Texnologiyalari


Download 1.98 Mb.
bet82/134
Sana02.01.2022
Hajmi1.98 Mb.
#184018
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   134
Bog'liq
axborat

Ekspert tizimi muhiti. Tegishli bilimlar bazasini yaratish orqali ma’lum bir muammoni hal etishga moslashgan tayor dasturiy muhitni ifodalaydi. Ko‘pgina xollarda qobiqdan foydalanish dasturlashdan tezkor va osonroq tarzda ekspert tizimini yaratish imkonini beradi.

Ekspert tizimining afzalliklarini tajribali mutaxassislarga qiyoslab shunday bayon etish mumkin:

  • erishilgan puxta bilim, asos boTolmaydi, u hujjatlashtirishi, uzatilishi, ijro etilishi va ko’payishi mumkin;

  • nisbatan mustahkam natijalarga erishiladi, insondagi hissiy va shu kabi boshqa ishonchsiz omillar bo‘lmaydi;

  • tizimning ishlab chiqish qiymati yuqori, lekin ekspluatatsiya qiymati past. Umuman qiyoslaganda esa u yuqori malakali mutaxassislardan ko‘ra arzonroqqa tushadi.

Yangi qoida va konsepsiyalarga, ijodkorlik va ixtirochilikka unchalik moslashmaganligi hozirgi ekspert tizimining kamchiligidir. Ko‘p xollarda bu tizim yuqori malakali mutaxassislar o‘mini bosa oladi, ammo ba’zan past malakali ekspertga muhtojli joylar ham boTib turadi. Ekspert tizimi eng oxiridagi foydalanuvchining kasb imkoniyatlarini kengaytirish va ko‘paytirish vositasi bo‘lib xizmat qiladi.

Bu tizim muayyan bir predmet sohasida mutaxassis-ekspertlar darajasidagi bilimni namoyish etmog‘i kerak. Tizim yaxshi yechimlami kerakli darajada topa olmaydi, lekin predmetni keng aniqlaydi.

Rejalashtiruvchi ekspert tizimlari ma’lum bir maqsadlarga erishish uchun zarur boTgan dasturlami ishlab chiqishga mo‘ljallangan.

Bashoratlovchi ekspert tizimlari o‘tmish va bugunning voqealariga asoslanib kelajak senariysini oldindan aytib bermog‘i, ya’ni berilgan vaziyatdan ishonchli natijalar chiqarishi kerak. Buning uchun bashoratlovchi ekspert tizimlarida dinamik parametrik modellar qoTlaniladi.

Tashxislovchi ekspert tizimlari kuzatiladigan xodisalaming normal emasligi sabablarini topish xususiyatiga ega. Ma’lumotlar to‘plami tahlil uchun asos boTib xizmat qiladi. Ular yordamida etalon hatti-harakatdan chetlanish aniqdanadi va tashxis qo‘yiladi.

0‘rgatuvchi ekspert tizimlari foydalanuvchilarga berilgan sohada tashxis qo‘yish va tahlil etish imkoniyatini berishi lozim. Bunday tizimdan bilim va xatti-harakat to‘g‘risidagi farazni yaratish, tegishli ta’lim uslubini va harakat usullarini aniqlashni talab etiladi.

Ekspert tizimini yaratishda kamida uchta muammo yuzaga keladi:

  • xotiraga kiritiladigan axborotning yetarli darajada toTiq boTishini ta’minlash. Bu eng asosiy bilimlarini ajratish va ma’lumotlar tuzilmasida ulaming o‘zaro aloqasini o‘matish, shuningdek, kodlashtirishning bunday tizimini yaratish va foydalanishni talab etadi;

  • ekspert tizimi faoliyati sifatining samarali bahosini olish va tegishli mezonlami ishlab chiqish. Qiyinchilik shundaki, mutaxassislar bilimi — bu shunchaki ma’lumot va faktlar yig‘indisi emas. Ayrim elementlar munosabatini tasawur etish uchun aloqalar qonuniyatlarini hisobga olishga formal urinish tizimni o‘ta darajada «keskin» qilib qo‘yadi va u yangi clementlami qo‘shish uchun «yopiq» bo‘lib qoladi;

  • yechiladigan masala tuzilmasining extimollik xususiyati va bilimlaming uyg‘unlashuvi tufayli ishonchsiz natijalar olish mumkinligi.

Ekspert tizimiii yaratish quyidagi talablar mavjud holatda maqsadga muvofiqdir:

  • tizimga o‘z bilimini berishni istagan ekspertlar mavjudligi;

  • ekspertlar vazifani hal etishning o‘z uslublarini bayon etishi mumkin bo‘lgan muammoli sohaning mavjudligi;

  • ko‘pchilik ekspertlaming mazkur muammoda yechimlar o‘xshash bo‘lishi;

  • muammoli sohadagi vazifaning ahamiyati, ya’ni ular yoki murakkab bo‘lishlari, yoki mutaxassis bo‘lmagan foydalanuvchi hal eta olmasligi yoki hal etish uchun ancha vaqt talab qilishi;

  • masalani yechish uchun katta hajmdagi ma’lumot va bilimning bo‘lishi;

  • predmet sohasida axborotning to‘liq bo‘lmasligi va o‘zgaruvchanligi tufayli evristik uslublami qo‘llash.


Download 1.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling