Texnologiyalari vakommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi


Download 301.17 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi301.17 Kb.
#1528777
Bog'liq
DASTURLASH 2 2-AMALIY ISH


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT
TEXNOLOGIYALARI VAKOMMUNIKATSIYALARINI
RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI





MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
UNIVERSITITETI QARSHI FILIALI
TT VA KT FAKULTETI
RI 11-22 GURUH
TALABASINING
DASTURLASH 2
FANIDAN
2-AMALIY ISHI


BAJARDI: YARASHEV O
QABUL QILDI: NUSRATOVA SH
QARSHI 2023
2-AMALIY ISH.
Mavzu: STL kutubxonalari. Kontеynеr sinflar, kontеynеrlar (kollеksiyalar). Chiziqli konteynerlar. Assosiativ kontеynеrlar. Tartiblanmagan assosiativ kontеynеrlar
Ishning maqsadi: C++ dasturlash tilida STL kutubxonalari, konteynerlar va konteyner sinflaridan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish.
Nazariy qism 2.1. STL kutubxonalari STL – (Standart Template Library) C++ dasturlash tilida turli xil ma’lumotlar tuzilmalari va funksiyalari ya’ni ro’yxatlar, steklar va massivlar kabi tuzilmalar bilan ishlash uchun qulay hisoblanadigan shablon sinflar to’plamidir.
STL – konteyner sinflar kutubxonasi, algoritmlar va iteratorlardan iborat.
STL tarkibi 4 ta asosiy komponentga ega: - Algoritmlar - Konteynerlar - Funksiyalar - Iteratorlar Algoritmlar - elementlar diapazonlarida foydalanish uchun mo'ljallangan funksiyalar to'plamini belgilaydi. Ular konteynerlarda ishlaydi va konteynerlar mazmuni uchun turli operatsiyalarni bajaradi hamda ular turli xildagi vositalarni taqdim etadi.
Konteynerlar – turli xil tuzilmalar ob'ektlari va ma'lumotlarini saqlaydi. M-n: massiv, stek, navbat, ro’yxat, to’plam va h-k. Funksiyalar - STL funksiya chaqiruv operatorini qayta yuklaydigan sinflarni o'z ichiga oladi. Bunday sinflarning misollari funksiya ob'ektlari yoki funktorlar deb ataladi. Funktorlar yuboriladigan parametrlar yordamida bog'langan funktsiyaning ishlashini moslashtirishga imkon beradi.
Iteratorlar - qiymatlar ketma-ketligi ustida ishlash uchun ishlatiladi. Ular STLda umumiylikka imkon beruvchi asosiy xususiyatdir. Iteratorlar bilan ko‘rsatkichlar kabi ishlash mumkin. Ularga *, inkrement, dekrement operatorlarni qo‘llash mumkin. Iterator tipi sifatida xar xil konteynerlarda aniqlangan iterator tip elon qilinadi.

Kontеynеr sinflar Konteyner sinflar ular sinf shablonlari sifatida amalga oshiriladi, bu elementlar sifatida qo'llab-quvvatlanadigan turlarda katta moslashuvchanlikni ta'minlaydi. Konteyner o'z elementlari uchun saqlash joyini boshqaradi va ularga to'g'ridan-to'g'ri yoki iteratorlar (ko'rsatkichlarga o'xshash xususiyatlarga ega bo'lgan mos yozuvlar) orqali kirish uchun a'zo funktsiyalarini ta'minlaydi.


Konteynerlar quyidagi turlari mavjud.
Chiziqli (ketma-ket) konteynerlar: ketma-ket kirish mumkin bo'lgan ma'lumotlar tuzilmalarini amalga oshirishga imkon beradi.
Ketma-ket konteynerlarga quyidagilar kiradi: - vector (vektor) - list (ro’yxat) - deque (dek) - arrays (massiv) - forward list (yo’naltirilgan ro’yxat)
Konteyner adapterlar: ketma ketligi turlicha bo’lgan tuzilmalardan iborat ketmaket konteynerlardir. Ular quyidagilar: - queue (navbat) - priority_queue (ustuvor navbat) - stack (stek)
Assotsiativ konteynerlar: tezda qidirilishi mumkin bo'lgan tartiblangan ma'lumotlar tuzilmalarini amalga oshirishga imkon beradi. (murakkabligi O(log n)).
Assotsiativ konteynerlar quyidagilardir: - set (to’plam) - multiset - map - multimap
Tartiblanmagan assotsiativ konteynerlar: tezda qidirilishi mumkin bo'lgan tartibsiz ma'lumotlar tuzilmalarini amalga oshiradi: - unordered set (tartiblanmagan to’plam) - unordered multiset - unordered map - unordered multimap

22-VARIANT_1-masala___1.22'>22-VARIANT
1-masala


1.22. N o`lchamli butun tipli massiv berilgan, hamma elementlari(o`sish yoki kamayish bo`yicha) tartiblangan. Faqat toq nomerdagi elementlari ekranga chiqarilsin


2.2. Set va multiset sinflaridan foydalanib, amaliy dasturlar yaratish
Ishning maqsadi: C++ dasturlash tilida set va multiset sinflari va uning metodlaridan foydalanish ko‘nikmalarini egallsh.
Masalaning qo‘yilishi: set va multiset asosida yaratilgan to‘plam elementlarini set va mutiset ning maxsus funksiyalari yordamida qayta ishlash.


22-VARIANT
2-masala
2.22. X to‘plam berilgan. X to‘plamdagi butun tipli qiymatlarni Z to‘plamga, haqiqiy tipli qiymatlari Y to‘plamga yozuvchi va ularni ekranga chiqaruvchi dastur tuzing






Download 301.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling