Tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarning majburiyatlari


Download 22.11 Kb.
Sana02.01.2022
Hajmi22.11 Kb.
#184858
Bog'liq
TQB


Abdullayev Muhammadbobur

Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyati

TEZKOR-QIDIRUV FAOLIYATINI AMALGA OSHIRUVCHI ORGANLARNING MAJBURIYATLARI

Tezkor-qidiruv faoliyati [keying o`rinlarda TQF] har tomonlama takomillashgan jinoyatchilikka qarshi kurashishda ijobiy ta’sir ko`rsatuvchi asosiy omillardan biri hisoblanadi. TQF O`zbekiston Respublikasida [keyingi o`rinlarda O`zbekiston] vakolatli organlar tomonidan jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqiy tartibotni ta’minlash maqsadida huquqiy faoliyatning maxsus turi sifatida amalga oshirib kelinadi. TQFni amalga oshiruvchi organlar o`z faoliyatlarini tegishli vazifa va vakolatlari doirasida amalga oshirishidi. Shu bilan birgalikda, TQFning vazifalarini hal etish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan jismoniy va yuridik shaxslar, faktlar va holatlar to`g`risidagi ma’lumotlarni bilgan yoki bilishi mumkin bo`lgan shaxs bilan bevosita muloqotda bo‘lish jarayonida axborot olish, ma’lumotlar to`plash, moddiy obyektlarni kelgusida qiyosiy tekshirish uchun olish, ahamiyatga ega bo`lgan tovarlarni yoki xizmatlarni haq evaziga xarid qilish; nazorat ostida olish; predmetlarni va hujjatlarni tekshirish, tezkor kuzatuv, shaxsning aynanligini aniqlash; turar joylarni va boshqa joylarni, binolarni, inshootlarni, joyning uchastkalarini, texnik va transport vositalarini tekshirish; pochta, kuryerlik jo`natmalari va telegraf xabarlarini nazorat qilish; telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so`zlashuvlarni eshitib turish; ular orqali uzatiladigan axborotni olish; niqoblangan operatsiya va qonunda belgilangan boshqa tezkor-qidiruv tadbirlarini amalga oshiradi.

Yuqorida TQFni amalga oshiruvchi organlarining vakolatlarini haqida so`z yuritgan bo`lsak, ushbu organlar qonun doirasidagi o`z vazifa hamda vakolatlarini amalga oshirish bilan birgalikda majburiyatlarga ham ega hisoblanadi. O`zbekiston Respublikasining “Tezkor-qidiruv faoliyati to`g`risida”gi Qonuning 13-moddasida ushbu organlarning majburiyatlari belgilangan bo`lib, ular quyidagilar hisoblanadi:


  • O`z vakolatlari doirasida inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkini himoya qilish, shuningdek shaxs, jamiyat va davlat xavfsizligini ta’minlash yuzasidan barcha zarur choralarni ko`rishi;

  • Jinoyatlarning oldini olish, ularni aniqlash, ularga barham berish va ularni fosh etish, shuningdek jinoyatlarni tayyorlash va sodir etishga daxldor bo`lgan shaxslarni aniqlash hamda topish choralarini ko`rishi;

  • Surishtiruv, tergov organlaridan va suddan yashirinib yurgan, jinoiy jazodan bo`yin tovlayotgan shaxslarni, bedarak yo`qolgan shaxslar va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda boshqa shaxslarni qidirishga, shuningdek tanib olinmagan murdalarning shaxsini aniqlashga doir ishlarni tashkil etishi;

  • Tezkor-qidiruv tadbirlari o`tkazish to`g`risidagi surishtiruv, tergov organlarining yozma topshiriqlarini, prokurorning ko`rsatmalari va topshiriqlarini bajarish bo`yicha barcha zarur choralarni ko`rishi;

  • Tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshirishda konspiratsiya prinsipiga rioya etishi;

  • Fuqarolarning shaxsiy hayotiga tegishli, sha’ni va qadr-qimmatiga daxldor ma’lumotlarni ularning roziligisiz oshkor etmasligi;

  • Tezkor-qidiruv tadbirlarini o`tkazishda fuqarolarning hayoti va sog`lig`i, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulki xavfsizligini ta’minlashi;

  • Tezkor-qidiruv tadbirlarini o`tkazishda atrof-muhit xavfsizligini ta’minlashi;

  • O`z xodimlarining hamda tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarga ko`maklashayotgan shaxslarning, shuningdek ular oila a’zolarining xavfsizligini, ularning mol-mulkini jinoiy tajovuzlardan himoya qilishni ta’minlashi;

  • Mazkur organlar vakolatiga taalluqli, o`zlariga ma’lum bo`lib qolgan jinoiy faoliyat faktlari to`g`risida bir-birini xabardor qilishi hamda zimmalariga yuklatilgan vazifalarni bajarishda bir-biriga zarur yordam ko`rsatishi;

  • O`z zimmalariga yuklatilgan vazifalarni bajarishda tezkor-qidiruv faoliyatining mavjud kuch va vositalarini samarali qo`llashi shart.

Tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo`lishi mumkin.





Download 22.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling