Texnologiyalari universiteti samarqand filiali "kompyuter injiniringi" fakulteti "axborot texnologiyalari" kafedrasi
Download 352.01 Kb. Pdf ko'rish
|
1 Lab. TOPSHIRIQLAR (15)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzular: 1.1. Arduino kontroller to’plamining tarkibini va imkoniyatlarini o’rganish. Kompyuterga Arduino IDE ni o’rnatish
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI “KOMPYUTER INJINIRINGI” FAKULTETI “AXBOROT TEXNOLOGIYALARI” KAFEDRASI “O’RNATILGAN TIZIMLAR” fanidan 1 - LABORATORIYA ISHINI BAJARISH UCHUN TOPSHIRIQLAR (3-kurslar uchun) Mavzular: 1.1. Arduino kontroller to’plamining tarkibini va imkoniyatlarini o’rganish. Kompyuterga Arduino IDE ni o’rnatish 1.2. Yorug’lik diodi. Arduino yordamida yorug’lik diodini o’chirib yoqish 1.3. Tugma (Knopka). Yorug’lik diodini yoqish misolida tugmaning bosilishiga ishlov berish. Titrashga qarshi kurashish Fan o‘qituvchisi: M.A.Fayzullayev 1-LABORATORIYA TOPSHIRIQLARI 1) Tugma bosilganda uchta svetodiod yonib o‘chib tursin. 2) Uchta svetodiod oling. Uni tartib bilan Arduinoga ulab oling va avval 1- svetodiod yonib o‘chadi keyin 3-svetodiod yonib o’chadi. Keyin 2-svetodiod yonadi qolgan svetodiod o’chadi. Shu tarzda siklni davom ettiring. 3) Bitta svetodiod avval 0,5 sekund yonib, 0,5 sekund o‘chsin, keyin 1 sekund yonib 1sekund o‘chsin, undan keyin esa 2 sekund yonib 2 sekund o‘chsin. Ushbu sikl davriy takrorlansin. 4) Birinchi toq o‘rinda turgan svetodiod yonsin. Keyin juft o‘rinda turganlari yonsin.Bunda kamida 5 dona svetodioddan foydalaning. 5) Birinchi svetodiodimiz bir marta yonib o’chsin.Ikkinchi svetodiod ikki marta yonib o’chsin,uchinchisi esa 3 marta yonib o‘chsin. 6) Uchta svetodiod berilgan. Birinchisi 2 sekund yonib,1 sekund o‘chib tursin. Ikkinchisi 1 sekund yonib, 3 sekund o‘chib tursin. Uchinchisi 1 sekund yonib 5 sekund o‘chsin. 7) Uch dona svetodiodni birinchisi 2 sekund yonib, 1sekund o‘chib tursin, ikkinchisi 1 sekund yonib turib, 3 sekund o‘chib tursin, uchinchisi esa 0,5 sekund yonib, 2,5 sekund o‘chib tursin. Ushbu sikl davriy takrorlansin. 8) Ikkita qizil, ikkita sariq svetodiod oling, ikkita qizil svetodiod knopka bosilganda yonsin, bosilmagan holatda esa ikkita sariq svetodiod yonib tursin. 9) Tugma bosib turilganda svetadiod yonib-o‘chib ishlab tursin. Bosilmagan holatda esa ishlashdan to‘xtasin. Bunda svetodiod yonib-o’chish intervalini ixtiyoriy belgilashingiz mumkin. 10) Knopka bosib turilganda 4 ta svetadiod ketma-ket yonib-o‘chib ishlab tursin. Bosilmagan holatda barchasi o’chib tursin. 11) Uch xil rangdagi svetodiod va bitta tugma oling. Tugmani ikki marotaba bosganda barcha svetodiotlar yonsin. 12) Uch xil rangdagi svetodiod va bitta tugma oling. Tugmani bir marotaba bosganda birinchi, ikki marotaba bosganda ikkinchi, uch marotaba bosganda esa uchinchi svetodiot yonsin. 13) Yashil, sariq, qizil rangdagi svetodiodlar va bitta tugma oling. Tugma bosilmagan holatda yashil yonib tursin. Tugma bosilganda esa sariq rangdagi svetodiod 4 sekund yonib tursin. Keyin qizil rangdag svetodiod 10 sekund yonib tursin va yana yashil svetodiod yongan holatga qaytsin. 14) Besh dona svetodiod oling. Uni tartib bilan Arduinoga ulab oling va ular ketma ket yonib o‘chish dasturini tuzing. 15) To’rt dona svetodiod oling. Tugma bir marotaba bosilganda svetodiodlar yonib- o‘chib tursin. Yana bir marotaba bosilganda svetodiodlar yonib-o‘chishdan to’xtasin. Download 352.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling