Ekspert tizimini yaratish bosqichlari. Ekspert tizimini yaratishning bosqichlariga quyidagilami kiritish mumkin:
konsepsiyalash, realizatsiya, testdan o‘tkazish, joriy etish, kuzatib borish, modemizatsiyalash.
Konsepsiyalash bosqichida ekspert tizimini ishlab chiqish bo‘yicha mutaxassis ekspert bilan hamkorlikda tanlangan predmet sohasidagi muammoni yechishning uslublarini bayon etish uchun qanday tushuncha, munosabat va protseduralar zarurligini hal etadi. Bosqichdagi asosiy vazifa masalani yechish jarayonida yuzaga keluvchi vazifa strategiyasi va cheklovlami tanlashdan iborat. Konsepsiyalash muammoni to‘liq tahlil etishni talab etadi.
Formallashtirish bosqichida asosiy tushunchalar va
munosabatlar bilimlami ifodalashning o‘ziga xos rasmiy tiliga o‘tkaziladi. Bu yerda ko‘rib chiqilayottan vazifa uchun modellar yoki ma’lumotlami taqdim etishning o‘xshash usullari tanlanadi.
VII bobga doir savollar
Loyiyalash imkonini beruvchi paketlardan qaysi birlarini bilasiz?
Mathcad imkoniyatlari nimalardan iborat?
Mathcad tizimining asosiy tashkil etuvchilari?
Mathcad tizimida matematik ifodalami hisoblash qanday amalga oshiriladi?
Mathcad tizimida uch o‘lchamli grafik qurish qanday amalga oshiriladi?
Matlab tizimining asosiy tashkil etuvchilari?
Matlab tizimining qanday imkoniyatlari mavjud?
Ekspert tizimi muhiti nimalardan tashkil topgan?
Ekspert tizimlar nima?
Inellektual axborot tizimlari va ulaming vazifalari?
Test savollari
Kompyuter yordamida loyiyalash imkonini beruvchi paketlar qatorini to‘gri ko‘rsating?
Maple, Matlab, Mathcad
Paint, Matlab, Mathcad
CorelDRAW, Matlab, Mathcad
Maple, Matlab, Word
Mathcad dasturining Math panelida matritsa va matritsa operatsiyalarini bajarish shabloni nima deb ataladi?
Matrix b) Colculator
c) File d) Graph
. . . — bu ayrim mavzu sohalarida bilimlarni to‘plash va qo‘llash, umumlashtirish usullari hamda vositalari majmuidir
Matlab b) Mathcad
c) Ekspert tizimi d) Dastur
Matlab dasturining 1 lahjasi qachon ishlab chiqilgan?
1989 b)1970
c) 1960 d) 1980
Simulink qaysi dastur tarkibiga kiradi?
Word b) Mathcad
c) Matlab d) Maple
Do'stlaringiz bilan baham: |