Texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligimuhammad al
Download 0.89 Mb. Pdf ko'rish
|
kiber 1 mustaqil ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- UNIVERSITETI QARSHI FILIALI “KOMPYUTER INJINERINGI” FAKULTETI
- Bajardi: Shomurodov Shahboz
- 3. Enigma shifrlash mashinasi va uning bardoshliligi 4. Axborotni foydalanuvchanligini ta’minlash antivirus, IDS, IPS, TE vositalarining o’rni
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGIMUHAMMAD AL- XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI QARSHI FILIALI “KOMPYUTER INJINERINGI” FAKULTETI 2-BOSQICH TT-14-22 (s) GURUH TALABA ‘‘Kibrxavfsizlik asoslari ” fanidan 1-MUSTAQIL ISHI Bajardi: Shomurodov Shahboz Reja: 1. Kiberxavfsizlikka oid milliy va xorijiy me’yoriy-huquqiy xujjatlar tahlili 2. Axborotni himoyalashning kriptografik usullari 3. Enigma shifrlash mashinasi va uning bardoshliligi 4. Axborotni foydalanuvchanligini ta’minlash antivirus, IDS, IPS, TE vositalarining o’rni 5. Zararli dasturiy vositalarni klassifikatsiya va himoya usullari 6. Axborot-kommunikatsiya texnalogiyalari xavfsizligiga bo’ladigan tahdidlar Bajarish: 1. Kiberxavfsizlikga oid milliy va xorijiy me’yoriy-huquqiy hujjatlar tahlili. «Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari» O‘zbekiston Respublikasining qonuni. Ushbu Qonunning asosiy vazifalari axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlariga rioya etilishini, har kimning axborotni erkin va moneliksiz izlash, olish, tekshirish, tarqatish, foydalanish va saqlash huquqlari ro‘yobga chiqarilishini, shuningdek axborotning muhofaza qilinishini hamda shaxs, jamiyat va davlatning axborot borasidagi xavfsizligini ta’minlashdan iborat. Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: axborot — manbalari va taqdim etilish shaklidan qat’i nazar shaxslar, predmetlar, faktlar, voqealar, hodisalar va jarayonlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar; axborot mulkdori — o‘z mablag‘iga yoki boshqa qonuniy yo‘l bilan olingan axborotga egalik qiluvchi, undan foydalanuvchi va uni tasarruf etuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs; axborotni muhofaza etish — axborot borasidagi xavfsizlikka tahdidlarning oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etish chora-tadbirlari… hakazolar. EHM va ma’lumotlar bazasi uchun dasturlarni huquqiy muhofazalash haqidagi» O‘zbekiston Respublikasining qonuni. Toshkent shahri, 1994 yil, may. Ushbu Qonun EHM uchun dasturlar va ma’lumotlar bazalarini yaratish, ularning huquqiy himoyasi va ulardan foydalanish bilan bog`liq munosabatlarni tartibga soladi. Qoraqalpog`iston Respublikasida EHM uchun yaratilgan dasturlar va ma’lumotlar bazalarining huquqiy himoyasi borasidagi munosabatlar Qoraqalpog`iston Respublikasining qonunchiligi bilan ham tartibga solinadi. Ushbu Qonunda qo`llaniladigan asosiy tushunchalar: ma’lumotlar bazasi - ob’ektiv shaklda ifodalangan hamda еlektron hisoblash mashinalari (EHM) yordamida topish va ishlov berish mumkin bo`ladigan tarzda bir tizimga solingan ma’lumotlar (masalan: maqolalar, hisob-kitoblar) majmui; EHM uchun yaratilgan dastur - ob’ektiv shaklda ifodalangan hamda muayyan natija olish maqsadida EHM, EHM shoxobchalari va boshqa kompyuter vositalarining ishlashi uchun mo`ljallangan ma’lumotlar va ko`rsatmalar majmui; boshlang`ich matn - birorta dasturlash tilida yozilgan, biron-bir kompilyator qayta ishlamagan matn; ob’ekt kodi - boshlang`ich matnning mashina kodiga aylantirilishi natijasida yuzaga kelgan dastur; EHM uchun yaratilgan dasturni dekompilyatsiya qilish - EHM uchun yaratilgan dasturning tarkibiy tuzilishi va kodlanishini o`rganish maqsadida ob’ekt kodini boshlang`ich matnga aylantirishni o`z ichiga oladigan texnikaviy usul; EHM uchun yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar bazasining adaptatsiyasi - yuzaga kelgan muayyan sharoitda EHM uchun yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar bazasining ishlashini ta’minlash maqsadidagina amalga oshiriladigan hamda (dekompilyatsiya qilish oqibatida) muallifning boshlang`ich matni o`zgarishiga olib kelmaydigan qo`shimchalar kiritish; EHM uchun yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar bazasini modifikatsiyalash (qayta ishlash) - ularni adaptatsiya deb hisoblanmaydigan va boshlang`ich matn o`zgarishiga olib keladigan har qanday tarzda o`zgartirish; “Kiberxavfsizlik markazi” tahlillariga ko‘ra, 2019 yilda internetning milliy segmenti veb-saytlarida 268 ta kiberxavfsizlik insidenti aniqlangan. Bu raqamli olamdagi huquqbuzarliklar soni oldingi yilga qaraganda 44 foizga kamaygan deganidir. Shulardan 222 tasi kontentni ruxsatsiz yuklash, 45 tasi defeys (veb-sayt sahifasi boshqa, masalan, reklama joylashtirilgan sahifaga almashtirilishini anglatuvchi xakerlik hujumi) va bittasi yashirin mayning (kriptovalyuta platformasidagi yashirin faoliyat) ulushiga to‘g‘ri keladi. O‘zbekistonda “Raqamli O‘zbekiston-2030” dasturini ishlab chiqilishi va hayotga tatbiq etilishi, eng avvalo, puxta va mukammal tashkiliy-huquqiy mexanizmlarni shakllantirish, qolaversa, innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va ishlanmalarni joriy etish bo‘yicha davlat organlari va tadbirkorlik sub’ektlarining uzviy hamkorligini ta’minlash, barcha soha va tarmoqlarda ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishni raqamli texnologiyalar bilan qamrab olish, bu borada zamonaviy bilimlarni chuqur egallagan, intellektual salohiyatli kadrlarni yetishtirish, shu orqali, mamlakatda “xavfsiz axborotlashgan jamiyat” muhitini yaratishga xizmat qiladi. Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling