Texnologiyalarining asosi bo’lib, ular insonlarni yaqinlashtiradi. Axborot bir joydan
Aloqa va axborotlashtirish sohasidagi islohotlar
Download 137.34 Kb.
|
2-Mavzu Telekommunikatsiya texnologiyalari haqida tushunchalar
Aloqa va axborotlashtirish sohasidagi islohotlarO‘zbekistonda aloqa va axborotlashtirish sohasini rivojlantirish qabul qilingan qator umummilliy davlat dasturlari asosida yondashilayotganini ta’kidlash joiz. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil 30 maydagi “Kompyuterlashtirish va axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur hujjat hamda yana qator qabul qilingan boshqa qonun va qarorlarda sohani jadallik bilan rivojlanishiga aniq maqsad hamda vazifalar bilan yondashilmoqda. Ularning asosida telekommunikatsiya infratuzilmalarini takomillashtirish, milliy Internet segmenti hamda ma’lumotni uzatish tarmog‘ini rivojlantirish, AKT sohasida raqobat muhitini qaror toptirish va boshqa shu kabilar o‘rin olgan. O‘zbekistonda, 2007 yilni keyingi avlod tarmoqlarini joriy etilgan yil bo‘ldi, desak xato qilmagan bo‘lamiz. Bu borada, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 23 yanvardagi “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasining telekommunikatsiya tarmog‘ini yanada rivojlantirish va modernizatsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq Xitoy taraqqiyot banki (CDB) va Huawei Technologies kompaniyasi bilan hamkorligida O‘zbekistondagi yirik telekommunikatsiya operatori – “O‘zbektelekom” AK telekommunikatsiya tarmoqlarini rekonstruksiya qilish va modernizatsiyalash” investitsiya loyihasini tatbiq etish ishlari boshlab yuborildi. Lizing asosida besh lotdan iborat loyiha tatbiqi amalga oshirilayotgan bo‘lib, mazkur loyihalar doirasida Toshkent shahar mahalliy telekommunikatsiya tarmog‘ini NGN (keyingi avlod tarmog‘i) va TDM (kanallarni vaqt bo‘yicha ajratish) texnologiyalari asosida modernizatsiya qilish va rivojlantirish ishlari ko‘zda tutilmoqda. Bugungi kunda, uning dastlabki bosqichlari kompaniyaning “Toshkent shahar telefon tarmog‘i” filialida yakunlanib, NGN tarmog‘i tatbiq etilib borilmoqda. Filialning NGN texnologiyasiga asoslangan telefon stansiyalari mijozlari uchun taqdim qilinadigan yangi “Videotelefoniya” xizmat turini taqdim etish imkoniyati yo‘lga qo‘yildi. Islohotlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 21-noyabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining 2013-yilgi Investitsiya dasturi to‘g‘risida"gi qaroriga muvofiq davom ettirildi. Xususan, “O‘zbekiston Respublikasi hududida, shu jumladan qishloq joylarda EVDO texnologiyasini qo‘llash bilan CDMA-450 mobil tarmog‘ini rivojlantirish” loyihasi amalga oshirila boshlandi. Keng polosali multiservis xizmatlarini (shu jumladan IPTV, videotelefoniya, yuqori tezlikdagi internet, HDTV kanallarini tomosha qilish va boshqalar) ko‘rsatish uchun “FTTx-texnologiyalar asosida keng polosali optik-tolali tarmoqlarni keng rivojlantirish” loyihasi doirasida qo‘shimcha 110 ming portni o‘rnatish rejalashtirilgan. “O‘zbektelekom” AK magistral tarmoqlarini O‘zbekiston Respublikasi tuman markazlarigacha kengaytirish va rezervlash” loyihasi doirasida aloqa kanallarining o‘tkazish qobiliyatini oshirish va xalqaro yo‘nalishlarda 100 Gbit/s.gacha, viloyat markazlarida 40 Gbit/s.gacha, tuman markazlarida 10 Gbit/s.gacha rezervlash rejalashtirilgan edi. (2013) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 07.03.2018 yildagi 185- son “Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya xizmatlari sifatini yanada yaxshilashga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi va 10.08.2018 yildagi 645-son “Qishloq xo‘jaligi korxonalari faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi Qarorilari jamiyatimizda axborot-kommunikatsiya sohalariga katta e’tibor berilayotganligidan dalolatdir. Download 137.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling