Texnologiyalari


Download 1.98 Mb.
bet81/134
Sana02.01.2022
Hajmi1.98 Mb.
#184018
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   134
Bog'liq
axborat

Bilimlar bazalari. Ular muammoli sohalami, shuningdek, faktlar oralig‘idagi mantiqiy bog‘likni bayon etadi. Bazada markaziy o‘rinni qoidalar egallagan. Qoida muayyan bir sharoitda nima qilish kerakligini belgilaydi va u ikki qismdan iborat bo'ladi:

Birinchisi, bajarilishi mumkin bo‘lgan yoki bo‘lmagan shart- sharoit.

Ikkinchisi, agar sharoit bajariladigan bo‘lsa, amalga oshirilishi kerak bo‘lgan xatti-harakat.

Ekspert tizimi foydalaniladigan barcha qoidalar tizimini tashkil etadi. Bu tizim oddiy tizimga qiyoslaganda ham bir necha minglab qoidalami o‘z ichiga oladi.

Barcha bilim turlari, predmet sohasi xususiyati va loyihaning (bilim bo‘yicha mutaxassisning) malakasiga bog‘liq holda u yoki bu darajada o‘xshashlik bilan bir yoki bir necha semantik modellar yordamida ifodalanishi mumkin.

Interpretator. Bu ekspert tizimining bir qismi bo‘lib, bazadagi bilimlami ma’lum bir tartibda qayta ishlaydi. Interpretatoming ish texnologiyasi qoidalar majmuining ketma-ketligini ko‘rib chiqishga olib boradi. Agar qoidadagi shartlarga rioya etilsa, ma’lum hatti-harakatlar bajarilsa foydalanuvchiga ham uning muammolarini yechish variantlari taqdim etiladi. Bundan tashqari ko‘pgina ekspert tizimlarida quyidagi qo‘shimcha bloklar kiritiladi: ma’lumotlar bazalari, hisob-kitob bloki, ma’lumotlami kiritish va tuzatish bloki.

Hisob-kitob bloki boshqaruv qarorlarini qabul qilish bilan bog‘liq holatlarda zarur bo‘ladi. Ayni paytda reja, jismoniy, hisob- kitob, hisobot va boshqa doimiy, hamda tezkor ko‘rsatkichlami o‘z ichiga olgan ma’lumotlar bazalari muhim rol o‘ynaydi. Ma’lumotlami kiritish va tuzatish blokidan ma’lumotlar bazasidagi joriy o‘zgarishlami tezkor va o‘z vaqtida aks ettirish uchun foydalaniladi.

Tizimni yaratish moduli. U qoidalar to‘plamini yaratish uchun xizmat qiladi.

Tizimni yaratish modulining asosi bo‘lgan ikkita yondoshuv mavjud dasturlashtirishning algoritmik tilidan foydalanish va ekspert tizimi qobig‘idan foydalanish.


Download 1.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling