Tez tibbiy yordamda qo’llaniladigan dori-darmonlar haqida m a ` lumo t morfin % amp


Download 29.24 Kb.
bet6/8
Sana01.03.2023
Hajmi29.24 Kb.
#1242956
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2 5384470460270380303

Aminazin 2.5 % 2.0 amp. Psixosedativ vositalarining neyroleptiklar guruhchasi trankvilizatorlar), a – adrenoblikatorlar guruhiga kiradi.
Ishlatilishi:Ruhiy kasalliklarda, qayt qilishda ishlatiladi.
Moneliklar: Jigar va buyrak kasalliklari, gipotoniya, me`da funksiyasi buzilganda, dispeptik hodisalar, gepatit.
Mezaton 0.1 % 1.0 amp. Adrenomimetik vositalari, Simpatolitiklar guruhiga kiradi.
Ishlatilishi: kollaps, gipotoniya, supventrikulyar paroksizmal taxikardiya va LOR va oftalmologiyada tomirlarni toraytirish va yallig’lanishlarda ishlatiladi.
Moneliklar: ateloskleroz, gipertoniya (kollapsdan tashqari), gipertriozlarda ishlatilmaydi.
Adrenalin 0.1 % 1.0 amp. Simpatolitiklar guruhiga kiradi.
Ishlatilishi: Bronxial astma xurujlari, iinsulin dozasi oshirib yuborilganda bo’ladigan gipoklikemiya, dorilardan sodir bo’ladigan reaksiyalar, anafilaktik shok, ochiq burchakli glaukoma va b.
Moneliklar: Gipertoniya, ateloskleroz, qandli diabet, tireotoksikoz, homiladorlik, yopiq burchakli glaukoma va boshqalarda.
Etamzilat (ditsinon) 12.5 % 2.0 amp. Koagulyantlar guruhiga kiradi.
Ishlatilishi: Turli kasalliklar, shikastlanishlar bilan bog’liq, shuningdek barcha xildagi qon ketishlarda ishlatiladi.
Moneliklar: Antikoagulyantlar ta`sirida qon ketgan vaqtda ishlatish yaramaydi.
+Novokain 0.5 % 5.0 amp. Mahalliy og’riq qoldiruvchi vositalar guruhiga kiradi.
Ishlatilishi: Anesteziyaning barcha turdagi operatsiyalari va muolajalarida, shuning ba’zi dori vositalari bilan qo’shib mushak orasiga yuborish uchun qo’llaniladi.
*Strofantin 0.25 % 1.0 amp. Kardiotonik vositalar (yurak glikozidlari) guruhiga kiradi.
Ishlatilishi: O’tkir yurak-qon tomir yetishmovchiligi, paroksizmal taxikardiya.
Moneliklar: Yurak tomir tizimi organic kasalliklari, miokardit, endokardit, ateloskleroz.
*Digoksin 0.025 % 1.0 amp. Kardiotonik vositalar (yurak glikozidlari) guruhiga kiradi.
Ishlatilishi: Qon aylanishining I-III darajada izdan chiqishida va operatsiya, tug’ruqqa tayyorlash vaqtida ishlatiladi.
Moneliklar: bradikardiya, to’la atrioventrikulyar blokada, stenokardiya, yangi miokard infarkti.
*Korglikon 0.06 % 1.0 amp. Kardiotonik vositalar (yurak glikozidlari) guruhiga kiradi.
Ishlatilishi: II-III bosqichli o’tkir va surunkali yurak yetishmovchiligi, paroksizmal taxikardiya.
Moneliklar: Yurak tomir tizimi organic kasalliklari, miokardit, endokardit, ateloskleroz.

Download 29.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling