Texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muxammad al-xorazmiy nomidagi toshkent


  Guruhlarda liderlik va rahbarlik. Liderlarning turlari


Download 0.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana05.01.2022
Hajmi0.57 Mb.
#231228
1   2   3   4   5
Bog'liq
PS 3-Amaliy mashg ESHONQULOVA ZEBINISO

3.  Guruhlarda liderlik va rahbarlik. Liderlarning turlari. 

             Boshqaruv  jarayoni  maqsadga  erishish  yoʼlida  odatda  koʼpgina 

qiyinchiliklar, toʼsiqlar, muammolarga duch kelish mumkin. Bu muammolarni 

muvaffaqiyatli hal etgandagina kutilgan natijaga erishish mumkin.  

         Menejerlar boshqaruv pogʼonasiga binoan uch toifaga boʼlinadi:  

-  Yuqori pogʼona menejerlari. 

-  Oʼrta pogʼona menejerlari. 

-  Quyi pogʼona menejerlari. 

              Xodimlar  orasidagi,  bajaruvchilar  va  maʼmuriyat  orasidagi 

munosabat  chiziqli  koʼrinishda  boʼlib  (ierarxik,  vertikal),  unda  har  bir 

quyidagi xodim, faqat oʼzidan yuqoridagi oʼzining boshligʼiga boʼysunadi; va 

funktsional  koʼrinishda  (gorizontal)  boʼlib,  u  xizmat  turlariga  -  terapiya, 

jarrohlik,  tashhislash  va  boshqalarga  boʼlinadi.  Rivojlangan  mamlakatlarda 

Yaponiya, АQShda markazlashmagan boshqaruv tizimi keng taraqqiy topgan 

boʼlib,  bunda  boshqaruvning  tarkibi  asosan  4  qismdan  tashkil  topgan:  Oliy 

rahbariyat  (strategik  bosqich)  -  bunga  bosh  vrach  va  moliya  -  iqtisodiyoti 

xodimlari, tashkiliy - uslubiy va statistika boʼlimlari kiradi. Ular qaror qabul 

qilishga  maʼsul  shaxslar  hisoblanadi.  Oʼrta  bosqichdagi  rahbarlar  (taktik 

bosqich)  -  bosh  vrachning  tibbiy  yordam  turlari  boʼyicha  oʼrinbosarlari  va 



bosh  hamshira;  quyi  bosqichidagi  rahbarlar  (operativ  bosqich)  -  boʼlim 

mudirlari,  boʼlimning  katta  hamshiralari.  Rahbarlarning  eng  quyi  bosqichini 

bajaruvchilar vrachlar, hamshiralar va h.k tashkil eta di.Yaponiyada boshqaruv 

tizimi markazlashmagan unda har - bir xizmatchi oʼz - oʼzini nazorat qiladi, u 

nafaqat bajaruvchi balki maʼlum darajada subʼekt hisoblanadi.   

           Oʼzbekistonda sogʼliqni saqlashni isloh qilishning asosiy vazifalaridan 

biri  sogʼliqni  saqlash  muassasalarini  davlat  monopoliyasidan  chiqarish, 

markazlashmagan  boshqaruv  tizimini  tashkil  etish  va  demokratiyalashtirish 

hisoblanadi. Bundan tashqari Oʼzbekiston sogʼliqni saqlash tizimiga malakali, 

maxsus  tayyorgarlikdan  oʼtgan,  yuqori  maʼdaniyatli,  oliy  fazilatli  rahbar 

xodimlarni-menejerlarni tayyorlash muhim vazifa hisoblanadi.  

Rahbar  madaniyati  deganda  rahbar  odobi  va  iqtidori  oʼrtasidagi  dialektik 

bogʼlanish tushuniladi. Bu bogʼlanish quyidagi fazilatlar majmuida oʼz aksini 

topadi: 


Rahbar madaniyati= odob+iymon+insof+adolat+iqtidor.  

Odob—  aqlning  suyanchigʼi,  barcha  fazilatlarning  mezoni.  Bexudaga 

xalqimizda "Аql bilan odob — egizak" deyishmaydi.  

Odob—  yaxshilik  bilan  yomonlikning  farqini  bilish,  foyda  bilan  zarar 

orasidagi  tafovutni  anglashdir.  Odob  vositasida  kishi  oʼz  jonini  yomon 

hislatlardan  davolaydi,  yoqimsiz  ayblardan  poklaydi,  chiroyli  fazilatlardan 

bezaydi. 

           Iymon uch narsaning butunligidan hosil boʼladi, eʼtikod, iqror va amal.   

           Eʼtiqod — bu ishonch. Iqror — soʼzda buni tan olish. Аmal  — yaxshi 

ishlar bilan uni isbotlash. 

            Insof  —  har  qanday  kishining,  xususan  rahbarning  jamiyat  oldida, 

tevarak-atrofidagi  kishilar  oldida  oʼz  hatgi-harakati  bilan  maʼnaviy 

masʼuliyatini his etishining ifodasidir. Insof bu adolat va vijdon amri bilan ish 

tutish  tuygʼusi  va  qobiliyati,  ishda  kishilarga  munosabatda  halollik  bilan 

yondoshish. 



          Аdolat - bu barcha  fazilatlar  ichidagi eng oliy  fazilatdir.  Аdolatparvar 

rahbarning  ahloqiy  hislatlari  bemalol  qonun  oʼrnini  bosa  oladi.  Аdolatli 

jamiyatda  xalqning  ertangi  kunga  ishonchi  va  bunyodkorlik  ishiga  ragʼbati 

kuchli boʼladi.  

         Iqtidorli  -  deganda  biror  soha  boʼyicha  layoqatini  ongli  ravishda 

namoyon qilish uchun qatьiyat koʼrsata oladigan kishilar tus huniladi. Iqtidorli 

odamlar  kuch-quvvatini  ayamaydi  va  kutiladigan  natijasiga  —  maqsadiga 

yotadi. 



Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling