Tеz tibbiy yordam. Favqulotda vaziyatlar (o`quv uslubiy qo`llanma) Farg`ona 2021 Saydaliyev S. S
Download 185.15 Kb.
|
FV.tez tibbiy yordam .o`quv qo`llanma
Oyoq suyaklarining sinishi
Son suyagi skeletning eng katta va eng mustahkam suyagi bo‘lib, uvertikal holatda 1500 kg dan ko‘proq og‘irlikni ko‘taradi. Bundan yuqori bo‘lgan kuch yoki og‘irlik ta’sirida son suyagi sinishi mumkin. Son suyagining sinishi og‘ir jarohatlar qatoriga kirib, bundayumshoq to‘qimalar, qon tomirlari qattiq shikastlanadi, ko‘p qon yo‘qotiladi, ko‘pincha, travmatik shok holati kuzatiladi. Son suyagining yuqori, o‘rta va pastki qismlari sinishi tafovutlanadi. Son suyagining yuqori qismi sinishi (bo‘yin va boshchasi) sinishning, taxminan, yarmini tashkil etadi va u tos-son bo‘g‘imi bilan yiqilishdan yuzaga keladi. Bunday sinishlar, ko‘pincha, qariyalarda (70 yoshdan oshgan) kuzatiladi. Simptomlari: qov va tos-son bo‘g‘imi sohalarida og‘riq, shish va bemor oyog‘ini ko‘tara olmaydi. Son suyagining o‘rta va pastki qismi sinishi bevosita og‘ir predmetlar va harakatdagi transport vositalarining urilishidan, yuqori balandlikdan yiqilganda, shuningdek, yiqilish vaqtidagi bilvosita kuchli ta’sirdan (bu ta’sir suyakning buralishiga va haddan tashqari egilishiga olib keladi) yuzaga kelishi mumkin. Sinishlar ochiq va yopiq turda bo‘lishi mumkin. Simptomlari: singan joydagi og‘riq, oyoq bilan harakat qilishning ilojsizligi. Oyoq tashqariga o‘girilgan, kaltalashgan, paypaslab ko‘rilganda suyak siniqlarining bo‘rtib turishi, ba’zan krepitatsiya sezilishi mumkin. Tizza bo‘g‘imining sinishlari bevosita kaltak ta’sirida, tizza bilan yiqilganda yoki balandlikdan yiqilib oyoq bilan tushganda yuzaga keladi. Ko‘pincha, tizzaning qopqoq suyagi sinishi kuzatiladi. Sinishning belgilari: og‘riq, konturlarning tekislanishi va bo‘g‘im aylanasining kattalashishi. Paypaslab ko‘rilganda, bo‘g‘im ichida suyuqlik borligi seziladi. Tizza kopqog‘ini surish ancha qiyin –«prujinasimon harakat belgisi», harakat keskin qisqargan. Siniq bo‘lakchalari orasida tirqish aniqlanishi mumkin. Birinchi yordam – shikastlangan kishiga qo‘l ostida bo‘lgan har qanday og‘riqsizlantiruvchi dori-darmonlarni, yurak preparatla-rini berish; ochiq sinishlarda tezlik bilan qon oqishini to‘xtatish, jarohatga steril bog‘lam, singan suyakka shina qo‘yish-bunda uzunligi yetarli bo‘lgan har qanday qo‘l ostidagi ositalardan foydalanish mumkin .Bunda uchta bo‘g‘imharakatsizlantirilishi kerak (tos -son bo‘g‘imi, tiz za va boldir tovon bo‘g‘imlari). Agar qo‘l ostida yaroqli vosita bo‘lmasa, shikastlangan oyoqni sog‘lom oyoqqa bint yordamida mahkam bog‘lab, undan keyin bemor yotqizilgan holatda shifoxonaga olib boriladi (12 - rasm). Download 185.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling