Texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish
Download 21.09 Kb.
|
Raxmonov J
- Bu sahifa navigatsiya:
- Omonatlar va kreditlar
- Zoomrad ilovasida yana qanday xizmatlar mavjud.
O'tkazmalarZoomrad ilovasida kartalar o'rtasidagi pul o'tkazmalari uchun eng kam komissiyalar (0,5%) undiriladi. Aloqabank kartalari orasida esa mutlaq bepul. Har qanday bank kartasiga pul yuborishingiz mumkin. Bu yerda ma'lumotlarni qo'lda kiritmaslik uchun qulay skaner funksiyasidan foydalanishingiz mumkin. Zoomrad ilovasida kartadan kartaga o'tkazmalar uchun har 2000 so'm uchun 1 ball (1 so'm) miqdoridagi keshbek beriladi. Kredit to'lovlarini amalga oshirishda ham xuddi shu miqdorda keshbek beriladi. Kommunal to'lovlardan tashqari har qanday to'langan 1000 so'm uchun 5 ball beriladi. Shuningdek, ilovada "Zolotaya Korona" tizimi bo'yicha xalqaro pul o'tkazmalari xizmati ham mavjud. Shaxsiy kabinetga kirish uchun mobil telefon raqamiga yuborilgan kodni kiritishingiz kerak bo'ladi. Kerakli ma'lumotlarni to'ldirib, pul mablag'larini kartaga o'tkazishingiz mumkin. Omonatlar va kreditlarDaromadli va qulay shartlarda omonatlarning ikki turidan onlayn foydalanish imkoniyati mavjud. Pul mablag'lari zarur bo'lganda 2 450 000 so'm gacha oylik 2,24% stavkada mikroqarz mahsulotlari mavjud. Valyuta ayirboshlash Zoomrad ilovasida siz dollarlarni so'mga ayirboshlashingiz yoki aksincha so'mni dollarga ayirboshlashingiz mumkin hamda istalgan bank kartalaridan foydalanishingiz mumkin. Konversiya bir zumda amalga oshiriladi - ayirboshlash miqdorni kiritish va "davom etish"tugmasini bosishni o'zi kifoya. Pul mablag'lari shu onda plastik kartada ko'rinadi. Komissiya miqdori -0%. Pul qutisi Zoomrad foydalanuvchilarga katta xaridlar, sayohat ,ta'lim yoki har qanday holat uchun pul mablag'larini yig'ishingizga ko'maklashadi. Bunda foydalanuvchi qanday maqsadda pul jamg'arishi, va kopilkani qanday usulda to'ldirishini belgilshi kifoya. Zoomrad ilovasida yana qanday xizmatlar mavjud.Ilovada QR kodi bo'yicha to'lovni amalga oshirish mumkin. Bankka murojaat qilishning bir necha usuli bor. Kontakt markazi qo'ng'iroq qilishingiz uchun faqatgina "Bankka qo'ng'iroq" tugmasini bosing va ilova avtomatik ravishda qo'ng'iroqni amalga oshiradi. Bundan tashqari, Telegram-bot orqali bankning texnik yordamiga ham murojaat qilishingiz mumkin. Yoki xaritada eng yaqin filialni toping. Mijozning manzilini aniqlab, Zoomred xaritada eng yaqin mijozlarga xizmat ko'rsatish markazlari, filiallar, bankomatlar va valyuta ayirboshlash shoxobchalarini ko'rsatadi. Kerakli markazni tanlab uning ish taribi , manzili, telefon raqamini bilib olishingiz va manzilga eltuvchi marshrutni ko'rishingiz mumkin. Download 21.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling