Texnologiyalarning qulayliklari
www.scientificprogress.uz
Download 0.6 Mb. Pdf ko'rish
|
talabalarni-masofadan-o-qitishda-zamonaviy-axborot-texnologiyalarning-qulayliklari
www.scientificprogress.uz
Page 642 noan’anaviy uslublari orqali ularning bilish jarayonlarini faollashtirish tizimini takomillashtirish hamda tizimi orqali ta’lim-tarbiya jarayoni sifatini boshqarish va grafik ta’limning uzviylik mexnizmlarini ishlab chiqib amalga joriy etish zarurati mavjud. Bu o‘z navbatida maktab o‘qituvchilari, balki barcha ta’lim muassasalari pedagoglari zimmasiga ham ma’suliyatli vazifani yuklaydi. Bu vazifalar tizimida grafik bilim olishga yo‘naltirilgan ta’lim alohida e’tiborga molik masalalar sarasiga kiradi. Zero, talabaga u yoki bu bilimlarni o‘rgatib qolmasdan, unda mustaqil ravishda, o‘qituvchi yordamisiz grafik bilimlarni orttirish malakasini rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Mamlakatimizda fan va texnikaning tez rivojlanishi talabalarga еtkaziladigan axborot hajmining keskin pasayishiga sabab bo‘lmoqda. Oliy ta’lim tizimida o‘quv mashg`ulotlariga ajratilgan soatlarni uzaytirsh bu vazifani amalga oshirishda zamonaviy texnik vositalari muhim o‘rin tutadi. Ta’lim berishda o‘qitishning texnik vositalaridan foydalanish o‘qitishni va samarasini oshirish o‘rgatishning eng qulay usullaridan biri hisoblanadi. Ta`limning texnik vositalari bilan olib borilgan dars talabaning darsga bo‘lgan qiziqishini va bilim olish saviyasini oshiradi. Oliy ta’lim muassasalarida talabalar ta`lim jarayonida axborotlarni tez qabul qilib olishi, ularni tahlil etishi, nazariy jihatdan umumlashtirishi, xulosani hamda talabaga yеtkazib berishni yo‘lga qo‘yish ta`lim tizimi oldida turgan dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Oliy ta’lim muassasalari ta`lim jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalari asosida tashkil etish bugungi kun muammolaridan biri bo‘lib, uni samarali qo‘llash orqali maqsadlarimizga erishishimizda imkoniyatlar yaratiladi. Masofadan o‘qitish, bu mustaqil o‘qishdir. Bu usul insonning mustaqil fikrlash, o‘z bilimini baholash, xulosa chiqarish, o‘z ustida ishlash, ko‘proq ma’lumot to‘plahga yo‘naltirilgan. Bu usulning yana bir qulayligi, bunda talaba o‘ziga qulay, hatto ishdan ajralmagan holda o‘qishi mumkin. Hozirgi kunda rivojlangan mamlakatlarda bu usul keng qo‘llanilmoqda. 2019 yildan boshlab, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti 4 –kurs bakalavr talabalari malakaviy pedagogik amaliyot bilan birgalikda hamda sirtqi bo‘lim talabalari ham masofadan o‘qishmoqda. Ko‘pgina oliy ta’lim muassasalari o‘z mutaxassislari malakasini oshirish yoki seminar mashg`ulotlarini shu usuldan foydalanishmoqda. Bu usuldan foydalanilsa, millionlab mablag`ni tejab qolish mumkin. Buning uchun birinchi navbatda talabalarning dunyoqarashi shakllangan bo‘lishi lozim. Masofadan o‘qitish bu internet tarmog‘i orqali talabaga qulay bo‘lgan vaqtda ilm olishidir. Talabani o‘qitishga uslubiy materiallar asosan quyidagilardan iborat: Darslik; Audio va video darsliklar; Online ya’ni- Zoom darslar, Telegram orqali (internet sahifa); Elektron kutubxonalar; Testlar; Multimedia-elektron darsliklar; Animatsiya (Taqdimotlar). SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 ǀ ISSUE 7 ǀ 2021 ISSN: 2181-1601 Uzbekistan Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling