Texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muxammad al-xorazmiy nomidagi toshkent


  Faoliyatga motivatsiya berish natijalari


Download 0.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/5
Sana05.01.2022
Hajmi0.57 Mb.
#231228
1   2   3   4   5
Bog'liq
PS 3-Amaliy mashg ESHONQULOVA ZEBINISO

5.  Faoliyatga motivatsiya berish natijalari. 

            Ijtimoiy  ustanovka  shaxsning  ijtimoiy  obʼektlar,  hodisalar,  guruhlar  va 

shaxslarni  idrok  qilish,  baholash  va  qabul  qilishga  nisbatan  shunday  tayyorgarlik 

holatiki,  u  bu  baho  yoki  munosabatning  aslida  qachon  shakllanganligini  aniq 

anglamaydi.  Masalan,  Vatanimizni  hammamiz  sevamiz,  bayrogʼimiz  muqaddas, 

nemis  investorlarga  ishonamiz,  negrlarga  raxmimiz  keladi,  tijorat  ishlari  bilan 

shugʼullanadiganlarni  albatta  puldor,  badavlat,  deb  hisoblaymiz  va  hakozo.  Bu 

tasavvurlar,  baho  va  hissiyotlar  qachon  va  qanday  qilib  ongimizda  oʼrnashib 

qolganligiga  eʼtibor  bermasdan  yuqorida  sanab  oʼtgan  hissiyotlarni  boshdan 

kechiraveramiz.  Mana  shularning  barchasi  ijtimoiy  ustanovkalar  boʼlib,  ularning 

mazmun  mohiyati  aslida  har  bir  inson  ijtimoiy  tajribasi  davomida  shakllanadi  va 

uzoq muddatli xotirada saqlanib, konkret vaziyatlarda ruyobga chiqadi.  

            Аmerikalik olim G. Ollport ijtimoiy ustanovkaning uch komponentli tizimini 

ishlab chiqqan: 




А.  Kognitiv  komponent  -  ustanovka  obʼektiga  aloqador  bilimlar,  gʼoyalar, 

tushuncha va tasavvurlar majmui; 



B.  Аffektiv  komponent  -  ustnovka  obʼektiga  nisbatan  subʼekt  his  qiladigan  real 

hissiyotlar (simpatiya, antipatiya, loqaydlik kabi emotsional munosabatlar); 



V. Harakat komponenti - subʼektning obʼektga nisbatan real sharoitlarda amalga 

oshirishi mumkin boʼlgan harakatlari majmui (xulqda namoyon boʼlish).Bu uch xil 

komponentlar  oʼzaro  bir-birlari  bilan  bogʼliq  boʼlib,  vaziyatga  qarab  u  yoki  bu 

komponentning roli ustivorroq boʼlishi mumkin. 



 

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling