Tеz tibbiy yordam. Favqulotda vaziyatlar (o`quv uslubiy qo`llanma) Farg`ona 2021 Saydaliyev S. S
Download 185.15 Kb.
|
FV.tez tibbiy yordam .o`quv qo`llanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oyoq bo‘g‘imlarining chiqishlari
Qo‘l bo‘g‘imlarining chiqishi
Yelkaning chiqishi kuchli og‘riq va uning funksiyasi buzilishi bilan kechadi. Bemorning chiqqan qo‘li tomondagi yelkasi pastga tushgan, boshi shu tomonga og‘gan, sog‘lom qo‘li bilan chiqqan qo‘lni ushlab turishga harakat qiladi. Shikastlangan qo‘l tanadan uzoqlashgan, tirsak bo‘g‘imi bukilgan va xuddi uzayibroq qolgandek ko‘rinadi. Yelka bo‘g‘imining normal yumaloqligi yo‘qolib, uning tashqi yuzasi, yelka suyagi boshining siljishi natijasida, tekisla-nib qoladi. Bu bo‘g‘imning faol harakati yo‘q, sekin harakatlan-tirilganda yelkaning «tarang fiksatsiyasi» kuzatilib, tirsak bo‘g‘imini tanaga yaqinlashtirib bo‘lmaydi. Bilak suyagining chiqishida tirsak bo‘g‘imining hajmi kattalashib, deformatsiyalanadi, qo‘l yarim bukilgan holatda bo‘ladi. Agar bilak old tomondan chiqqan bo‘lsa, u uzaygandek, orqadan chiqsa, kaltalashib kolgandek tuyuladi. Barmoqlar ichida, ko‘pincha, birinchi barmoqning chiqishi ko‘proq kuzatiladi. Bunda ko‘proq orqa tomonga va ozroq kaft tomonga siljish kuzatiladi. Barmoqlarning chiqishiga, ko‘pincha, ularni zo‘rlab egish sababchi bo‘ladi. Chiqqan barmoq majburiy «miltiq tepkisi» holatida bo‘lib, panjalarga nisbatan deyarli 90 li burchak ostida joylashadi. Oyoq bo‘g‘imlarining chiqishlari Son suyagining chiqishi bilvosita katta kuchning ta’siri natijasida yuz berib, bu kuch kutilmaganda va keskin tarzda sonni ichkariga (orqaga chiqish) yoki oyoqning keskin kerilishi va uni tashqariga aylantirilishi (oldinga chiqish) natijasida kelib chiqadi. Sonning orqaga chiqishida oyoq tos-son bo‘g‘imida bukilgan, tanaga yopishgan va ichkariga o‘girilgan, aylanib qolgandek tuyuladi. Oyoq kaftidagi chiqishlar, ko‘pincha, to‘liq bo‘lmay (chala chiqishar deb atash mumkin), ularni rentgenologik tekshiruvsiz to‘g‘ri tashxislash juda qiyin. Chiqishlarning har xil lokalizatsiyalaridagi asosiy birinchi yordam shikastlangan oyoq yoki qo‘lni tinch holatga keltirish va tezda bemorni travmatologik bo‘limga yoki travmopunktlarga malakali tibbiy yordam ko‘rsatish va chiqqan bo‘g‘imni o‘rniga solib qo‘yish uchun jo‘natiladi. Bunday shikastlanishlarda voqea sodir bo‘lgan joyda biron-bir manipulyatsiya o‘tkazish mumkin emas, chunki mutaxassissiz qo‘yilgan tashxis noto‘g‘ri bo‘lishi mumkin, bundan tashqari voqea joyida yetarli og‘riqsizlan-tirishning iloji ham yo‘q. Voqea sodir bo‘lgan joyda chiqqan joyni solish, oyoq-qo‘llarni siltab tortish, bo‘g‘imlarni passiv harakatga keltirish – yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan holat. Bunday bemorlarni shifoxonaga olib borishda chiqqan qo‘lni ro‘mol bilan bog‘lanadi va tirsak chuqurchasiga yumshoq yostiqcha qo‘yiladi, oyoq chiqqanda standart simli Kramer shinasi yordamida, u bo‘lmagan taqdirda qo‘l ostida bo‘lgan immobilizatsiyalovchi vositalar yordamida bintlanib yoki chiqqan oyoqni sog‘lom oyoqqa mahkamlab (bunda kiyimlar yechilmaydi), keyin jo‘natish tavsiya etiladi. Bemorga og‘riqsizlantiruvchi va tinchlantiruvchi dori vositalarini berish mumkin. Qo‘li chiqqan bemor o‘tirgan holatda, oyoq bo‘g‘imlari chiqqan bemor faqat yotqizilgan holatda shifoxonaga olib boriladi. Bemorni kasalxonaga yotqizishni paysalga solish mumkin emas. Chiqqan bo‘g‘imni joyiga solish qancha kechiksa, shuncha qiyinlashib boradi. Chunki asta-sekin chiqqan bo‘g‘imning yumshoq to‘qialarida ikkilamchi o‘zgarishlar (shish, qisilish, uzilish) kelib chiqa boshlaydi. Download 185.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling