Tеz tibbiy yordam. Favqulotda vaziyatlar (o`quv uslubiy qo`llanma) Farg`ona 2021 Saydaliyev S. S


Ba’zan preparatning zardobdagi xajmi kuzatiladi


Download 185.15 Kb.
bet75/89
Sana20.12.2022
Hajmi185.15 Kb.
#1036539
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   89
Bog'liq
FV.tez tibbiy yordam .o`quv qo`llanma

Ba’zan preparatning zardobdagi xajmi kuzatiladi.
eufillin v/iga 5 – 8 mg/kg dozada xar 6 soatda 20 daqiqa davomida 0,9 – 1,2 mg/kg/s tezlik bilan yuboriladi. Infuziyani to’yintiruvchi dozadan keyin boshlanadi (5 – 8 mg/kg). Eufillin dozasi shunday tayinlanadiki, bunda uning zardobdagi xajmi 10 – 20 mkg/ml ga teng bo’lishi kerak. Davomli yuborishda eufillin xajmini xoxlagan vaqtda, v/iga yuborilganda – yuborilgandan 30 -60 daqiqa keyin anilanadi. V/iga 1 mg/kg yuborilganda zardobdagi xajmi 2mkg/mlga oshadi.
Nojo’ya ta’siri bosh og’rig’i. Taxikardiya. Tremor, qusish va epileptik tutqanoqlar bilan namoyon bo’ladi. v/iga tez infuziya qilish yurak ritmining bkzilishiga, arterial gipotoniyaga va o’limga olib keladi. Efillinni beta – adrenostimulyatorlar bilan birgalikda qo’llanilganda doimiy EKG monitoringi kerakdir. Og’ir holatlarda beta2 – adrenostimulyatorlarni v/iga yuborish buyuriladi. Infuziyani reanimatsion bo’limda gemodinamikaning (arterial kateter yordamida), EKG va nafasning doimiy monitoring kuzatuvi ostida olib boriladi. terbutalin tayinlanganda infuziyani v/iga yuborish bilan kombinirlanadi: avval 10 mkg/kg 10 min davomida yuboriladi, keyinchalik 0.4 mkg/kg/min tezlikda infuziya qo’shiladi. Zarur bo’lganda dozani 0,2 mkg/kg/min dan 3 – 6 mkg/kg/min gacha ko’tariladi.
Yurak ritmining buzilishi xavfi sababli eufillin va terbutalinni birgalikda qo’llash man etiladi. Terbutalinning nojo’ya ta’siri – tremor. Taxikardiya va gipo kaliemiya.
O’tkir zaharlanishlar va ularga qarshi chora tadbirlar.
Zaharlanish – o‘tkir kasallik kabi boshlanib, organizmga kimyoviy moddaning toksik ta’siri natijasida yuzaga keladi.
Zaharlanishning quyidagi turlari bir-biridan farq qiladi:
a) maishiy (alkogolli, tasodifiy, qasddan);
b) ishlab chiqarishdagi;
v) bolalardagi;
g) tibbiy;
d) biologik;
e) ovqatdan.
Organizmga zaharning tushish yo‘llari to‘rt xil bo‘ladi:
1) ingalyatsion (tutun holida);
2) teri orqali;
3) ichak orqali;
4) parenteral (ko‘pincha tibbiy).
Oziq-ovqat moddalari bilan zaharlanganda oshqozonni zond orqali 18–20ºC haroratdagi 12–15 l suv bilan (har bir porsiyasi 300–500 ml bo‘lishi kerak) yuvish lozim.
Ilon chaqqanda, teri ostiga yoki muskul orasiga toksik modda tushganda 6–8 soatga o‘sha joyga sovuq qo‘yiladi, 0,3 mg 0,1 % li adrenalin eritmasi, ilon chaqqan joyning yuqorisiga esa novokain blokadasi qilinadi.
Ingalyatsion zaharlanishda zaharlangan kishini toza havoga olib chiqib, nafas olish yo‘lini kislorod bilan ingalatsiya qilish lozim.
Teriga toksik modda tushganda terini oqar suvda yuvib tashlash kerak.
Toksik modda to‘g‘ri ichakka, qinga, siydik pufagiga yuborilganda ularni klizma, sprinsirovka va kateterizatsiya qilish lozim.
Toksik moddani qon aylanish sistemasidan chiqarish uchun siydik haydovchi vositalar qo‘llab, diurezni forsirlashdan foydalaniladi.



Download 185.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling