Tеz tibbiy yordam. Favqulotda vaziyatlar (o`quv uslubiy qo`llanma) Farg`ona 2021 Saydaliyev S. S


Bronxodilatatorlarning ingalyatsion eritmalari


Download 185.15 Kb.
bet74/89
Sana20.12.2022
Hajmi185.15 Kb.
#1036539
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   89
Bog'liq
FV.tez tibbiy yordam .o`quv qo`llanma

Bronxodilatatorlarning ingalyatsion eritmalari – bronxospazmni davolashda tanlangan preparatlar.
Ingalyatsion beta2 – adrenostimulyatorlar (salbutamol va tebutalin) noselektiv preparatlar (izoetarin)dan afzalroq, zero ba’zi holatlarda ular samaraliroqdir. Izoprenalin, kuchli ta’sir etuvchi preparat bo’lsa ham, selektiv beta2 – adrenostimulyatorlarga qaraganda tor terapevtik dozaga ega.
1) Kislorod ingalyatsiyasi va tekshiruvdvn keyin salbutamol ingalyatsiyasi boshlanadi, 0,1 – 0,25 mg/kg (maksimal bir martalik doza – 5 mg) xar 20 idaqiqada (uch ingalyatsiyagacha yoki nafas sonining maksimal normallashuvigacha)
2) Salbutamol o’rniga terbutalin tayinlash mumkin, 0,3 mg/kg. Ingalyatsiya uchun eritmasi ishlatiladi. Preparatni salbutamol sxemasiga ko’ra ishlatilgan; maksimal bir martalik doza – 5 mg.
3) Noselektiv preparatlar ularning xavfsizligi va effektivligi aniqlangach ishlatiladi.
Izoprenalin (0,5% eritma) yoki izoetarin (1% eritma): 0,25 – 0,5 ml preparat 2 ml fiziologik eritmada eritiladi va kislorod aralashmasi ingalyatsiyasi yordamida yuboriladi.
4) Mustaqil nafas fonidagi bronxodilatatorlar ingalyatsiyasi IVL fonidagidek samaralidir,lekin IVL fonidagi ingalyatsiyasida pradoksal bronxospazm va pnevmotoraks kelib chiqishi mumkin.
Kortikosteroidlar
kortikosteroidlar beta2 – adrenostimulyatorlar samarasizligida qo’llaniladi.
metilprednizalon 1 – 2 mg/kg v/iga xar 6 soatda yuboriladi, yoki ekvivalent dozada ichishga buyuriladi.
Suyuqliklar yuborish. Bronxial astma xuriji vaqtida degidratatsiya yuzaga keladi. engil xurujda suyuqliklarni ichish kifoya. og’ir xurujda suyuqliklar ichish qayt qilishni chaqiradi, shuning uchun infuzion terapiya tavsiya etiladi. Birinchi 12 soat ichida fiziologik eritma 5%li glyukoza bilan yuboriladi; infuzion eritmaga kaliy xlorid qo’shiladi, 20 – 40 mekv/l. Yuborilayotgan suyuqliklar xajmi suvgv bo’lgan minimal talabdan 1,5 marta ko’p bo’lishi kerak. Natijada uni bemor ahvoliga qarab korrektsiyalanadi. V/iga bronxodilatatorlar infuziyasi preparatlarni icha olmaslik, ingalyatsiya va t/oga yuborishning samarsizligida tavsiya etiladi.
Eufillin.Matilksantin va beta2 – adrenostimulyatorlarning bronxodilyatatsiya mexanizmlari turlicha. eufillin yuborishdan oldin, bemor avval ham eufillin qabul qilganligini aniqlash kerak.

Download 185.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling