Texnologiyalari


Tarmoq tushunchasi va uning ahamiyati


Download 1.98 Mb.
bet85/134
Sana02.01.2022
Hajmi1.98 Mb.
#184018
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   134
Bog'liq
axborat

Tarmoq tushunchasi va uning ahamiyati. Kompyuter tarmog'i (NetWork, net - tarmoq va work - ishlash) - bu kompyuterlar o'rtasida axborotlar almashish tizimidir.

Kompyuterlaming o'zaro turli ma’lumotlar, programmalar almashish maqsadida biriktirilishi kompyuter tarmoqlari deyiladi.

Tarmoq orqali axborotlami uzoq masofalarga uzatish imkoniyati vujudga keladi. Tarmoq axborotlami uzatish, alohida foydalanilayotgan kompyuterlami birgalikda ishlashini tashkil qilish, bitta masalani bir nechta kompyuter yordamida yechish imkoniyatlarini beradi. Bundan tashqari har bir kompyutemi ma’lum bir vazifani bajarishga ixtisoslashtirish va kompyuterlaming resurslaridan (maTumotlari, xotirasi) birgalikda foydalanish, hamda butun dunyo kompyuterlarini o'zida birlashtirgan Internet tarmog'iga bog'lanish mumkin.

Kompyuter tarmoqlarini ulaming geografik joylashishi, masshtabi, hamda hajmiga qarab bir nechta turlarga ajratish mumkin, masalan5ii:

Lokal tarmoq (Lokal Area Network)- bir korxona yoki muassasadagi bir nechta yaqin binolardagi kompyuterlami o‘zaro bog‘lagan tarmoq.

Mintaqaviy tarmoq (Metropolitan Area Network) - mamlakat, shahar, va viloyatlar darajasida kompyuterlami va lokal tarmoqlami maxsus aloqa yoki telekommunikatsiya kanallari orqali o‘zaro bog‘lagan tarmoqlar.

Global tarmoq (Wide Area Network) - o‘ziga butun dunyo kompyuterlarini, abonentlarini, lokal va mintaqaviy tarmoqlarini telekommunikatsiya (kabelli, simsiz, sun’iy yo‘ldosh) aloqalari tarmog‘i orqali bog‘lagan yirik tarmoq.


Download 1.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling