Texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligimuhammad al


Download 0.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana28.10.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1730980
  1   2   3   4   5
Bog'liq
kiber 1 mustaqil ish



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT 
TEXNOLOGIYALARI VA

KOMMUNIKATSIYALARINI
 
RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGIMUHAMMAD AL-
 
 
XORAZMIY 
NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT
 
TEXNOLOGIYALARI 
UNIVERSITETI QARSHI
FILIALI
 
“KOMPYUTER INJINERINGI” FAKULTETI 
 
 
 
2-BOSQICH 
TT-14-22 (s) GURUH TALABA
 
‘‘Kibrxavfsizlik asoslari ” fanidan
 
1-MUSTAQIL ISHI
 
 
 
Bajardi:
Shomurodov Shahboz
 
 
 
 
 
 


Reja: 
1. Kiberxavfsizlikka oid milliy va xorijiy me’yoriy-huquqiy xujjatlar tahlili
2. Axborotni himoyalashning kriptografik usullari 
3. Enigma shifrlash mashinasi va uning bardoshliligi 
4. Axborotni foydalanuvchanligini ta’minlash antivirus, IDS, IPS, TE 
vositalarining o’rni 
5. Zararli dasturiy vositalarni klassifikatsiya va himoya usullari 
6. Axborot-kommunikatsiya texnalogiyalari xavfsizligiga bo’ladigan tahdidlar
Bajarish: 
1. Kiberxavfsizlikga oid milliy va xorijiy me’yoriy-huquqiy 
hujjatlar tahlili. 
«Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari» 
O‘zbekiston Respublikasining qonuni.
Ushbu Qonunning asosiy vazifalari axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlariga 
rioya etilishini, har kimning axborotni erkin va moneliksiz izlash, olish, tekshirish, 
tarqatish, foydalanish va saqlash huquqlari ro‘yobga chiqarilishini, shuningdek 
axborotning muhofaza qilinishini hamda shaxs, jamiyat va davlatning axborot 
borasidagi xavfsizligini ta’minlashdan iborat. 
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: axborot — manbalari 
va taqdim etilish shaklidan qat’i nazar shaxslar, predmetlar, faktlar, voqealar, 
hodisalar va jarayonlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar; axborot mulkdori — o‘z 
mablag‘iga yoki boshqa qonuniy yo‘l bilan olingan axborotga egalik qiluvchi, 
undan foydalanuvchi va uni tasarruf etuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs; axborotni 
muhofaza etish — axborot borasidagi xavfsizlikka tahdidlarning oldini olish va 
ularning oqibatlarini bartaraf etish chora-tadbirlari… hakazolar. 


EHM va ma’lumotlar bazasi uchun dasturlarni huquqiy muhofazalash haqidagi»
O‘zbekiston Respublikasining qonuni. Toshkent shahri, 1994 yil, may. 
Ushbu Qonun EHM uchun dasturlar va ma’lumotlar bazalarini yaratish, 
ularning huquqiy himoyasi va ulardan foydalanish bilan bog`liq munosabatlarni 
tartibga soladi. 
Qoraqalpog`iston Respublikasida EHM uchun yaratilgan dasturlar va ma’lumotlar 
bazalarining huquqiy himoyasi borasidagi munosabatlar Qoraqalpog`iston 
Respublikasining qonunchiligi bilan ham tartibga solinadi. 
Ushbu Qonunda qo`llaniladigan asosiy tushunchalar: 
ma’lumotlar bazasi - ob’ektiv shaklda ifodalangan hamda еlektron hisoblash 
mashinalari (EHM) yordamida topish va ishlov berish mumkin bo`ladigan tarzda 
bir tizimga solingan ma’lumotlar (masalan: maqolalar, hisob-kitoblar) majmui; 
EHM uchun yaratilgan dastur - ob’ektiv shaklda ifodalangan hamda muayyan 
natija olish maqsadida EHM, EHM shoxobchalari va boshqa kompyuter 
vositalarining ishlashi uchun mo`ljallangan ma’lumotlar va ko`rsatmalar majmui; 
boshlang`ich matn - birorta dasturlash tilida yozilgan, biron-bir kompilyator qayta 
ishlamagan matn; 
ob’ekt kodi - boshlang`ich matnning mashina kodiga aylantirilishi natijasida 
yuzaga kelgan dastur; 
EHM uchun yaratilgan dasturni dekompilyatsiya qilish - EHM uchun yaratilgan 
dasturning tarkibiy tuzilishi va kodlanishini o`rganish maqsadida ob’ekt kodini 
boshlang`ich matnga aylantirishni o`z ichiga oladigan texnikaviy usul; 


EHM uchun yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar bazasining adaptatsiyasi - yuzaga 
kelgan muayyan sharoitda EHM uchun yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar 
bazasining ishlashini ta’minlash maqsadidagina amalga oshiriladigan hamda 
(dekompilyatsiya qilish oqibatida) muallifning boshlang`ich matni o`zgarishiga olib 
kelmaydigan qo`shimchalar kiritish; 
EHM uchun yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar bazasini modifikatsiyalash (qayta 
ishlash) - ularni adaptatsiya deb hisoblanmaydigan va boshlang`ich matn 
o`zgarishiga olib keladigan har qanday tarzda o`zgartirish; 
“Kiberxavfsizlik markazi” tahlillariga ko‘ra, 2019 yilda internetning milliy segmenti 
veb-saytlarida 268 ta kiberxavfsizlik insidenti aniqlangan. Bu raqamli olamdagi 
huquqbuzarliklar soni oldingi yilga qaraganda 44 foizga kamaygan deganidir. 
Shulardan 222 tasi kontentni ruxsatsiz yuklash, 45 tasi defeys (veb-sayt sahifasi 
boshqa, masalan, reklama joylashtirilgan sahifaga almashtirilishini anglatuvchi 
xakerlik hujumi) va bittasi yashirin mayning (kriptovalyuta platformasidagi yashirin 
faoliyat) ulushiga to‘g‘ri keladi. 
O‘zbekistonda “Raqamli O‘zbekiston-2030” dasturini ishlab chiqilishi va hayotga 
tatbiq etilishi, eng avvalo, puxta va mukammal tashkiliy-huquqiy mexanizmlarni 
shakllantirish, qolaversa, innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va ishlanmalarni 
joriy etish bo‘yicha davlat organlari va tadbirkorlik sub’ektlarining uzviy 
hamkorligini ta’minlash, barcha soha va tarmoqlarda ishlab chiqarish va xizmat 
ko‘rsatishni raqamli texnologiyalar bilan qamrab olish, bu borada zamonaviy 
bilimlarni chuqur egallagan, intellektual salohiyatli kadrlarni yetishtirish, shu 
orqali, mamlakatda “xavfsiz axborotlashgan jamiyat” muhitini yaratishga xizmat 
qiladi. 



Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling