Tezis jaloliddinova Sarvinoz Kamoliddin qizi Tashkiliy-bоshqaruv texnоlоgiyalarini rivоjlantirish


Download 21.39 Kb.
Sana07.05.2023
Hajmi21.39 Kb.
#1440818
Bog'liq
Jaloliddinova Sarvinoz Kamoliddin qizi TEZID


TEZIS
Jaloliddinova Sarvinoz Kamoliddin qizi
Tashkiliy-bоshqaruv texnоlоgiyalarini rivоjlantirish
Boshqaruv faoliyatining samaradorligi ko‘pincha qabul qilinayotgan qarorlarga bog‘liq korxonadagi butun savol va muammolar zanjiri ularning aniq yechimi va boshqaruvchiga yuklangan, ishlab chiqarish, texnik, ijtimiy, iqtisodiy, marketing va xuquqiy vazifalar qarorlarni tog‘ri qabul qilish va oz vaqtida bajarilishiga bog‘liq.
Yechilayotgan muammolarning hammasi har-qanday boshqaruvchi tomonidan hisobga olinadi va bu narsa uning boshqaruv uslubida hamda butun boshqaruv jarayonida aks etadi.
Iqtisodiyotni boshqarishdagi yechimlarning mohiyati kopgina obektiv omillarga bog‘liq. Ulardan eng asosiysi - ishlab chiqarish vositalariga turli mulkchilik; ishlab chiqarish va mehnatni chuqur taqsimlanishi va ixtisoslashuviga; mehnat va material texnik resurslarni boshqarish; sohalararo, ishlab chiqarishlararo aloqalarni kengayishi; Qoshma korxona tuzish; marketingni amalda qollash; korxona va sohalarni tashqi iqtisodiy aloqalarga chiqish, boshqaruv qarorlarini qabul qilishdagi tavakkalchiliklar.
Boshqaruv qarori - keng manoda jamiyatdagi moddiy va manaviy ehtiyojlarning real qondirilish imkoniyatlari bilan bir nuqtada kesishuvi xalq xojaligidagi bir nuqtada kesishuvi. Xalq xojaligidagi bu muammoning yechimi mavjud qonunlar, farmonlarning bizga bog‘liq bo‘lmagan qonuniyatlarning bizga bog‘liq bolmagan qonuniyatlarning bir-biriga muvofiq kelishishidir.
Boshqaruv qarori - shuningdek korxona oldida turgan maqsadlar va missiyasini amalga oshirish demakdir. Aynan shu jarayonda yuzlab, minglab insonlar oz ehtiyojlarini qondiradi, mavqega ega boladi, har tomonlama osadi va umuman jamiyat osadi.
Qarorlarni ishlab chiqarish va amalda qollash rahbarning keyingi faoliyatidagi siljishlariga bog‘liq. Bitta muammo boyicha bir necha qarorlar ishlab chiqiladi va ulardan bittasi amalda qollaniladi. Bu qarorlar tasnifi muhim nazariy va hayotiy ahamiyatga ega.
Boshqaruv faoliyatining samaradorligi nuqtai nazaridan qarorlar quyidagi turlarga bolinadi: strategik va operativ.
Strategik qaror - bu korxonaning faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan maqsad va missiyalarning shakllanishi.Bozor iqtisodiyotiga otish sharoitida bu qarorlar korxonaning faoliyatidagi yangicha yondashuvlar, keskin burilishlarni silliq otishini taminlaydi. Strategik qarorlar korxona, hudud, soha darajasida qarorlar jamiyatdagi yangi manbaalar hisobiga butun iqtisodiy va ijtimoiy muammolarni yechishga yordam beradi.
Operativ qarorlar bu mohiyati bo‘yicha xojalik boshqaruv qarorlaridir. Ular boshqariladigan obektni uzluksiz ishlash jarayonini qollab-quvvatlashi uchun joriy shaxsiy muammolar bo‘yicha qabul qilinadi. Yani, uning murakkab mexanizmini struktura va o‘zaro aloqalarni ozgartirmasdan ushlab turishdir. Bu qarorlarni rahbar maxsus tayyorgarliksiz yetarlicha tez qabul qiladi. Bunday qarorlarga xodimlarni ishga olish va boshatish, ularning ish haqlarini ozgarishi, korxonani qishga tayyorlash haqidagi va shu kabi hujjatlarni kiritish mumkin.
Download 21.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling