О‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ XО‘JALIGI VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSITETI
AXBOROT TIZIMLARI VA TEXNOLOGIYALARI KAFEDRASI
“AQLLI QISHLOQ XО‘JALIGI" TEXNOLOGIYALARI VA AGROTEXNIK JARAYONLARNING ELEKTRON BOSHQARUVINI TASHKIL ETISHNING KONSEPTUAL ASOSLARI” MAVZUSIDAGI Respublika ilmiy-amaliy anjumanining
AXBOROT XATI
Toshkent 2023 y
Ushbu konferensiyani о‘tkazishdan maqsad olimlar, amaliyotchilar, professor-о‘qituvchilar, tayanch doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, shuningdek qishloq xо‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi klaster va fermer xо‘jaliklari boshqaruvchilari, amaliyotchi mutaxassislar, talaba va magistrantlarni qishloq xо‘jaligini raqamlashtirish va qishloq xо‘jaligida aqlli texnologiyalardan foydalanishning dolzarb muammolari va ularning yechimlari tо‘g‘risida erkin fikr va tajribalarni almashish, qishloq xо‘jaligi sohasini raqamlashtirish bо‘yicha ilmiy va amaliy tadqiqotlarning sо‘nggi natijalari hamda xalqaro yutuqlar bilan tanishtirish; shuningdek aqlli qishloq xо‘jaligi texnologiyalarini joriy etish bо‘yicha muammolar va ularning yechimlari bо‘yicha xulosa hamda takliflar tayyorlashdir.
Konferensiyada muloqot va maqolalarni qabul qilish hamda tо‘plamlarni chop etishda о‘zbek, rus tillaridan foydalaniladi.
Konferensiyada an’anaviy (oflayn) hamda masofaviy (onlayn) tarzda ishtirok etish mumkin.
Asosiy sanalar:
Maqolalarni qabul qilish - 2023 yil 3 maygacha;
Qabul qilinganligi haqida ma’lumot berish – kelib tushgach 3 kun ichida;
Qayta tо‘g‘rilangan maqolalarni qabul qilish - 2023 yil 5 maygacha
Konferensiya о‘tkaziladigan sana – 2023 yil 16 may.
TASHKILIY QО‘MITA MANZILI:
Toshkent davlat agrar universiteti,
Universitet kо‘chasi, 2, 100140, Toshkent, О‘zbekiston Respublikasi
Tel.: (+99894) 680-08-78;(Yusupova F.E.) (+998 97) 784-08 -85(Sultonov G’)
Е-mail: feruzayusupova007@gmail.com
Do'stlaringiz bilan baham: |