Texnologiyasining mashinasozlikdagi


Download 320.1 Kb.
bet1/8
Sana04.04.2023
Hajmi320.1 Kb.
#1325864
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
628950 (1)



RЕJA:

  1. Konstruktsion materiallar texnologiyasining mashinasozlikdagi ahamiyati.

  2. Materiallarga ishlov berib turli detal va zagotovkalar tayyorlash.

  3. Metallarning umumiy ta’rifi.

  4. Turli detal va zagotovkalar tayyorlashda qo’yiladigan zamonaviy talablar.

Xalq xo‘jaligining taraqqiyotini, rivojlanishini mashinasozlik sanoatini rivojlanishisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Mashinasozlikni hamda sanoatni asosi metalldir.
Mashinasozlikda eng ko‘p ishlatiladigan asosiy metallar temir va uning qotishmalari bo‘lib, qisqacha ularni qora metallar deb yuritiladi (cho‘yan,po‘lat, ferro qotishmalar ) Hozirda va kelajakda odamlar xayotini va jamiyatni rivojlanishini turli mashina, jihozlar, apparatlarsiz tasavvur qilish qiyin. Ma’lumki, har qanday mashinalarning detallarini po‘lat cho‘yan va boshqa materiallardan tayyorlanadi.
Mashina detallarining ishlash sharoitiga va bajarilgan ish sharoitiga qarab, ularga turli talablar qo‘yiladi.
Masalan: Ba’zi bir detallar cho‘zilishga(balkalar,prujinalar) Ba’zi birlari egilishga, Ba’zilari isiqlik sharoitida, ishqalanishga (kesgichlar, tishli g‘ildiraklar) ba’zi bir detallar kislota, ishqor,nam sharoitda ishlaydilar. Mashina detallari uchun shunday material tanlash kerakki, u pishiq, yengil, orzon va puxta bo‘lishi bilan birga talabga javob beradigan bo‘lsin.
Bunday murakkab injenerlik masalalarini xal qilishda konstruksion materiallar texnologiyasi fanini ahamiyati juda katta . Materiallar texnologiyasi fani bundan ikki asr muqaddam aloxida fan sifatida vujudga keldi.
Fanga asos solgan olimlardan Lomonosov M.V, Anosov P.P, Mendeleev D. I, Chernov K.K, Bendrass M.A, Marten P, Tomas S va boshqalar fanni rivojlantirishda o‘zlarini xissalarini qo‘shganlar. Hozirda respublikamizda xalq xo‘jaligini rivojlantirishni asosiy tamoyillari – mashinasozlikda sifat o‘zgarishlar, yalpi maxsulot ishlab chiqarishni oshirish, uni sifatini yaxshilash, mexnat sharoitini yengilashtirish, ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish, jaxon talablariga javob beradigan avtomatik liniyalarni ishlab chiqarishga joriy etish kabi masalalarni xal qilishdan iborat.Metallar texnologiyasi fani xalq xo‘jaligida keng ishlatiladigan qora metallar, rangli metallar va ularning qotishmalarini rudalardan ajratib olish jarayoni va ulardan ma’lum talablarga javob

beradigan aniq o‘lchamli turli detallarni tayyorlash jarayonini hamda har turdagi konstruksiyalar, zagotovkalarni payvandlash texnologik jarayonini o‘rgatadi.
Shuning uchun metallar texnologiyasi fani asoslarini kelgusida malakali xodimlar bo‘lib yetishuvchi har bir muxandis va texnik tomonidan chuqur o‘rganilishi lozim.
Metallar texnologiyasi fani 7 ta asosiy bo‘limlardan iborat: 1 . Metallshunoslik.

    1. Metallurgiya .

    2. Quymakorlik.

    3. Metallarni bosim ostida ishlash.

    4. Metallarni payvandlash.

    5. Metallarni kesib ishlash asoslari.

    6. Metallmas konstruksion materiallar.

Download 320.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling