Texnologiylari va komunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti


J.Robinsonning iqtisodiy ta'limoti


Download 45.07 Kb.
bet3/5
Sana21.04.2023
Hajmi45.07 Kb.
#1372410
1   2   3   4   5
Bog'liq
Xamidjon

J.Robinsonning iqtisodiy ta'limoti
Joan Vayolet Robinson (1903-1983) Kembrij universitetini bitirgan va A.Marshall maktabining taniqli vakili va davomchisidir. 1965-1971 yillar shu universitetda professor lovozimida dars bergan. Uning dastlabki asari "Nomukammal raqobatning iqtisodiy nazariyasi" 1933 yili, ya'ni muallif 30 yoshligida yozilgan va unga mashhurlik keltirdi. Asardagi bosh g`oya monopoliyalar faoliyatida bozorlar jihatini aniqlashdir. Bu sharoitdagi raqobat iqtisodiyotdagi muvozanatni buzadi va nomukammaldir (Chemberlinda-monopolistik). Dastlabki vazifa: o`z mahsulotiga ega bo`lgan ishlab chiqaruvchi monopolistik baholar belgilanishining mexa-nizmini aniqlash. Bahoning miqdori, sotuvchi o`rnatgan shu bahoda xaridorning mahsulotni sotib olish va monopol foyda tabiati o`rnatiladi. Ammo, Robinson xonimning mantiqiy fikrlashi Chemberlinnikidan farq qiladi. Robinson fikricha, nomukammal raqobat tufayli, avvalo raqobatli xo`jalik tizimi normal muvozanat holatining butunlay buzulishi va yo`nalishi, Hatto yollanma mehnatning "ekspluatatsiya"sidir. Chemberlin esa bu masalani bozorning tabiiy muvozanati bilan chambarchas bog`liqdir deb qaragan. Robinson monopoliyaga salbiy munosabat bildirib, uni bozor sharoitdagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni izdan chiqaruvchi omil
sifatida qaraydi. Asardagi asosiy g`oyalar quyidagilardan iborat. Tadbirkorlar nomukammal raqobat sharoitiga nisbatan mukammal (sof) raqobat sharoitda ishlab chiqarishni monpollashtirishdan kamroq
manfaatdor bo`ladilar. Chunki, nomukammal raqobat sharoitida ayrim firmalar optimal ko`rsatgichlarga erisha olmaydilar, samarasiz (kam samara bilan) faoliyat ko`rsatadilar, shu sababli monopolist mahsulot chiqarishni cheklash bilan o`z mahsuloti narxini oshirish imkoniyatigagina ega bo`lmasdan, balki sohadagi ishlab chiqarishni tashkil etishni mukammallashtirish yo`li bilan ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirishi mumkin. Monopoliya ishlab chiqarish mahsulotining xuddi shunga o`xshash boshqa maxsulotdan sezilarli ajralib turishini talab etadi yoki boshqacha aytganda, differensiatsiya ro`y beradi; boshqa qo`shimcha sharoit ham zarur unga ko`ra firma -monopolist optimal hajmdan ortiqroq bo`lgan
ko`rsatgichlar bilan xarakterlanishi kerak.
Nomukammal raqobatli monopolistik bozorda aniqlashni talab etuvchi bir qancha sharoitlar yuzaga keladi. Agar bozor bir-biri bilan raqobat qiluvchi cheksiz ko`p xaridolardan emas, balki ayrim yakkayuyagona xaridorlar birlashmasidan iborat bo`lgan holatda sotib olinadigan mahsulot qancha bo`lishi mumkindir. Bu sharoit talab konsentratsiyasi bo`lib bozorda ko`p sonli mayda sotuvchilar va
yakkayu-yagona xaridor faoliyat ko`rsatadi. Bu holatni monopsoniya, ya'ni xaridor monopoliyasi deyiladi.
Yuqorida barcha g`oyalar jamlanib, real hayotda nomukammal raqobat sharoitida ishlab chiqarish omillari ekspluatatsiyasi tendensiyasi paydo bo`lishiga yordam beradi. Bu xolat avval o`zaro raqobatlashgan kupgina firmalarni yutib yurovuchi yirik birlashmanig paydo bo`lishi bilan
yanada kuchayadi. Boshqaruv birligi hajmi (ko`rsatkichi) ning yiriklashuvi(yakka boshqaruv) boylikni taqsimlashdagi adolatsizlikni yanada kuchayishini zaruriy ravishda keltirib chiqaradi. Bu ancha inqilobiy
g`oya bo`lib, Chemberlinning monopoliya istiqboli to`g`risidagi optimistik fikricha qarshidir.
Ishlab chiqarishning monopolizatsiyasi muammosi bilan "samaradorlik yoki adolat" degan dilemmani (ya'ni unisi yoki bunisi) yechish zarurati ilgari suriladi. Monopolizatsiyaga u ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga yordam beradi, deb ustuvorlik berish yetarli emas, ya'ni adolat masalasi ham qo`yilishi kerak. Iqtisodiyot tarixida "samaradorlik" va "adolat" ni qandaydir yo`l bilan ajratishga intilish katta xomxayollikdir. Robinson o`zining tadqiqotlari natijasida hayotiy chora-tadbirlarni
ham ishlab chiqsa bo`lar edi masalan, nomukammal raqobat tufayli aniqlangan qarama-qarshiliklarni bartaraf etish uchun davlatning iqtisodiyotga aralashuvi nimalardan iborat bo`lmog`i kerak edi. Bunday savolga javobni uch yil o`tgach boshqa qembrij maktabi vakili J.M.Keyns berdi.


Download 45.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling