10. Da'volar va ularning asoslanganligi
10.1. TEZ 10 ni o'kazishga nisbatan har qanday da'volar o'yin davri davomida Tashkilotchining
support@mobitel.uz elektron pochtasi manziliga yuborilishi kerak. Da'voni ro'yxatdan o'tkazish
sanasi Tashkilotchi tomonidan uni olish sanasi hisoblanadi.
10.2. Ishtirokchi da'vo mohiyatini batafsil tushuntirishi kerak. Da'vo shikoyatga javob yuborish
uchun Ishtirokchining ismi, familiyasi va otasining ismi, bog'lanish telefon raqami va TEZ 10da
Ishtirokchi qatnashgan telefon raqami, Ishtirokchining elektron pochta manzilini o'z ichiga olishi
kerak.
10.3. Tashkilotchi da'volarni kelib tushganidan 10 kun ichida ushbu Qoidalar asosida ko'rib
chiqadi.
11. Ushbu Qoida o'zbek va rus tillarida tuzilgan. Agar ushbu Qoidaning o'zbekcha matni bilan
ruscha matni o'rtasida izohlashda har qanday tafovut mavjud bo'lsa, o'zbekcha matn ustuvor
kuchga ega bo'ladi.