Tеz tibbiy yordam. Favqulotda vaziyatlar (o`quv uslubiy qo`llanma) Farg`ona 2021 Saydaliyev S. S
Ko’krak qafasi rentgenografiyasi o’tkaziladi
Download 185.15 Kb.
|
FV.tez tibbiy yordam .o`quv qo`llanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dastlabki 3 yillikdagi isitma
- Intoksikatsiya
Ko’krak qafasi rentgenografiyasi o’tkaziladi
Orqa miya suyuqligida, qon va peshobda – lateks agglyutinatsiya usulida bakterial agent aniqlanadi. Shifokor yo’l tutishi 29 sutkadan kichik bolalar – gospitalizatsiyaga ko’rsatma 29 sutkadan 90 sutkagacha bo’lgan bolalar - agar holati og’ir bo’lsa gospitalizatsiya qilinadi. Dastlabki 3 yillikdagi isitma Erta yoshdagi bolalarda isitma holati o’tkir toksikoz chaqirishi mumkin. Bu narsa bola yoshining fiziologik gipersimpatikotoniyasi bilan izohlanadi. Vegetativ asab tizimining ushbu disbalansi simpatik hujum davomiyligini 6 soatgacha cho’zilishiga olib keladi. Bu hujum odatda yuqumli kasallikning 3 – 4 kunida yoki oldin o’tkazilgan yuqumli kasallik, vaktsinatsiyaning 4 – haftasida yuzaga keladi. Bunda Sanorelli – Shvarttsmann fenomeni yoki paraallergik reaktsiya kuzatiladi. Ushbu reaktsiya nafas, oshqozon – ichak va siydik yo’llari adrenoretseptorlarini sensibilizatsiyasi bilan tushuntiriladi. Sensibilizatsiyalashgan adrenoretseptorlar infektsion agentning ta’siri qo’shilishi natijasida qon aylanishning terminal bo’g’inlarida trigger mexanizmini vujudga kelishini amalga oshiradi va natijada prekapilyar sfinkterlar spazmi yuzaga kelib, qon aylanishi markazlashuvi kuzatiladi. Keyinchalik prekapilyar bo’shliqdagi qon va endoteliy hujayralari parchalanib, DVS sindromini chaqiruvchi tromboplastin hujayradan tashqariga chiqadi va qon aylanishining markazlashuvini tarqatadi. Yakunda tarqatuvchi vazogen shok yuzaga keladi. Shunday qilib pediatriya amaliyotida toksikoz va intoksikatsiya degan atama ishlatiladi. Toksikoz – bu organizmning infektsion agentga umumiy nospetsifik reaktsiyasi bo’lib, odatda shokga o’xshash holat bilan kechadi. Dastlab mikrotsirkulyatsiya buzilishi kuzatilib, keyinchalik markaziy gemodinamika buzilishi, suv-elektrolit, kislota-asos muvozanati, energetik balans buzilishi qayd qilinib, koagulopatiya va nevrologik buzilishlar kuzatiladi. Intoksikatsiya– bu organizning infektsion agentga nospetsifik reaktsiyasi bo’lib, moddalar almashinuvi va immunitetning zo’riqishi oshishi ko’rinishida kechib, lokal yallig’lanish o’choqlari mavjud bo’ladi. Septik shok xavf tug’diruvchi holat bo’lib yiringli destruktiv o’choqlar mavjud bo’lgan holatda yuzaga keladi. Bunda yiringning metastazlangan komponentlari ularning retukuloendotelial sistema orqali chiqishini oshiradi va natijada septik shok rivojlanadi. Shunday qilib tsitokinli kaskad yuzaga keladi. Tsitokinlar proteinlarning molekulasi bo’lib, organizmdagi hujayralar aro`aloqaga javobgardir. Tsitokinli kaskad og’ir yallig’lanuvchi reaktsiyalar asosida yotadi. Tsitokinlar va yallig’lanishning boshqa mediatorlarining oshishi prekapilyar bo’shliqning endoteliysini zararlaydi va yuqoridagi holat yuzaga keladi. Bundan tashqari bu agentlar miokard dapressiyasiga va yurakning bir martalik hajmining kamayishiga olib keladi. Travmatologik bemorlarga shoshilinch yordam ko’rsatishning asosiy tamoyillari Shoshilinch yordamning asosiy maqsadi bemorning hayotini xavfdan qutqarish, azobini engillashtirish va iloji boricha tezda maxsuslashtirilgan yordam uchun transportirovka qilishdan iboratdir. Bunda yordam ko’rsatuvchi shifokor jabrlanuvchi ahvolini tezda va xatosiz aniqlashi, nogironlikka olib keluvchi hayotiy xavfli holatlarni tezda baholashi va kerakli yordam ko’rsatishi zarur. Kritik holatlarning tezda rivojlanishi ehtimoli yuqoriligini inobatga olib tekshiruvni to’liq va tez o’tkazish lozim. Tez tibbiy yordam tizimida ishlovchi xodim ma’lum tartibda ishlashi kerak. Shoshilinch yordam birinchi navbatda hayotga xavf soluvchi holatlar, ayniqsa shok bilan kurashga qaratilgan bo’ladi va quyidagi choralardan iborat: - tashqi nafas va yurak faoliyati buzilishiga qarshi kurash - ochiq pnevmotorksda germetik bog’lam qo’yish - ashqi qon ketishni vaqtincha to’xtatish -jarohatga ikkilamchi infektsiya tushishini oldini olish va tashqi muhitning noqulay omillaridan himoya qilish uchun aseptik bog’lam qo’yish va isitish -og’riq qoldiruvchi preparatlar yuborish -transport immobilizatsiyasi va bemor transportirovkasini to’g’ri o’tkazish Download 185.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling