Geparin 5.0 – fl. Antokoagulyantlar guruhiga kiradi.
Ishlatilishi: Sun'iy qon aylanish tizimida, yirik qon tomirlarining trombozi va tromboemboliyalarida, miokard infarktining o`tkir davrida kеng ishlatiladi.
Moneliklar: O’smalar, gemoragik diatezlar, jigar va buyrak og’ir kasalliklari, anemiya, tomirlar o’tkazuvchanligi kuchayishi, leykozlar, qon oqishi bilan kechadigan yara kasalliklari vab.
Serukal (serukglan, Mеtoklopramid) 2.0 amp. Qusishga qarshi vositalar guruhiga kiradi.
Ishlatilishi: Har qanday holat va kasalliklarda ko’ngil aynishi va qusishlarda ishlatiladi.
Furosemid 1 % 2.0 amp. Diuretiklar guruhiga kiradi.
Ishlatilishi: Gipertonik kriz, qon aylanish doirasidagi qon dimlanishi, gipertenziya bilan o’tayotgan jigar sirrozi, o’tkir va surunkali buyrak yetishmovchiligi, o’pka va miya shishuvi, barbituralar bilan zaharlanishlarda, eklampsiya.
Moneliklar: Homiladorlikning birinchi yarmi, gipokaliemiya, jigar komasi, buyrak yetishmovchiligining so’ngi pallasi, siydik yo’llarining mexanik tutilishi.
Kofein natriy benzoat 20 % 1.0 amp. Neyrotrop vositalar (MNSga ta’sir etuvchilar), analeptiklar, Psixostimulyatorlar guruhiga kiradi.
Ishlatilishi: Uxlatuvchi, narkoz vositalari bilan zaharlanishda, yurak ishi zaiflashganda (kollaps, shok va boshqa holatlarda), stеnokardiya, nafas sustlashganda va hakozolarda.
Moneliklar: Qarilikda, ateloskleroz, gipertoniya, uyqusizlik, yurak, qon – tomir sistemasi organic kasalliklari, glaukoma.
Deksametazon 4 mg amp. (gormonal dori hisoblanadi)
Ishlatilishi: Addison kasalligi, yarim o’tkir tireodit, gipotireoz, tireotoksikoz, gematoblastozlar (leykoz, limfosarkoma va b.), allergik kasalliklar (bronxial astma, zardob kasalligi, dermatitlar), revmatizm, infeksion – allergic poliartrit, gipotoniya, allergiyalar, hayvonlar bilan jarohatlanganda, autoimmum gemolitik anemiyalar va boshqa ko’p xollarda keng ishlatiladi.
Moneliklar: Gipertoniya, Itsenko – Kushing sindromi og’ir hollarida, homiladorlik, o’tkir endokardit, psixozlar, nevrit, me’da va o’n ikki barmoq ichak yara kasalligi, zaxm, silning aktiv xili, qandli diabet.
Do'stlaringiz bilan baham: |