Texnologiylari va komunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti
Download 45.07 Kb.
|
Xamidjon
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu: Nomukammal bozorning xususiyatlari Reja
- Nomukammal bozorning xususiyatlari
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYLARI VA KOMUNIKATSIYALARNI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI Zamonaviy iqtisodiyot fanidan AMALIY ISH Bajardi: Razzoqov Xamidjon Tekshirdi: Yuldashev Inoyat Toshkent-2023 Mavzu: Nomukammal bozorning xususiyatlari Reja: Nomukammal bozorning xususiyatlari E.Chemberlinning monopolistik raqobat nazariyasi J.Robinsonning iqtisodiy ta'limoti Nomukammal bozorda firmalarni faoliyati Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Nomukammal bozorning xususiyatlari XX asr boshlarida erkin (mukammal) raqobatga asoslanga iqtisodiyot tobora monopollashib bordi, bu ayniqsa Yevropa va AQSHda yaqqol ko`zga tashlandi. Iqtisodiy liberializm prinsiplari (erkin savdofritredolik, davlatning iqtisodga aralashmasligi va b.) real hayot talablariga javob bermay qo`ydi. Monopollashuvning yorqin oqibati sifatida 1929-1933 yillardagi jahon iqtisodiy inqirozining keltirish mumkin. Deyarli yuz yil davomida J.B.Seyning "bozorlar qonuni" hamma yerda tan olingan va unga suyanib ish yuritilgan bo`lsa, bu davrda uning ahamiyati pasayib bordi. Nomukammal raqobat avval institutsionalizm, keyin neoklassiklar tomonidan tadqiqot obyekti qilib olindi. Bu muammolar bilan deyarli bir vaqtda Garvard universiteti professori E. Chemberlin va Kembrij universiteti professori J.Robinsonlar shug`ullandi. 1933 yili amerikalik E.Chemberlin o`zining "Monopolistik raqobat nazariyasi", ingliz J.Robinson xonim esa "Nomukammal raqobatning iqtisodiy nazariyasi" asarlarini chop etdilar. Bu asarlarda erkin raqobat sharoitini inkor etadigan sharoitda bozor mexanizmlarining harakati masalalari har tomonlama chuqur tahlil etiladi. Xususan, ikkala muallif fikricha, bozor bahosi bozor ishtirokchilarining kollektiv faoliyati tufayli yuzaga kelmaydi, chunki tovar mahsulotlarining turli-tumanligi (differensiyasi) xaridorlarni bu tovarlar bahosi to`g`risida to`liq informatsiyadan, firma-ishlab chiqaruvchilarni tanlashda raqobatdan mahrum etadi. Ular iqtisodiyotda muvozanatning buzilish sabablarini ilgarigidek iqtisodiy muhitdagi "kategoriya" va "qonun" lardan izlaydilar. Institutsional yo`nalish tarafdorlariga esa, nomukammal raqobat iqtisodiy o`sishga avvalo "inson omili"ning ta'siri oqibatidir. Bu esa jamiyat rivojlanishi, shu bilan birga iqtisodiyot sohalarida yuzaga keladigan ijtimoiy-psixologik, huquqiy va boshqa muammolardir. Download 45.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling