Tez-tez kasal bo’luvchi bolalar soni


ANTROPOMETRIK TEKSHIRISH USULLARI, BOLALAR VA O’SMIRLAR JISMONIY RIVOJLANISHIGA BAXO BERISH


Download 82.5 Kb.
bet3/5
Sana18.11.2023
Hajmi82.5 Kb.
#1784658
1   2   3   4   5
Bog'liq
1mavzu

ANTROPOMETRIK TEKSHIRISH USULLARI, BOLALAR VA O’SMIRLAR JISMONIY RIVOJLANISHIGA BAXO BERISH .
Bolalar va o’smirlarning jismoniy rivojlanishi salomatlikning eng asosiy ko’rsatkichlaridan biri hisoblanadi. Bolalarning jismoniy rivojlanishi chuqurlashtirilgan tibbiy ko’riklarda, bolalar muassasalarida, o’smirlar xonasida va boshqa bolalar muassasalarida bolalarning salomatligi bilan birgalikda aniqlanadi. Bolalarning jismoniy rivojlanishini doimiy kuzatish (individual usul) ularning shaxsiy rivojlanishini aniqlashda katta ahamiyatga ega. Bolalar va o’smirlar jismoniy rivojlanganligini generallashgan usulida ham qisqa yoki uzoq vaqt davomida dinamik kuzatish qzgaruvchan ijtimoiy sharoitlar ta'sirida bolalarning jismoniy rivojlanishidagi siljishlarni o’rganishga imkon beradi.


ANTROPOMETRIK TEKSHIRISHLAR
Antropometrik ko’rsatkichlarni aniqlash yoki tekshirish dasto’rini tanlash tekshiriluvchi yosh qontingentlarga bog’liq. Odatda qator antropometrik ko’rsatkichlardan asosiylari tanlab olinadi. Somatometrik belgilardan tana uzunligi - bo’yi (tik va o’tirgan holda), tana vazni, ko’krak qafasi aylanasi, fiziometrik ko’rsatkichlardan - o’pkaning tiriklik sig’imi (O’TS), qo’lning mushak kuchi, belning tortish kuchi, somatoskopik ko’rsatkichlardan - tayanch-harakat apparati holati (umurtqa tuzilishi, ko’krak qafasi, oyoq, qomat holati, mushaklar rivojlanganligi), jinsiy yetilish darajasi kabilar aniqlanadi. Bolalarning yoshiga qarab tekshirish dasturi biroz o’zgaradi. Maktab yoshidan oldingi va maktab yoshigacha bo’lgan bolalar jismoniy rivojlanganligini baholashda nutq va motorika rivojlanganligini baholovchi usullar qo’shiladi, lekin ba'zi funksional tekshirishlar (O’TS, mushak kuchi) o’tkazilmaydi. O’smirlarni tekshirish dasturiga funksional sinamalar va jinsiy yetilishni aniqlovchi formula kabilar ko’shiladi. Bolalar va o’smirlar gigiyenasida antropometrik tekshirishlar o’tkazishdan maqsad maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar muassasalari va maktablar uchun o’quv jihozlari, o’quv - ishlab chiqarish ish qurollari, kiyim, oyoq kiyim kabilarni gigiyenik jihatdan talablarga mos ravishda ishlab chiqarishdir. Shu maqsadda tana alohida qismlarining yoshga mosligi ham o’rganiladi. Qator hollarda bu tekshirishlarga qo’shimcha ravishda bola organizmining funksional qobiliyati ham o’rganiladi. Keyingi sanitar nazorati bolalar asbob-anjomlari, mebellarni antropometrik tekshirishlar natijasiga qarab, yoshga va anatomo-fiziologik ko’rsatkichlarga qarab sanitariya shifokori tavsiyasiga bog’liq holda ishlatishga qaratilgan. Bunda asosiy talablardan biri ularning unifikatsiyasidir. Faqat bir xil sharoitda va bir xildagi tekshirish usullardan foydalanish aniq ma'lumot bera oladi. Hamma tekshirishlar o’tkazilayotganda bolalar yechingan holda bo’lishi, xona yorug’ (iloji boricha tabiiy) va issiq bo’lishi kerak. Antropometrik tekshirishlar kunning birinchi yarmida o’tkazilishi shart, chunki kunning oxiriga borib tana uzunligi tovonlar va umurtqalararo tog’aylar siqilishi hisobiga bir-ikki santimetrga kamayadi, mushaklar tonusi pasayadi, tana vazni esa deyarli bir kilogrammgacha ortadi.



Download 82.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling