Texnologiyasining mashinasozlikdagi


Metallar va qotishmalar, ularning ichki tuzilishlari


Download 320.1 Kb.
bet2/8
Sana04.04.2023
Hajmi320.1 Kb.
#1325864
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
628950 (1)

Metallar va qotishmalar, ularning ichki tuzilishlari.


Metall deb harakterli xususiyatga, yaltiroqlik, plastik, elektir, issiqlik o‘tkazadigan va shaffof bo‘lmagan jismga aytiladi.
Texnikada metal deb hamma metall materiallari tushinilib, ularni 2 guruxga bo‘lish mumkin

  1. Oddiy yoki sodda metallar (nisbatan boshqa ximiyaviy elementlardan toza bo‘lgan )

  2. Murakkab matallar yoki qotishmalar (bir nechta oddiy metallarni birikmasi)

Mendeleev D, I. davriy sistemasiga ko‘ra hozirda 110 ximiyaviy element bo‘lib, shulardan 3/4 qismi metallardir. Qolgan qismi metalmaslardir. Metallarni shunday ko‘p bo‘lishiga qaramasdan sanoatda juda oz soni ishlatiladi .
Asosiy sanoat ahamiyatiga ega bo‘lgan metall bu temir (G‘e) bo‘lib, uning uglerod (S) bilan birikmasi qora metallarni tashkil etadi.

Mashinasozlikda ishlatiladigan metallar va qotishmalar


Dunyo sanoatida ishlatiladigan metallarning 93% ni qora metallar tashkil
etadi.
Hamma qurilishlarda, mashina va mexanizmlar asosan qora metallar ishlatiladi. Shuning uchun har bir davlatning texnik o‘sganligi qora metallarni qancha eritilganligi bilan ifodalanadi.
Qolgan metallar va ularni qotishmalari rangli metallar gruppasiga kiradi. Rangli metallardan sanoat ahamiyatiga ega bo‘lgan Mis-Si, Aluminiy –Al, Magniy
–Mg, qo‘rg‘oshin-Rv, rux-Zn, qalay va boshqalar bo‘lib, texnik ahamiyatga egadir.
Rangli metallar qimmat bo‘lgani uchun sanoatda iloji boricha ularni o‘rnini bosa oladigan qora metallardan ishlatishga harakat qilinadi.
Yuqorida ko‘rsatilgan rangli metallardan tashqari sanoatda xrom Cr, nikel Ni, marganes Mn, molibden Mo, kabolot So, titan Ti ham ishlatiladi. Bu metallar asosan, asosiy materialaarni, xususiyatlarini yaxshilash uchun, unga ma’lum xususiyatlar berish uchun qo‘shimcha materiallar hisoblanadi. Misol: V, W, Ti va So lar esa kesuvchi asboblarni tayyorlashda ishlatiladi.
Yuqoridagi hamma metallarni texnik matallar deb aytamiz. Platina,oltin va kumish metallarini nodir metallar deb aytiladi.
Sanoatda va texnikada eng ko‘p va keng tarqalgan metall qotishmalarning xususiyatlari metall xususiyatlaridan ancha yuqori bo‘ladi. Pishiq, talabga javob beradigan, har xil xususiyatli qotishmalar olinadi. Oddiy metallardan keng ishlatiladigan faqat mis va aluminiy bo‘lib, ular elektr simlari va boshqa elektrotexnika va elektronika detallarini tayyorlash uchun ishlatiladi.
Metallmas ximiyaviy elementlardan sanoatda eng muxim rol o‘ynaydigan metallmas elementlar kislorod, uglerod, azot, vodorod, kremniy, fosfor va oltingugurtdir.
Texnikada azotni birikmasi NH3-ammiak gazi po‘latni sirtqi qismini qattiq qilish, azotlashtirish uchun ishlatiladi.
Kislorod sanoatda metallarni payvandlash va qirqishda, domna va konverterlarda metall ishlab chiqarish jarayonini tezlashtirish uchun ishlatiladi.
Kremniy Si . Turli xil metall qotishmalarini olishda ishlatiladi, metallarni jilvirlashda, silliqlashda kremniy karborunti SiC ishlatiladi.
Oltingugurt S cho‘yan va po‘lat tarkibida juda oz miqdorda bo‘ladi. Uglerod S olmos, grafit, toshko‘mir holida uchraydi.
Po‘lat va cho‘yanni xossalari uglerodni miqdoriga va holatiga bog‘liq.(Erkin, yani grafit holida, temir bilan birikma – sementit holida bo‘ladi)
Fosfor R juda ko‘p metallar bilan tez birikadi, temirning barcha uglerodli birikmalari tarkibida mavjud. Fosfor bilan oltingugurt po‘lat tarkibidagi zararli elementlar hisoblanadilar.



Download 320.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling