Tеz tibbiy yordam. Favqulotda vaziyatlar (o`quv uslubiy qo`llanma) Farg`ona 2021 Saydaliyev S. S


Download 185.15 Kb.
bet31/89
Sana20.12.2022
Hajmi185.15 Kb.
#1036539
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   89
Bog'liq
FV.tez tibbiy yordam .o`quv qo`llanma

Yuqori jag‘ shikastlanishlari
Yuqori jag‘ning sinishiga, ko‘pincha, yuzga qattiq predmet bilan urish sabab bo‘ladi. Ma’lumki, yuqori jag‘ning boshqa yuz suyaklari bilan birlashgan joylari kuchsiz anatomik jag‘lar hisoblanib, ayni ana shu joylarda sinishlar kuzatiladi. Mayoni uncha katta bo‘lmagan predmet bilan yuzaga kelgan jarohatda yuqori jag‘da teshib o‘tuvchi shikastlanish kuzatilib, bu holda suyak siniqlari o‘z o‘rnida qoladi. Yuqori jag‘ suyagi tana qismining bilvosita sinishi (masalan, pastki jag‘ga tiralib yiqilishi)da suyak siniqlari bosh suyagining asos qismi tomonga siljiydi. Yuqori jag‘ suyagining bir tomoni singanda, singan tomondagi suyak siniqlari, ya’ni kaltak tekkan tomondan miya asosiga qarab siljiydi. Har ikkala tomondan kaltak tekkanda, butun jag‘, odatda, past tomonga shunday tushadiki, u ochiq yoki yarim ochiq og‘izning pastki jag‘ tishlariga tiralib, bir oz orqaga siljigan bo‘ladi. Bunday hollarda yuqori jag‘ning old qismi, uning orqa qismiga qaraganda pastga kamroq siljiydi, hatto subnazal yoki kalla-yuz suyagi to‘liq ajralib ketganda ham shu narsa kuzatiladi.
Bu narsa qanotsimon muskullarning medial va laterial tortish kuchi bilan tushuntiriladi. Bu muskullar bir tomondan yuqori jag‘ bo‘rtiqlariga, ikkinchi tomondan asosiy suyakning qanotsimon o‘simtalariga yopishgan bo‘ladi. Shuningdek, yuqori jag‘ning pastga siljishiga uning o‘z massasi ham sabab bo‘ladi.
Yuzning ikki qattiq jism orasida siqilishida, yuz bilan yuqoridan pastga yiqilganda va boshqa jarohatlarda yuqori jag‘ suyagining boshqa yuz suyaklari bilan birga siljishi yonoq va burun suyaklarining siljishi bilan birgalashib, yuzning yumshoq to‘qimalari yirtilib suyaklari sinadi. Ba’zan yuqori jag‘ning bir yoki ikkala tomoni ikki tomonga ketib, bu narsa yuqori jag‘ siniqlarining bosh suyagi asosi bilan aloqasi to‘liq buzilganli-gidan, shuningdek, tanglay choki chizig‘i bo‘yicha shikastlanish bo‘lganligidan dalolat beradi. Bunday hollarda yuqori jag‘ning umuman ajrab ketishidan yumshoq to‘qimalar saqlab qoladi, ular ushlab turadi. Ba’zan esa yuqori jag‘ suyagining boshqa qo‘shni suyaklarga pona kabi qokilib kirib qolishi kuzatiladi (ko‘pincha bir tomondan). Bunday ikki xil haddan boshqa yuqori jag‘ suyaklari-ning siljishlaridan tashqari o‘rtacha siljish ham kuzatilib, bunda suyak siniqlari yoki jag‘ning o‘zi oldi-orqasiga, yonboshga yoki vertikal yo‘nalishda siljishi mumkin.
Pastki jag‘ suyagining shikastlanishi boshqa skelet suyaklariga nisbatan ko‘proq uchraydi, bu narsa pastki jag‘ning oldinga chiqib turishi va uning o‘lchovlari nisbatan kattaligi bilan izohlanadi. Pastki jag‘ suyagining sinishlari, ko‘pincha, o‘rta chok, so‘yloq tish va iyak sohasida kuzatiladi. 76% atrofidagi sinishlar tish qatorlari atrofida joylashib, ular ochiq sinishlarga kiradi. Pastki jag‘ning ya’ni pastki jag‘ tanasi, markaziy, mental yoki laterial qismi, pastki jag‘ burchagi singan deb ko‘rsatilishi lozim.

Download 185.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling