Tezis Abu Rayhon Beruniyning geometriyaga oid tadqiqotlari
Download 15.38 Kb.
|
Tezis
Tezis Abu Rayhon Beruniyning geometriyaga oid tadqiqotlari. Men G`afurjonova Maftuna Ravshanbek qizi bu tayyorlagan tezisimda Abu Rayhon Beruniyning geometriyaga oid tadqiqotlari va uning “Geodeziya” nomli asari haqida tayyorladim. Men bu ishimda qomusiy alloma hisoblangan Abu Rayhon Beruniyning geometriyaga oid bazi qarashlarini o`rganishni va tushinishni o`z oldimga maqsad qilib qoydim Abu Rayhon Beruniy Osmon jismlarini geometrik tushuntirish asosida Kopernikdan¹ bir necha asr avval yerni koinotning markazi deb biluvchi geotsentrik² va quyoshni koinot markazi deb oʻrgatuvchi geliotsentrik³ tizim teng kuchga ega, degan xulosaga keladi. “Geodeziya” asarida Beruniy geotsentrizm bilan bogʻliq boʻlgan baʼzi bir nazariyalarning toʻgʻriligiga shubha bilan qaraganini ochiqdan-ochiq bayon etadi. U trigonometriyani, geo-metriyani keng qoʻllash orqali oʻzidan oddingi astronomlarga nisbatan ancha aniq natijalar-ga erishdi. Turli joylarning geografik kengligi va uzoqligini aniqlashda Beruniy erishgan natijalar hatto hozirgi zamon olimlarini ham hayratda qoldiradi. Abu Rayhon Beruniyning geodeziyaga oid asari "Turar joylar orasidagi masofani tekshirish uchun joylarning chegaralarini aniqlash" — "Geodeziya" ilk asar boʻlib unda haritagrafiyaga doyir koʻp masalalar yechilgan va uning fan sifatida shakllanishiga ana shu kitobi asos boʻlgan. Oʻsha davrda xalifa Maʼmunning topshirigʻiga binoan birinchi marta almavsil (Mosul)sh.yaqinida gradus oʻlchamlari bajarilib yer sharining radiusi aniq oʻlchab topilgan. Hozirgi zamon geodeziya va geodezik ishlarning rivojlanishi XVII-asrda qarash trubasining va triangulyatsiya usulining ixtiro kilinishidan boshlangan. Burchak oʻlchash asbobi — teodolitnint paydo boʻlishi hamda uning qarash trubasi bilan birlashtirilishi train-gulyatsiyada burchak oʻlchashlarning aniqligini oshiradi.Osmon jismlarini geometrik tushuntirish asosida Beruniy Kopernikdan bir necha asr avval yerrni koinotning markazi deb biluvchi geosentrik nazariyani inkor etgan holda, quyoshni koinot markazi deb o‘rga-tuvchi geliosentrik qarashni ilgari surgan, — deydi Qarshi davlat universiteti qoshidagi 4-akademik liseyning tarix fani o‘qituvchisi Abdusattor Qodirov. — «Geodeziya» asarida Beruniy geosentrizm bilan bog‘liq ba’zi nazariyalarning to‘g‘riligiga shubha bilan qaraydi. Beruniy harakat traektoriyasi va osmon yoritqichlari shaklining ellipsoid ekanligi haqida birinchi bo‘lib fikr yuritgan olimlardan bo‘lib, joylarning geografik uzoqligini, kengligini aniqlash yo‘llarini tanlab olishda muhim yangilikka qo‘l urdi. U trigonometriyani, geomet-riyani keng qo‘llash orqali o‘zidan oldingi astronomlarga nisbatan ancha aniq natijalarga erishdi. Buyuk olim Er yuzasining har bir qismi o‘zining uzoq tarixiy taraqqiyotiga ega ekanligini qayd etadi.Markaziy Osiyoning ba’zi mintaqalari, shu jumladan, Amudaryo vodiysining geologik rivojlanishini birinchi marta jiddiy o‘rganishga harakat qilgan ham Beruniydir. Uning Amudaryo vodiysining geologik o‘tmishi va Orol dengizining paydo bo‘lishi haqidagi xulosalari o‘sha zamonning eng muvaffaqiyatli geologik tahlillaridan biridir. Olim «Dengizlar quruqlikka, quruqliklar esa dengizga aylanadi» degan nazariyaga suyanadi. Beruniyning foydali qazilmalar qatlamining paydo bo‘lishi, jinslar emirilishining ahamiyati, tog‘ jinslarining nurashi haqidagi xulosalari katta ilmiy ahamiyatga ega.Beruniy ma'lum balandlikdagi tog 'cho'qqisidan gorizontal chiziq va haqiqiy ufq o'rtasidagi burchakka asoslanib, yer radiusi va atrofi hisoblash uchun trigonometrik hisob-kitoblardan foydalangan holda yangi usulni ishlab chiqdi. U tog' balandligini dengiz sathidan ikki xil masofaga ma'lum masofada joylashgan holda hisoblab, so'ngra tekislik va tog'ning tepasi orasidagi burchakni ikkala nuqta uchun ham o'lchab chiqdi. Beruniyning Er radiusi uchun 6339,9 km deb baholaganida 0,0026 xato bo'lgan va hozirgi 3556,7 km qiymatdan 16,8 km kam edi. Unga bu fikr Hindistonning Nandana yaqinidagi baland tog'ning tepasida bo'lga-nida keldi. U burilish burchagini astrolabe yordamida o'lchadi va sinuslar formulasi qonu-niga amal qildi. Shuningdek, u hisoblashda algebradan foydalangan. A = Tog'ning eng yuqori nuqtasi B = Tog'ning eng past nuqtasi h = Tog'ning balandligi C = A nuqtadan ko'rinadigan haqiqiy ufqning eng past nuqtasi. AO = (r + h) - AOC uchburchagi gipotenu-zasi. r = (r + h) .cos (a) Keyin o'ng tomonni r ni topish soddalashtirilishi mumkin. r = h.cos (a) / (1-cos (a)) Xulosa qilib aytganda, Abu Rayhon Beruniyning asarlari va kashfiyotlari eng qimmatli tengi yo’q nodir manbalar hisoblanadi. Boshqa fan sohalari kabi Beruniyning geometriya fanida tutgan o’rni beqiyos. Taniqli olim S.P.Tolstov ta’kidlaganidek, “Beruniy ilk o’rta asr olimlarining buyugidir... Qadimgi Sharqning eng porloq madaniyatidan biri bo’lgan Xorazm madaniyatining ming yillik tarixi unda mujassamlashgan”. Beruniy dunyo ilm-fanida birinchilardan bo’lib dengizlar nazariyasi va Yerning sharsimon globusini yaratish yuzasidan o’ziga xos yangi g’oyalarni taklif etdi, Yer radiusini hisoblab chiqdi, vakuum, ya’ni bo’shliq holatini izohlab berdi, Kolumb sayohatidan 500 yil oldin Tinch va Atlantika okeanlari ortida qit’a mavjudligi haqidagi qarashni ilgari surdi, minerallar tasnifi va ularning paydo bo’lish nazariyasini ishlab chiqdi, geodeziya faniga asos soldi. Shuning uchun ham XI asr butun dunyodagi tabiiy fanlar tarixchilari tomonidan “Beruniy asri” deb atalishi bejiz emas Sharq ilm-fani rivojiga o`lkan hissa qo`shgan Beruniyning ilmiy merosi yana uzoq vaqt ilmiy tadqiqotlar uchun muhim manba bo`lib qoladi. Qomusiy olimning nomi mamlakati-mizda e’zozlanib, turli ob’ektlarda abadiylashtirilgan. Jumladan, Qoraqalpog`istondagi tuman va shahar, Toshkentdagi metro stansiyasi va Toshkent davlat texnika universiteta allomaning nomi bilan ataladi. Shuningdek, buyuk allomaning haykallari dunyoning turli mamlakatlarida ham o`rnatilgan. 1.Nikolay Kopernik Polsha astronomi, matematik, mexanik, iqtisodchi, Uyg'onish davri kanoni. Birinchi ilmiy inqilobning boshlanishini nishonlagan dunyoning geliotsentrik tizimining muallifi sifatida tanilgan. 2.Geotsentrik sistema yer — koinot markazi quyosh va boshqa. sayyoralar uning atrofida aylanadi, deb hisoblovchi taʼlimot. ◆ Markazida yer turgan olam sistemasi geotsentrik sistema deyiladi. 3.Geliotsentrik sistema quyosh sistemasining tuzilishi haqidagi tasavvur; unga koʻra quyosh markaziy jism bulib, boshqa sayyoralar, shu jumladan yer ham quyosh atrofida va oʻz oʻqi atrofida aylanib turadi. Bu taʼlimotni polyak olimi N. Kopernik yaratdi. Download 15.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling