Texnologiyalari


Identifikasiya va autentifikasiya tushunchalari


Download 1.98 Mb.
bet125/134
Sana02.01.2022
Hajmi1.98 Mb.
#184018
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   134
Bog'liq
axborat

Identifikasiya va autentifikasiya tushunchalari. Identifikasiya (identification) — foydalanuvchini uning nomi bo‘yicha aniqlash.

Foydalanuvchi tizimga uning so‘rovi bo‘yicha o‘zining

identifikatorini bildiradi, tizim esa o‘zining ma’lumotlar bazasida uning borligini tekshiradi.

Autentifikasiya (authentication) - ma’lum qilingan

foydalanuvchi, jarayon yoki qurilmaning haqiqiy ekanligini tekshirish muolajasi. Bu tekshirish foydalanuvchi haqiqatan aynan o‘zi ekanligiga ishonch hosil qilishga imkon beradi.



  1. bobga doir savollar

  1. Kompyuter tarmoqlarining turlarini aytib bering.

  2. Tarmoq tushunchasi va uning ahamiyatmn ta’riflang.

  3. Qanday tarmoq qurimalarini bilasiz.

  4. HTML tilining asosiy operatorlarini sanab o‘ting.

  5. Qanday tarmoq topologiyalarini bilasiz.

  6. Qanday simsiz aloqa turlari mavjud?

  7. Intemetga bo‘g‘lanish turlari?

  8. Elektron pochta imkoniyatlari nimalardan iborat?

  1. Portallar haqida ma’lumot bering?

  1. Axborot xavfsizligi qanday amalga oshiriladi?




Test savollari

  1. Tarmoqlar joylashuviga qarab qaysi turlarga bo‘linadi?

  1. Wi-Fi, mintaqaviy, global

  2. Internet, global, lokal

  3. Lokal, mintaqaviy, global

  4. Super, lokal, global

  1. Tarmoq topologiyalari qaysi qatorda to‘g‘ri ko‘rsati!gan?

  1. Shinasimon, halqa, yuldizsimon

  2. Global, Wi-Fi, yuldizsimon

  3. Shinasimon, halqa, elektron pochta

  4. Shinasimon, halqa, lokal

  1. Simsiz aloqa tarmoqlari qaysi qatorda to‘g"ri ko‘rsatilgan?

  1. Wi-Fi, WiMax

  2. Internet, Etemet

  3. Wi-Fi, LAN, WAN

  4. ADSL, Dial-up

  1. Qaysi javobda veb resurslarning URL manzili to‘g‘ri ko‘rsatilgan?

  1. http://www.mk.uz

  2. lhttp://www.odnoklassniki.ru

  3. ht://tp//www.mk.uz

  4. google.http://www.mail.uz

  1. Qaysi javobda elektron pocbtaning manzili to‘g‘ri ko‘rsati!gan?

  1. mk.mail.urr

  2. mk@mail.ru

  3. @mk.mail.ru

  4. mail.ru@mk

IX BOB. MASOFAVIY TA’LIM VA ZAMONAVIY
AXBOROT KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI


Tayanch so‘zlar: masofaviy ta'lim, ta’lim tizimlari, masofaviy о ‘qitish, keys-texnologiyalar, elektron ta ’lim, ochiq kodli dasturlar, moodle tizimi, LMS tizimlari, masofaviy oiqitishning pedagogik texnologiyalari

  1. Masofaviy ta’limda axborot texnologiyalari

Internet texnologiyalarining kirib kelishi bir necha asrlar davomida o‘zgarmay kelgan holatlami o‘zgartirib yubordi. Bu odatdagi xat yozishmalari elektron pochta bilan, kutubxonalar esa web-saytlar bilan almashinishida namoyon bo‘ldi.

Endilikda esa ta’lim tizimida ta’lim olishning an’anaviy shakllari o‘rniga masofaviy ta’lim elementlari kirib keldi. 0‘quv jarayoniga gap kelganda tinglovchilar va o‘qituvchi ko‘z oldimizga keladi. Bu o‘qituvchi va tinglovchini bir joyda bo‘lishini bildiradi. Bundan boshqa ko‘rinishdagi o'quv jarayoni shubxa uyg‘otardi. Kompyuterlaming evolyutsiyasi o‘quv jarayoni tubdan o‘zgartirdi. Elektron o‘qitishning asosi kompyuter hisoblanadi va bunda instrumentlardan foydalanib ixtiyoriy joyda va ixtiyoriy vaqtda o‘qish imkonini yaratdi. Hozirgi kunda elektron o‘qitishning asosini Internet tashkil qilsa, oldinlari komyuterlami o‘zi yetarli hisoblanardi, ya’ni CD-ROM va boshqa qurilmalar.

Texnologiyalar jadal ravishlarda rivojlanib bormoqdaki, geografik joylashuv to‘sqinlik qilmayapti, ya’ni sizni o‘quv xonasida o‘tirganday xis qilish imkonini yaratmoqda. Masofaviy ta’lim har xil ko‘rinishdagi formatlarni va har xil video, slaydlar, matn va PDF materiallardan foydalanish imkonini bermoqda42.

Yangi texnologiyalar kun sayin rivojlanib, axborotlashtirish jarayoni tez sur’atlar bilan o‘sib borayotgan hozirgi davrda ta’lim sohasida axborot resurslarini tashkil etish va ta’limda foydalanishga mamlakatimizda ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, 0‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “0‘zbekiston Respublikasida “Elektron ta’lim” milliy tizimini yaratish

investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2012-yil 16-apreldagi PQ-1740-son qarori ta’lim sohasida axborotlashtirishning milliy tizimini shakllantirish, zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish va undan foydalanish, jahon axborot resurslaridan bahramand bo‘lishni kengaytirishga zamin yaratadi. Ta’lim tizimiga elektron ta’Hmni joriy etish birinchi navbatda jamiyatning intellektual salohiyatiga, jumladan, ta’lim sohasining axborotlashuviga, axborot ta’lim resurslarini ishlab chiqishga bogTiq. Dunyoning rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarida ta’limni axborotlashtirish, shu jumladan elektron taTimni joriy etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Elektron ta’Umni rivojlantirish, uning samaradorligini oshirish yoTlari izlanmoqda, ta’limda yangi axborot texnologiyalarini joriy etish ta’lim sohasidagi islohotlaming diqqat markazidan o‘rin olgan. Ta’limning fan va ishlab chiqarish bilan integratsiyasining asosli mexanizmlarini ishlab chiqish, uni amaliyotga joriy etish, o‘qishni, mustaqil bilim olishni individuallashtirish, masofaviy ta’lim tizimi texnologiyasi va vositalarini ishlab chiqish va o‘zlashtirish, yangi pedagogik hamda axborot texnologiyalari asosida elektron ta’limdan foydalangan holda talabalar o‘qishini jadallashtirish ana shunday dolzarb vazifalar sirasiga kiradi. 0‘quv jarayonini elektron ta’lim asosida tashkil etish, shu jumladan, o‘quv materiallarini bayon etishni takomillashtirish tamoyillariga ma’lum

o‘zgartirishlar kiritish zarur boTadi.

Insoniyat yigirmanchi asr nihoyasida bir turkum muammolarga duch keldiki, ular bevosita axborot telekommunikatsiya sohasidagi jiddiy o’zgarishlar, xususan axborot texnologiyalarining jadal sur’atlar bilan rivojlanishiga bog’liq. Ta’lim, ishlab chiqarish va kishilik jamiyatining turli jabhalariga yangi axborot

kommunikatsiya vositalari kirib kela boshladi. Internet global kompyuter tarmog‘ini rivojlanishi butun dunyo ta’lim tizimini takomillashtirishning yangi yo‘nalishlarini ochilishiga sabab bo‘ldi. Birinchidan, o‘quv muassasalarining texnik ta’minotini keskin o‘zgarishi, dunyoviy axborot resurslarga keng yo‘1 ochilishi o‘qitishning yangi shakl va usullaridan foydalanish zaruratini keltirib chiqardi.

Hozirgi kunda masofaviy ta’lim tizimlarining bir qancha turlari (Learning Management Systems, Content Management Systems) va usullari mavjud, ya’ni kurslar yaratish imkonini beradi. To‘g‘ri tanlangan tizimlar yordamida o‘qitish jarayonini avtomatlashtirish va tinglovchilami tekshirish jarayonini hosil qilish mumkin. Masofaviy ta’lim ish ko‘p boigan insonlarga ham o‘z hayot tarzlarini o'zgartirmay o‘qish imkonini yaratadi43.

Zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalari vositalarini ta’lim jarayoniga kirib kelishi an’anaviy o‘qitish usullariga qo‘shimcha ravishda yangi o‘qitish shakli - masofaviy o‘qitish yaratilishiga omil bo‘ldi.

Masofaviy ta’limda talaba va o'qituvchi fazoviy bir-biridan ajralgan holda o‘zaro maxsus yaratilgan o‘quv kurslari, nazorat shakllari, elektron aloqa va Internetning boshqa texnologiyalari yordamida doimiy muloqotda bo'ladilar. Internet texnologiyasini qo‘llashga asoslangan masofaviy o‘qitish jahon axborot ta’lim tarmog'iga kirish imkonini beradi, integratsiya va o‘zaro aloqa tamoyiliga ega bo‘lgan muhim bir turkum yangi funksiyalami bajaradi.

Masofaviy o‘qitish barcha ta’lim olish istagi boiganlarga o‘z malakasini uzluksiz oshirish imkonini yaratadi. Bunday o'qitish jarayonida talaba interaktiv rejimda mustaqil o‘quv-uslubiy materiallami o‘zlashtiradi, nazoratdan o‘tadi, o‘qituvchining bevosita rahbarligida nazorat ishlarini bajaradi va guruhdagi boshqa “vertikal o‘quv guruhi” talabalari bilan muloqotda bo‘ladi.

Ma’lum sabablarga ko‘ra, ta’lim muassasalarining kunduzgi bo‘limlarida tahsil olish imkoniyati bo‘lmagan, masalan, sog'ligi taqoza etmaydigan, mutaxassisligini o'zgartirish niyati boigan yoki yoshi katta, malakasini oshirish niyati boigan kishilar uchun masofaviy o'qitish qulay o'qitish shakli hisoblanadi.

Masofaviy o'qitishda turli xil axborot va kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalaniladi, ya’ni har bir texnologiya maqsad va masala mohiyatiga bog'liq. Masalan, an’anaviy bosma usuliga asoslangan o'qitish vositalari (o'quv qoilanma, darsliklar) talabalami yangi material bilan tanishtirishga asoslansa, interaktiv

audio va video konferensiyalar ma’lum vaqt orasida o'zaro muloqotda bo'lishga, elektron pochta to‘g‘ri va teskari aloqa o‘matishga, ya’ni xabarlami jo‘natish va qabul qilishga mo‘ljallangan. Oldindan saqlangan video ma’ruzalar talabalarga ma’ruzalarni tinglash va ko‘rish imkonini bersa, faksimal aloqa, xabarlar, topshiriqlami tarmoq orqali tezkor almashinish talabalarga o‘zaro teskari aloqa orqali o‘qitish imkonini beradi.

Yuqoridagilarga asoslanib, ta’lim jarayonida ayni vaqtda qayta- qayta tilga olinayotgan ayrim terminlar tavsifi va ta’riflami keltirib o'tamiz.


Download 1.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling