslaridan foydalanish istiqbollari
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
Download 53.77 Kb. Pdf ko'rish
|
65091f64131f2 F.Umarova Toxirova
- Bu sahifa navigatsiya:
- TA’LIM TIZIMIDA ZAMONAVIY AXBOROT TEXNOLOGIYALARI RESURSLARIDAN FOYDALANISH ISTIQBOLLARI Umarova Fotima Abdurahimovna
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. Партретова В. Г. Консультация для педагогов: Организация дистанционного обучения дошкольников, 2020. 2. Авраамов Ю. С. Практика формирования информационно-образовательной среды на основе дистанционных технологий //Телекоммуникация и информатизация образования.-2004. TA’LIM TIZIMIDA ZAMONAVIY AXBOROT TEXNOLOGIYALARI RESURSLARIDAN FOYDALANISH ISTIQBOLLARI Umarova Fotima Abdurahimovna – “Texnologik ta’lim metodikasi” kafedrasi dotsenti, p.f.f.d. (PhD) Tohirova Xadichabonu Erkin qizi – Professional ta’lim fakulteti talabasi Hozirgi globallashuv davrida internet tarmog‘i orqali masofadan turib, onlayn yoki oflayn o‘qish imkoniyatlarining paydo bo‘lishi, ta’lim oluvchi va ta’lim beruvchilarga juda katta imkoniyat bermoqda. Hozirgi kunda dunyo bo‘ylab elektron ta’lim olish imkonini beruvchi juda ko‘plab elektron ta’lim platformalari faoliyat yuritmoqda. Elektron usulda ta’lim olishning eng afzal tomoni ta’lim oluvchi ayrim sabab bilan darsda qatnasha olmasa yoki darsni yaxshi o‘zlashtira olmasa, platformaga kirib, video-ma’ruzalardan qayta-qayta foydalanishi mumkin. Bu esa ta’lim olish samaradorligini sezilarli darajada oshishiga sabab bo‘ladi. Bugungi kunda rivojlangan davlatlar ta’lim tizimida zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borilib, amaliyotga tatbiq etilmoqda. Ta’lim tizimida fan va ishlab chiqarishning integratsiyasiga e’tibor qaratish, ta’lim jarayoniga elektron ta’lim texnologiyalarini joriy qilish, masofaviy ta’limni qo‘llab quvvatlash zarur. Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini masofaviy ta’lim jarayonida qo‘llashning ikkita zaruriy sharti mavjud: – texnik jihozlar bilan taminlanganlik; – maxsus dasturiy ta’minotlarning mavjudligi. So‘ngi yillarda rivojlangan mamlakatlarda internet orqali ta’lim olish jadal rivojlanmoqda va u “Elektron ta’lim” (e-Learning) atamasi bilan kirib keldi. Elektron ta’limni tashkil etish uchun ko‘plab tizimlar mavjud. Bularga misol qilib Mualliflik dasturiy mahsulotlari (Authoring tools), 202 Virtual ta’lim jarayonini boshqaruvchi tizimlar – LMS (Learning Management Systems), Ichki kontentning boshqaruv tizimlari – CMS (Content Management Systems)ni keltirish mumkin.Bilamizki hozirgi zamon texnologiya va axborot asrlari hisoblanadi. Yangi-yangi g’oyalar yangi-yangi inovatsiyalar yaratilmoqda. Hozirgi kunda AKT yanada samarali axborot va kommunikatsiya uchun ishlab chiqilga texnologiyalar to’plamidir. So’ngi yillarda AKT yangi ta’lim siyosati va loyihalarini ishlab chiqishda muhim ro’l o’ynaydi, chunki ular bilimga kirish uslubiga ta’sir ko’rsatdilar.Ular shaxsan yoki masofadan turib ma’lumot olish imkoniyatini yengillashtirish imkoniyati bo’lgan, ammo shu bilan birga ular bir qator muammolarni keltirib chiqarmoqda. Shu ma’noda ta’lim uchun Internet protokoli xizmatlari va platformalari ishlab chiqilgan bo’lib, bu o’qitish va o’qitish modellarini qayta ko’rib chiqishga imkon berdi. Ular orasida biz nomini keltirishimiz mumkin bo’lganlari Moodle, Chamilo, Claroline, ATutor yoki Sakai nomli platformalardir. Ular ochiq manbali platformalarning namunalari. Ushbu platformalarda interaktiv doskalar, real vaqt rejimidagi virtual sinflar, munozarali xonalar, forumlar, anketalar, diagrammalar, audiovizual resurslar, raqamli bibliografiya, onlayn hamkorlik hujjatlari, portfellar, o’quv o’yinlari va boshqalar kabi resurslardan foydalaniladi. AKTlarning o’ziga hos bir qancha avzalliklari mavjud. Bular: • Ular ma’lumotlardan foydalanishni osonlashtiradi; • U turli ta’lim markazlarining tarmoqqa ulanishini qo’llab-quvvatlaydi, jamoatchilik tushunchasini kengaytiradi; • U fikrlashning yangi usullarini ilgari suradi; • U bilimlarni hamkorlikda qurish tamoyilini ma’qullaydi; • U foydalanuvchilarning raqamli savodxonligini ta’minlashga imkon beradi • Ta’lim sohasida ular o’quvchilar va o’qituvchilar o’rtasidagi avlodlar o’rtasidagi farqni bartaraf etishga yordam beradi; • Bu o’quv va ma’muriy boshqaruv vositasidir, chunki u o’quvchilarning akademik xatti- harakatlarini bilish uchun ma’lumotlar bazalariga va statistik ma’lumotlarga zudlik bilan kirish imkoniyatini beradi. AKTning avzalliklari shulardan iborat. Hozirgi kunda umumiy o’rta ta’lim maktablarida ta’lim tizimining mazmuni va sifati bizning jamiyatimizning dolzarb masalalari va ustuvor yo’nalishlaridan biri bo’lib hisoblanmoqda va uni rivojlantirish hamda samaradorligini oshirish usullari va chora tadbirlari izlanmoqda, shu bilan birga umumiy o’rta ta’lim maktablarida ta’lim-tarbiya jarayonida yangi axborot kommunikatsion texnologiyalarini joriy etish masalasi ommalashtirilmoqda. Agarda o’quvchilarga darsni faqat kitob daftar bilan o’qitadigan bo’lsak ularda zerikish va shunga o’xshash birqancha muammolar kuzatiladi. Agarda biz darsni o’sha darsga oid vidioro’lik yoki interaktiv doskalar bilan va shunga o’xshash buyumlardan foydandalanib o’tadigan bo’lsak, o’quvchilarning o’zlashtirishi yuqori bo’ladi hamda darsga qiziqishi ham ortadi. Bilamiz bolalar ko’proq amaliy ya’ni, ushlab ko’rib, uni hayotda qanday ekanligini o’rganadi. Ta’lim tizimida axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish istiqbollari sifatida onlayn ta’lim olish, masofadan turib malaka oshirish, ijtimoiy tarmoqlar, elektron ta’lim platformalari kurslarida o‘qish kabilarni aytish mumkin. Ushbu usullarda ta’lim olish an’anaviy usulda ta’lim olishdan arzon va qulayligi bilan ajralib turadi. Bunda katta yoshli ta’lim oluvchi ish faoliyatidan ajralmagan holda malakasini oshirishi, qo‘shimcha kurslarda qatnashishishi, qayta tayyorlov kurslarida o‘qishi mumkin. Ta’limning bu turi masofa, mintaqa, o‘quvchilar yosh chegarasi, ijtimoiy mavqeyini tanlamaydi. Shuningdek, nogironligi bo‘lgan shaxslar, olis hududlarda va nochor oilalarda yashovchi shaxslar ham ta’lim olish imkoniga ega bo‘lishadi. Ta’lim oluvchi o‘qish muddatini o‘zi belgilaydi, lekin platformada topshiriqlar uchun belgilangan muddatlarga amal qiladi. Xulosa qilib aytganda, ta’lim tizimiga qo’llanilgan axborot kommunikatsiya texnologiyalari ta’lim samaradorligini oshirish bilan bir qatorda, uning qiziqarliligini, qulayliligini orttiradi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling