Texnologiyalari univesiteti urganch filiali kompyuter injineringi


Download 159.78 Kb.
bet1/5
Sana26.12.2022
Hajmi159.78 Kb.
#1067238
  1   2   3   4   5



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUXAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT
TEXNOLOGIYALARI UNIVESITETI URGANCH FILIALI
Kompyuter injineringi FAKULTETI
Ma’lumotlar Bazasi ___________FANIDAN
MUSTAQIL ISH


MAVZU : KOD RELYATSION ALGEBRASI. RELYATSION HISOBLASH.

Reja:

  1. Koddaning relyatsion algebrasi.

  2. Maxsus relyatsion operatorlar.

  3. Relyatsion algebrada so’rovlar.

  4. Relyatsion hisoblash.



Ma’lumotlarning relyatsion modeli birinchi bor 1970 yilda Ye.F.Kodd tomonidan taklif qilingan bo’lib, u ma’lumotlarni tavsiflash va tasvirlashning amaliy dasturlaridan bog’liq bo’lmasligini ta’minlash masalasini hal qilishga xizmat qiladi. Ma’lumotlarning relyatsion modeli asosida «munosabat» tushunchasi yotib, u inglizcha relation so’zidan olingan. Ba’zi bir qoidalarga amal qilgan holda munosabatlarni ikki o’lchovli jadval ko’rinishda tasvirlash mumkin. Chunki jadval har qanday odamga tushunarli va qulaydir. Real dunyo ob’ektlari haqidagi ma’lumotlarini EHM xotirasida saqlash va ular orasidagi aloqalarni modellashtirish uchun munosabatlar (jadval) to’plamidan foydalanish mumkinligini Ye.F.Kodd isbotlab berdi. Munosabat ustunlari atributlar (maydonlar) deb ataladi va ularga nomlar beriladi. Munosabat atributlarining nomlaridan iborat tuzilgan ro’yxatga munosabatlar sxemasi deyiladi.


Kodda qoidasi.
1985 yil oktabrda E.F.Kodd “Computerworld” gazetasida ikkita maqolani e’lon qildi. Birinchi maqola 12 ta me’zonni o’z ichiga olgan bo’lib, “butunlay relyatsion” bazaga bag’ishlangan. Ikkinchi maqola esa ushbu 12 ta qoidani dasturiy mahsulotlarni meynfreymga mosligi nuqta’i nazaridan tekshirishdan iborat. Maqola shuni ta’kidlaydiki, agar MBBT nazariy jihatdan pishiq bo’lsa, u amaliy jihatdan effiktiv ishlaydi.
Koddaning 1-qoidasi. Axborot qoidasi. Relyatsion MB uchun birinchi qoida ma’lumotlarni saqlash hamda ma’lumotlar orasidagi o’zaro munosabat uchun foydalaniladigan informatsion tuzilmani ifodalaydi:
Relyatsion ma’lumotlar bazasidagi barcha axborotlar mantiqiy darajada butunlay faqat bitta usulda ifodalanadi: jadvallardagi qiymatlar”.
Ushbu kriteriya shu shartni qo’yadiki, har qanday munosabat (ikki o’lchovli jadval) relyatsion MB da foydalaniladigan yagona informatsion strukturaga ega bo’ladi. O’z navbatida, qattiq dasturlashni talab etadigan mahsulotlarda jadvallar aro aloqa relyatsion hisoblanmaydi.
Koddaning 2-qoidasi. Kirishni kafolatlash qoidasi. Agar MB ga axborot joylashtirish sababi paydo bo’lsa, u holda ohirgi tanlov amalga oshiriladi. Ya’ni bu holda foydalanuvchi ma’lumotlarning yagona qismini ko’rish imkonining mavjudligiga ishonch hosil qilishi kerak.
Relyatison MBning har bir elementiga bilvosita jadval nomi, birlamchi kalitning qiymati va ustun nomi kombinatsiyalari orqali mantiqan kirishni kafolatlashi lozim.
Bu qoida shuni tasdiqlaydiki, ma’lumotlarning istalgan qismi faqat uchta komponenta orqali o’rganiladi: jadval nomi, ustun nomi va qatorning birlamchi kaliti.
Koddaning 3-qoidasi. Null-qiymat qoidasi.Null-qiymat – bu maxsus qiymat bo’lib, MB da qo’llaniladi; u “aniqlanmagan” ma’nosini beradi. Bu qiymat axborotlarni o’qish vaqtida yuzaga keladigan xatoliklarning o’zgacha ko’rinishida kiritiladi. Misol sifatida jadvalga hodimlar orasidagi munosabatni kiritishni olaylik. Jadvalning ustuniga ularning ish xaqi kiritiladi. Taklif qilinadiki, bir qancha hodimlarning ish xaqi satri null-qiymatli bo’lsin. Agar, tasodifan jadvalga murojaat etilsa va barcha islovchi hodimlar to’g’risida ma’lumot so’ralsa ish xaqi 60000 dan ziyodi ishlab chiqiladimi? Satr null-qiymatli bo’lsa satr hisobga olinadimi yoki o’tkazib yuboriladimi? Qachon MBBT null-qiymatni mantiqiy me’zonga (60000dan katta ish xaqiga) mos ravishda baholaydi? Agar satr ushbu me’zonga javob bersa, null-qiymat qabul qilishi aniq bo’lmaydi. Balki, bo’ladi yoki bo’lmaydi. Aynan ushbu holatda relyatsion MB da uch qiymatli mantiqdan foydalaniladi. Mantiqiy ifodaning natijasi “to’g’ri”, yoki “noto’g’ri”, yoki “bo’lishi mumkin” ko’rinishida bo’ladi.
Koddaning 3-qoidasi null- qiymatga bog'liq:
Null-qiymat (qayd etish kerakki, u bo’sh qatorni ifodalaydi) relyatsion MBBT da mavjud bo’lmagan axborotni butunlayin sistematik ravishda va ma’lumotning toifasiga bog’liq bo’lmagan holda ifodalashni qo’llab quvvatlaydi”
Null-qiymat ikki xil ko’rinishda bo’lishi mumkin. Birinchidan, relyatsion MBBT nul-qiymat ko’rinishida ifodalanishi mumkin. Ya’ni, foydalanuvchi barcha satr va ustunga ma’lumot kiritmaydi. Nullning qiymati ustunning tipiga bog’liq bo’lmaydi. Mustaqil ravishda tekshirib ko’rish mumkinki, ASCII va UNICODE kodida bo’sh qator belgisi ekranda bir xil bo’sh qator ko’rinishida ifodalanadi. Ikkinchi misolni esa yuqoridagi ish xaqi misolida ko’rsatamiz. Foydalanuvchi so’ramagan satrlari null qiymatni qabul qiladi.
Koddaning 4-qoidasi. Relyatsion model asosidagi dinamik operativ katalog qoidasi.
Har qanday ma’lumotlar bazasining lug’ati mavjud (endilikda u katalog deyiladi).
Ma’lumotlar bazasining qiyofasi mantiqiy darajada oddiy ma’lumotlar ko’rinishida ifodalanadi. Foydalanuvchi ushbu ifodaga to’liq murojaat etishi uchun va oddiy ma’lumotlar ustida ishlash uchun relyatsion tildan foydalanadi”.
Koddaning 5-qoidasi. Ma’lumotlarni qayta ishlash tili xaqidagi qoida.
Relyatsion MB da ma’lumotlarning tarkibiy elementlari bilan ishlash, modifikatsiyalash va hisoblash imkonini beruvchi qandaydir bir til mavjud bo’ladi. Koddaning 5-qoidasi aynan shuni ifodalaydi.
Relyatsion tizim bir qancha tillarni va terminallar bilan ishlashning bir necha rejimini qo’llab quvvatlashi lozim (masalan, blankalarni to’ldirish rejimi). Har qanday til operatorlari ishni to’liq ifodalaydi, simvollar qatori ko’rinishida berilgan o’zining aniq sintaksisiga ega bo’ladi. Undan tashqari u quyidagi ammallarni beradi:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling