Tez 10 interfaol o‘yinida ishtirok etish qoidalari


TEZ 10 da qatnashish shartlari


Download 177.64 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/9
Sana08.01.2022
Hajmi177.64 Kb.
#253193
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Rules

2. TEZ 10 da qatnashish shartlari 

 

2.1.  Ishtirokchilar  ushbu  Qoidalarning  7-bo'limida  ko'rsatilgan  Bir  lahzada  yutiladigan  sovrinni 



yutib olish uchun TEZ 10 o'yinidagi barcha savollarga javob berishlari kerak. TEZ 10 mexanizmi 

g'oliblarni aniqlashning ob'ektiv printsipiiga qurilgan va omad elementlarini o'z ichiga olmaydi.  

2.2.  Ushbu  Qoidalarning  7-bo'limida  ko'rsatilgan  Har  oylik  sovrinni  yutish  uchun  ishtirokchi 

xizmat  taqdim  etishning  boshidan  oyning  oxirigacha  to'plangan  ballarning  eng  ko'p  miqdorini 

to'plashi va ishtirok etish qoidalarini bajarishi kerak.  

2.3.  Ushbu  Qoidalarning  7-bo'limida  ko'rsatilgan  Bosh  sovrinni  yutib  olish  uchun  ishtirokchi 

xizmat  taqdim  etishning  boshidan  xizmatning  tugaguniga  qadar  to'plangan  ballarning  eng  ko'p 

miqdorini to'plashi va ishtirok etish qoidalarini bajarishi kerak.  

2.4. TEZ 10 25/2/2021 da soat 00:00:01 dan 1/3/2022 da soat 00:00:01 gacha o'tkaziladi.  

2.5.  Tashkilotchi,  Operator  va  TEZ  10  o'yinini  o'tkazishda  texnik  yordam  ko'rsatuvchi 

kompaniyalarning xodimlari va vakillari, shuningdek, yuqorida qayd etilganlarning oila a'zolari 

va ular vakillarining qatnashishlari taqiqlanadi. 

2.6.  Har  qanday  mavjud  bo'lgan  ro'yxatdan  o'tish  kanali  orqali  TEZ  10  da  qatnashish  huquqini 

olgan  Operatorning  Abonentlari  3.1-bandga  muvofiq  ular  Qoidalarni  o'qiganliklarini  va  qabul 




qilganliklarini tasdiqlaydilar va shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlashga o'z roziliklarini bildiradilar. 

Shaxsiy  ma'lumotlarni  qayta  ishlash  ostida  yig'ish,  qayd  etish,  tizimlashtirish,  to'plash,  saqlash, 

aniqlashtirish (yangilash, o'zgartirish), ko'chirma olish, ishlatish, uzatish (tarqatish, taqdim etish) 

avtomatlashtirish  vositasi  yoki  bunday  vositalardan  foydalanmasdan,  ma'lumotlarga  kirish, 

shaxsiy xususiyatini yo'qotish, bloklab qo'yish, o'chirish, yo'q qilishni qo'shgan holda ma'lumotlar 

bilan harakatlar (operatsiyalar)ni tushunish kerak.  

2.7. Tashkilotchi 15 (o'n besh) kalendar kun davomida ishtirokchilarni oldindan xabardor qilib, o'z 

xohishiga ko'ra ushbu Qoidalarning shartlarini bekor qilish yoki o'zgartirish huquqini o'zida saqlab 

qoladi.  Barcha  o'zgarishlar  saytga  joylashtiriladi.  Muddatidan  oldin  bekor  qilingan  taqdirda, 

Tashkilotchi bunday xabarni veb-saytda e'lon qilishi, shuningdek, o'z vaqtida va kamida 15 (o'n 

besh) kalendar kun oldin Operator veb-saytiga  uni joylashtirish orqali bekor qilish to'g'risida xabar 

berishi  shart.  Muddatidan  oldin  bekor  qilish  Tashkilotchini  yutib  olingan  Sovrinlarni  berish 

majburiyatidan ozod qilmaydi.  

2.8. Ishtirokchi  ushbu  Qoidalarning 4-bo'limi shartlariga muvofiq ishtirok etishdan bosh  tortish 

huquqiga ega.  

2.9. Tashkilotchining ma'lumotlar bazasi Ishtirokchilarning Tashkilotchi Platformasi bilan barcha 

o'zaro aloqalari to'g'risidagi to'liq ma'lumotlar, shu jumladan: o'zaro aloqalar boshlangan sana, vaqt 

va Tashkilotchi Platformasi bilan o'zaro aloqalar amalga oshirilgan Abonent raqami, shuningdek 

Ishtirokchining  faolligini  aniqlashga  imkon  beruvchi  boshqa  bir  qator  parametrlarni    oz  ichiga 

oladi. O'zaro aloqani olish sanasi va vaqti platforma serveri bilan o'zaro aloqa  sanasi va vaqtiga 

to'g'ri keladi.  

2.10.  Ishtirokchiga  bir  nechta  MSISDNlar  bilan  bitta  Abonent  uskunasidan  foydalanish,  har 

qanday hammabop internet-saytlarda va internet-forumlarda TEZ 10 da qatnashish bilan bog'liq 

har qanday ma'lumotlarni, shu jumladan shaxsiy tajriba bilan almashish, to'plangan savol-javoblar 

shuningdek  boshqa  ishtirokchilarning  natijalariga  ta'sir  qilishi  mumkin  bo'lgan  boshqa 

ma'lumotlarni oshkor qilish va / yoki nashr etish qat'iyan man etiladi. Turli xil MSISDNlar bilan 

bitta  Abonentning  uskunasidan  foydalanish  Qoidalarning  buzilishi  hisoblanadi  va  Ishtirokchi 

ishtirok etishdan (diskvalifikatsiya) chetlatilishi mumkin.  

2.11. Ishtirokchilar va / yoki G'oliblar, agar Tashkilotchida quyidagilarga ishonish uchun yetarli 

asos bo'lsa, diskvalifikatsiya qilinishi mumkin.  

2.11.1.  Ishtirokchi  yoki  G'olib  SMS-so'rovlar va  /  yoki  masalan, modemlar, algoritmlar, botlar, 

robotlar, skriptlar kabi ishtirok etishning elektron vositalarini avtomatik ravishda yuborish uchun 

dasturiy ta'minotdan foydalandi.  

2.11.2. Ishtirokchi yoki G'olib boshqa ishtirokchilar tomonidan sotib olingan TEZ 10da ishtirok 

etish bilan bog'liq ma'lumotlardan foydalandi.  

2.11.3. Ishtirokchi yoki G'olib o'yinda qatnashish bilan bog'liq har qanday ma'lumotlarni to'pladi 

va  izchil  ravishda  tarqatdi,  shu  jumladan  shaxsiy  tajriba,  to'plangan  savollar  va  javoblar, 

shuningdek, boshqa Ishtirokchilarning o'yindagi ishtirokiga ta'sir qilishi mumkin bo'lgan boshqa 

ma'lumotlar bilan o'rtoqlashdi. 

2.12.  Bunday  fakt  aniqlanganda,  Ishtirokchining  ishtiroki  keyingi  tekshirish  uchun  sabablarni 

ko'rsatmasdan bloklab qo'yiladi. Tekshiruv natijalariga ko'ra, agar Qoidalar buzilgan deb hisoblash 

uchun  yetarli  asoslar  mavjud  bo'lsa,  keyingi  ishtirok  etish  birlamchi  ogohlantirishsiz  to'liq 

to'xtatiladi.  



2.13.  Ishtirokchilar  Tashkilotchiga  va  Operatorga  SMS-xabarlar,  elektron  pochta  vositasi  bilan 

va/yoki  Saytdagi  yangiliklar,  O'yinlar,  sodiqlik  dasturlari  va  hokazolar  haqida  bildirishnomalar 

vositasi bilan axborot /reklamani olishga rozilik berishadi.  

2.14.  Tashkilotchilar  ushbu  Qoidalarda  nazarda  tutilgan  hollardan  tashqari  va/yoki  O'zbekiston 

qonunchiligi  talablariga  muvofiq  ravishda  ishtirokchilar  bilan  yozma  yozishmalar  va  boshqa 

aloqalarni o'rnatmaslik huquqini o'zida saqlab qoladilar. 

 


Download 177.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling