Tеz tibbiy yordam. Favqulotda vaziyatlar (o`quv uslubiy qo`llanma) Farg`ona 2021 Saydaliyev S. S


O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi


Download 185.15 Kb.
bet24/89
Sana20.12.2022
Hajmi185.15 Kb.
#1036539
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   89
Bog'liq
FV.tez tibbiy yordam .o`quv qo`llanma

O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi
Jismoniy va yuridik shaxslarga favqulodda vaziyatlar oqibatida yetkazilgan zararni qoplab berish yoki kompensatsiya to‘lash bo‘yicha yetkazilgan zararni aniqlash uchun baholash ishlarini tashkil etish.
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligiga zarur axborotlarni taqdim etish.
O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi
Halokatli gidrometeorologik hodisalarni prognozlashtirish va kuzatish.
Sel va qor ko‘chkilariga qarshi tadbirlarni o‘tkazish zarur bo‘lgan mintaqalar va hududlarni aniqlash.
Atrof tabiiy muhit (atmosfera, tuproq va yer usti suvlari)ning ifloslanishi, gidrologik rejim va daryolar qayirlari hamda o‘zanlaridagi toshqinlar xavfi monitoringini tashkil etish va o‘tkazish.
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligiga, FVDTning manfaatdor funksional va hududiy quyi tizimlariga gidrometeorologik axborot taqdim etish, atrof tabiiy muhit ifloslanishining ekstremal yuqori darajalari to‘g‘risida ogohlantirish.
FVDT funksional quyi tizimining Tabiiy gidrometeorologik hodisalar yuzaga kelishi va rivojlanishi, atmosfera havosi, tuproq va yuza suvlari ifloslanishi ustidan gidrometeorologik kuzatishlar xizmatini tashkil etish va faoliyatiga rahbarlik qilish.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi
Respublikaning ayrim hududlarida, ma’lum maydonlarda tarqalgan yoki chetdan kirib kelib, o‘simliklar olamiga katta zarar yetkzishi mumkin bo‘lgan o‘simliklar karantini obyektlarining tarqalishi va ularga qarshi kurashish bo‘yicha nazorat ishlarini tashkil etish va muvofiqlashtirish.
O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi
Radioeshittirish stansiyalari va televideniye orqali favqulodda vaziyatlar xavfi va yuzaga kelganligi to‘g‘risidagi axborotni aholiga yetkazish.
FVDTning manfaatdor funksional va hududiy quyi tizimlari bilan birgalikda aholi o‘rtasida favqulodda vaziyat zonasida qolgan odamlarning birinchi navbatdagi harakatlari to‘g‘risida tushuntirish ishlarini tashkil etish.
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, FVDTning hududiy quyi tizimlari rahbarlari buyurtmanomalari bo‘yicha aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish masalalariga oid teleko‘rsatuvlar va radioeshittirishlarni tashkil etish.
Sog‘liqni saqlash vazirligi va O‘zbekiston Qizil Yarim oy jamiyati bilan birgalikda aholini dastlabki tibbiy o‘zaro va o‘ziga o‘zi yordam ko‘rsatishga o‘qitish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan eshittirishlarni tashkil etish.
O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati
Tarmoq korxonalarida ishlab chiqarish va texnologik jarayonning yuqori darajada xavfli o‘ziga xos xususiyatlari bilan izohlanadigan avariyalar va halokatlarning oldini olish va bartaraf etish tadbirlarini tashkil etish va amalga oshirish.
Kimyoviy xavfli obyektlardagi avariyalarning yuzaga kelishi ehtimoli va oqibatlarini prognozlashtirish, favqulodda vaziyatlar chog‘ida ular ishlarining barqarorligini oshirish.
Kimyoviy xavfli obyektlar va ularga yondosh hududlarda xabar berishning mahalliy tizimlarini yaratish.
Kimyoviy xavfli obyektlardan kimyoviy zararlanishi ehtimoli bo‘lgan zonalarni aniqlash.
FVDT boshqaruv organlari va aholini avariyalar va halokatlar, ularning oqibatlari, ko‘rilayotgan chora-tadbirlar hamda aholining favqulodda vaziyatlar chog‘ida harakat qilish tartibi to‘g‘risidagi axborotlar bilan ta’minlash.
Idoraviy ixtisoslashtirilgan va qutqaruv tuzilmalarining tarmoq obyektlaridagi favqulodda vaziyatlar chog‘ida qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni amalga oshirishda qatnashishini ta’minlash.
FVDT funksional quyi tizimining Tarmoq obyektlarida ishlarni olib borishning ahvoli va xavfsizligini nazorat qilish idoraviy xizmatini tashkil etish va faoliyatiga rahbarlik qilish.
O‘zbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi, “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi
Zarar ko‘rgan aholini va evakuatsiya qilingan aholi joylashtirilgan mintaqalardagi aholini ta’minlash uchun tabiiy ofat zonalariga oziq-ovqat va birinchi navbatda zarur bo‘lgan tovarlar yetkazib berilishini tashkil etish, tuzilmalarning shaxsiy tarkibiga va zarar ko‘rgan aholiga oshxonalarda (ovqatlanish shaxobchalarida) ovqat tayyorlash uchun suv bilan ta’minlash.
Saqlash, texnologik qayta ishlash va sotish chog‘ida don va dondan qayta ishlangan mahsulotlar, oziq-ovqatlar va boshqa tovarlarni muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirish.
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati, FVDTning boshqa funksional quyi tizimi xizmatlari bilan birgalikda oziq-ovqat va suvlarning radioaktiv moddalar, og‘ir metallar, nitratlar va pestitsidlar bilan yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan konsentratsiyalarning belgilangan darajasidan ortiqcha ifloslanishini nazorat qilishni amalga oshirish.
Mahsulotlar va boshqa tovarlarni zararsizlantirish, texnologik qayta ishlash yoki zararsizlantirib bo‘lmaydiganlarini yo‘q qilish.
O‘zbekiston Respublikasi FVDT funksional quyi tizimining Savdo va ovqatlanish xizmatini tashkil etish va faoliyatiga rahbarlik qilish.
O‘zmaxsusmontajqurilish” aksiyadorlik kompaniyasi, “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi
Qurilish va qurilish-montaj tashkilotlari negizida ixtisoslashtirilgan tuzilmalar tashkil etish hamda ularning favqulodda vaziyatlar mintaqalarida qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni bajarishda qatnashishini ta’minlash.
Favqulodda vaziyatlar mintaqalariga qurilish materiallari yetkazib berilishini tashkil etish va muvofiqlashtirish.

Download 185.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling