Texnologiyalari universiteti Farg’ona filiali 730-20 guruh talabasi Mamajonov Raximberdining Ma'lumotlar tuzilmasi va


Dinamik ma’lumotlar tuzilmasi - ro’yhatlar


Download 0.69 Mb.
bet8/23
Sana14.04.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1356377
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   23
Bog'liq
MI MTvaA raximberdi

2. Dinamik ma’lumotlar tuzilmasi - ro’yhatlar




Chiziqli ro’yhatlarda har bir element o’zidan keyingisi yoki oldingisi bilan ham bog’langan bo’lishi mumkin. Birinchi holatda, ya’ni elementlar o’zidan keyingi element bilan bog’langan bo’lsa, bunday ro’yhatga bir bog‘lamli ro‘yhat deyiladi. Mazkur ko’rinishdagi ro’yhat elementi k’rsatkichining o’ziga xosligi shundan iboratki, u faqatgina ro’yhatning navbatdagi elementi adresini ko’rsatadi. Bir tomonlama yo’naltirilgan ro’yhatda eng so’nggi element ko’rsatkichi bo’sh, ya’ni NULL bo’ladi.

Agar har bir element o’zidan oldingi va o’zidan keyingi element bilan bog’langan bo’lsa, u holda bunday ro’yhatlarga 2 bog‘lamli ro‘yhatlar deyiladi.


Agar oxirgi element birinchi element ko’rsatkichi bilan bog’langan bo’lsa, bunday ro’yhatga halqasimon ro‘yhat deyiladi. Ro’yhatning har bir elementi shu elementni identifikatsiyalash uchun kalitga ega bo’ladi. Kalit odatda butun son yoki satr ko’rinishida ma’lumotlar maydonining bir qismi sifatida mavjud bo’ladi.




  1. Ro’yxat.


Ko’pincha jiddiy dasturlarni tuzish jarayonida o’lchami va tuzilishini o’zgartirib turuvchi ma’lumotlardan foydalanishga to’g’ri keladi. Bu yerda dinamik massivlar


qo’l kelmaydi, chunki, dastur ishlashi vaqtida qancha xotira zarur bo’lishini oldindan aytib bo’lmaydi. Masalan, matnni tahlil qilishda unda qanday so’zlar mavjud va ular matnda necha marta uchraydi, shuningdek, alifbo tartibida tartiblash masalasiga doir dastur tuzishda dinamik massivdan foydalanib bo’lmaydi.

Bunday hollarda alohida elementlari ko’rsatkichlar yordamida bog’langan maxsus ma’lumotlar tuzilmasidan foydalanish kerak. Bunday tuzilmalarning har bir


elementi (tuguni) xotiraning ikkita sohasidan tashkil topadi: ma’lumotlar (info) maydoni va ko’rsatkichlar (ptr) maydoni (1-rasm). Ko’rsatkich – bu aynan ushbu turga tegishli bo’lgan boshqa bir element adresi bo’lib, bu element oldingi element bilan mantiqiy bog’langanligini anglatadi.

1-rasm. Ro’yxat tuguni (elementi)ning mantiqiy ifodasi.





Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling